Bosh sahifa/Tariflar/QARAQALPAG’I’M

QARAQALPAG’I’M

Qoraqalpog'istonda yangi ulanishlar uchun
Сheksiz qo'ng'iroqlar
50 GB
BeelineYouTube uchun cheksiz internet
50 GB Instagram, Facebook, Odnoklassniki uchun
2 000 SMS
Beeline
0% pul o’tkazmalar

20 000 000 so’mgacha

Tarifga kiritilgan

Beeline

KINOM: TV, filmlar va seriallar

Beeline

Setanta Sports

Beeline

riitm

QARAQALPAG’I’M

Tarif rejasi

60 000

so'm/oy

Shartlar

Setanta Sports xizmati

Setanta Sports xizmati haqida
Setanta Sports xizmati sizga eksklyuziv sport o'yinlari va tadbrilarini ko'rish imkonini beradi.

Setanta Sports xizmatini faollashtirib qanday manfaat olasiz?
🏆 Angliya premyer-ligasi, UFC, LaLiga, Bundesliga, Ligue 1, Serie A, Formula 1 va boshqa turnirlardagi o'ynlarni ko'rish imkoniyati;
📺 Televideniye dasturlari bilan cheklanmasdan, turnirning istalgan o'yinini tomosha qilish imkoniyati;
🎤 Professional sharhlovchilar, yuqori sifatli video va ovozga ega translyatsalar;
⏯ Yozib olingan o’yinlar, sharhlar, intervyu va hujjatli filmlar to’plami;
📱 Barcha qurilmalardan kirish: smartfon, planshet, kompyuter, Smart TV;
🌐 Faqat “Beeline” mijozlari uchun internet-trafikni sarflamasdan tomosha qilish imkoniyati.

Setanta Sport xizmati qanday ishlaydi?
Setanta Sports xizmatini faollashtirsh hambi ilovasida tarif bo‘yicha abonent to‘lovi to‘langandan so’ng "Oila" tarifidagi barcha ishtrokchilarga taqdim etiladi.
Xizmatni faollashtirish uchun, har bir ishtirokchi hambi ilovasida xizmatni o‘zi mustaqil ravishda ulab olishi lozim.
Xizmatni faollashtirilgan paytdan boshlab 32 kun amal qiladi.
Har safar abonent to'lovi to'langanda va xizmatning avvalgi faollashtirish paytidan 32 kun o'tganga, siz xizmatni qayta faollashtirishingiz kerak.
Agar tarif uchun abonent to'lovi olinmagan bo'lsa, unda xizmatni faollashtirish imkoniyati taqdim etilmaydi, hamda avval faollashtirilgan xizmat yoqilgan paytdan boshlab 32 kun o'tgandan keyin o'chiriladi.
Tarifni boshqasiga o'zgartirganda, ilgari faollashtirilgan xizmat yoqilgan paytidan boshlab 32 kun o'tgach o'chiriladi.
Setanta Sports xizmatini faollashtirish paytida, agar sizda ilgari yoqilgan pullik va promo obunalari mavjud bo'lsa, unda ularni o'chirib qo'yishingiz kerak bo'ladi.

Setanta Sports xizmatining holati haqida ma'lumot olish va boshqarish uchun *888# USSD kodidan foydalanishingiz mumkin.

Setanta Sports ilovasini havola orqali yuklab oling:

Agarda daqiqa, SMS yoki GB tugasa

«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2000 so’m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatning narxi – 2000 so’m bo’lishi kerak.
«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so’m va tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.
«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi : *5#

Qoldiqni qanday tekshirish mumkin?

Daqiqa *106#
SMS *105#
MB *103#
Keyingi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasini aniqlash *202#

Mahalliy aloqa

Kiruvchi qo’ng’iroqlar  0 so’m/daq.    
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar  300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS  300 so’m/SMS   
Internet  225 so’m/MB

Xalqaro aloqa va sputnik aloqa

Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 3 500 so’m/daq.
Rossiyaga 3 500 so‘m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 3 500 so‘m/daq.
Yevropaga 9 000 so‘m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 9 000 so‘m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 9 000 so‘m/daq.
Amerika va Afrikaga 9 000 so‘m/daq.
Avstraliyaga 9 000 so‘m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo‘llash 1 000 so‘m

Sputnik aloqa

1- yo‘ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so‘m/daq.
2 – yo‘ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so‘m/daq.
3 – yo‘ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so‘m/daq.
4 – yo‘ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so‘m/daq.

Qo‘shimcha ma’lumot

* Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
    
** Tarif Beepul mobil ilovasi orqali bank kartasidan bank kartasiga (Humo/Uzcard) foizsiz pul o'tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
Agar limit tugagan bo'lsa, pul mablag'larini kartadan kartaga o'tkazish umumiy shartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Limit tarif reja boʻyicha keyingi abonent toʻlovi uchun muvaffaqiyatli to'lov yechilgunga qadar amal qiladi.
Tarif reja bo'yicha abonent to'lovi yechilayotganida, agar taqdim etilgan limitning qoldig'i mavjud bo'lsa, kuyadi va yangi limit to'liq taqdim etiladi. Limitlar bir-biriga qo'shilmaydi.
Tarif rejani o'zgartirganda, qoldiq limit bilan foydalanish imkoni bo'lmaydi.
"Perezagruzka" xizmatini faollashtirishda limit to'liq taqdim etiladi.        
        
