IJTIMOIY

Tarif faqat imtiyozli toifadagi fuqarolarning yangi ulanishlari uchun*
500 daqiqa
5 GB
Beeline10 GB TAS-IXga
500 SMS
IJTIMOIY

Tarif rejasi

25 000

so'm/oy

Shartlar

Agarda daqiqa SMS yoki GB tugasa

«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa SMS va GB  paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2000 so’m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatning narxi – 2000 so’m bo’lishi kerak.
«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so’m va tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.
«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi : *5#

Qoldiqni qanday tekshirish mumkin?

Daqiqa *106#
SMS *105#
MB *103#
Keyingi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasini aniqlash *202#

Mahalliy aloqa

Kiruvchi qo’ng’iroqlar  0 so’m/daq.    
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar  300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS  300 so’m/SMS   
Internet  225 so’m/MB

Xalqaro aloqa va sputnik aloqa

Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 3 500 so’m/daq.
Rossiyaga 3 500 so‘m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 3 500 so‘m/daq.
Yevropaga 9 000 so‘m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 9 000 so‘m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 9 000 so‘m/daq.
Amerika va Afrikaga 9 000 so‘m/daq.
Avstraliyaga 9 000 so‘m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo‘llash 1 000 so‘m

Sputnik aloqa

1- yo‘ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so‘m/daq.
2 – yo‘ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so‘m/daq.
3 – yo‘ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so‘m/daq.
4 – yo‘ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so‘m/daq.

Oylik abonent to'lovi yechilishi shartlari

Umumiy shartlar: 
• «Ijtimoiy» tarif rejasiga yangi ulanishda hisob to‘ldirilgandan so‘ng, darhol abonent to‘lovi to‘liq yechib olinadi va tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etiladi. Tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketining amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovining keyingi yechilish sanasi oxirgi to‘lov yechilgan kundan boshlab 1 oyni tashkil etadi. 
• «Ijtimoiy» tarif rejasida abonent to‘lovining yechilishi va tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketining taqdim etilishi 1 oy oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda amalga oshiriladi.
• Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechilgan/to‘langan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish/to‘lash sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining/to‘lashning barcha kunlari kalendar oyining tegishli sanasida amalga oshiriladi.
• Agar shaxsiy elektron hisob (balans) qarz yoki nol holatida bo‘lsa, abonent raqami faqat kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, shuningdek kompaniyaning aloqa markaziga va favqulodda vaziyatlar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati bilan nofaol holatga o‘tadi.

Abonent raqamining shaxsiy elektron hisobi (balans) holati bo‘yicha yechish shartlari: 
• Agar oylik abonent toʻlovini yechib olish vaqtida abonent raqami faol boʻlsa, lekin abonent toʻlovini yechib olish uchun mablagʻ yetarli boʻlmasa, bu holda tarif rejasi bo‘yicha abonent toʻlovi bir marta minusga yechiladi va tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketi abonent to‘lovi oxirgi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga taqdim etiladi. Bunday holda, abonent raqami