*** Tarif rejasiga «Setanta Sports» va «riitm» obunalari, shuningdek, «KINOM» ilovasida TV-kanallar, «Zarubejnoe», «Amediateka» va «Milliy»dan cheksiz foydalanish imkoniyati kiritilgan. Ilovalarni yuklab olish: «KINOM» – *444#, «riitm» – *404#, «Beepul» – *2#. Setanta Sports obunasini ulash mijozning o‘zi tomonidan hambi ilovasida amalga oshiriladi.

• Smartfonlarda standart sozlamalar qo‘llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet trafik sarflanadi: tizim yangilanishlari, ilovalarni yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma’lumotlarini sinxronlash, shuningdek, tahliliy hisoblagichlar uchun. Asosiy internet trafik mavjud bo‘lmaganda, internet xizmatidan (shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar, YouTube, KINOM, riitm va Setanta Sportsdan) foydalanish toki asosiy internet trafik yoki hisobida mablag‘ paydo bo‘lgunga qadar to‘xtatiladi.
• Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, YouTube, sun’iy intellekt va PUBG MOBILE uchun taqdim etilgan GB ushbu xizmatlarning rasmiy ilovalaridan foydalanganda va ma'lum bir IP-manzillar to'plami doirasida sarflanadi. Xizmatlarning egalari tomonidan IP manzillar o'zgartirilganda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, sun’iy intellekt, PUBG MOBILE va “YouTube”ga aloqador bo'lmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq asosiy internet-paket yoki asosiy hisobdan amalga oshiriladi (ushbu kategoriyaga smartfonning ilovalardan foydalanayotgan vaqtdagi operatsion tizim uchun trafik sarflanishi ham kiradi).
• Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, sun’iy intellekt, PUBG MOBILE va YouTube uchun bo'lgan GB sarflanmaydi.
• Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda hamda "Ota-onalar nazorati" yoqilganda va "Shaxsiy DNS server" sozlamasi sozlanganda Setanta Sports xizmati uchun trafik asosiy balansdan sarflanadi.
• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro’yxatdan o’tkazish uchun Abonent raqami faol holatida bo’lishi kerak.
• Yangi ulanganda oylik abonent to‘lovining yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
• Yangi ulanganda oylik abonent to‘lovi to‘liq yechiladi va tarif bo‘yicha trafik ham to‘liq taqdim etiladi.
•  Navbatdagi oylik abonent to’lovi to’lanishi kerak bo’lgan sanada abonent balansida yetarli mablag’ bo’lsa oylik abonent to’lovi yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi. Hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmaganda oylik abonent to’lovlari qarzga yechilmaydi, trafik kiritilgan paketlar taqdim etilmaydi. Ushbu holatda aloqa xizmatlari uchun to’lov tarif reja shartlariga asosan ko’rsatilgan narxlar bo’yicha amalga oshiriladi.
•  Bir oylik abonent to’lovini to’lash uchun hisobda yetarli mablag’ jamlanishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik paketlar taqdim etiladi. Keyingi oylik abonent to’lovi yeсhilishi sanasi oxirgi abonent to’lovi yechilgan sanadan 1 oyga uzaytiriladi.
• «QARAQALPAGIM» tarifida belgilangan oylik trafik qoldig‘ining amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi oyda taqdim etiladigan trafikga qo‘shilmaydi. Agar kun davomida tarifga kiritilgan paket tugab qolsa, uyali aloqa xizmatlaridan foydalanish tarif rejaning standart narxlari asosida amalga oshiriladi.                
• Taqdim etilgan paketlardan faqatgina raqam faol holatda bo‘lganida foydalanish mumkin. Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
• Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so‘ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.        
•  Tarifga kiritilgan paketlar taqdim etilgungacha internet, SMS va qo‘ng‘iroqlar narxlanishi tarif bo‘yicha standart narxlar asosida amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, trafik sizga taqdim etilganiga ishonch hosil qiling. Gigabaytlarni tekshirish uchun *103#, SMSlar uchun -*105#.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
• Internet-sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
• Agar abonentda internet-paket mavjud bo‘lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo‘lmasa (10 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Zaxiralangan pul mablag‘lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet-sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.        
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda “Abonentning iltimosiga ko‘ra raqamni bloklash” xizmati uchun - 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Bunday holatda tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so‘ng, agar abonent hisobida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, tarif rejaning oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif bo‘yicha yangi oylik paketlar taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi paketlar kuyadi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, kunlik abonent to‘lovi raqam blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga yechilmaydi, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Agar abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, ammo avvalgi oydan qolgan tarif reja paketlari mavjud bo‘lsa, uning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi.
• Abonent raqamining hisobi qarz yoki to‘liq nol (0) holatida kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlar qabul qilish imkoniyati hamda 0611 raqami orqali Beeline aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.        
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo‘ng‘iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to‘ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag‘ nol yoki noldan past bo‘lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
• O‘zbekistonning chegara hududlarida (Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag‘ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo‘limida “Beeline Uz” tarmog‘ini tanlab qo‘yib, telefon ekranida ko‘rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so‘raymiz.
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo‘ng‘iroq narxini qo‘shgan holda amalga oshiriladi. Qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.

Boshqa tariflar

eSIMni onlayn xarid qiling

Yangi raqam tanlash
Beeline
Balansingizni onlayn to'ldiring
Balansni to'ldiring

+998

so'm
Beeline
To‘lov usullari
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin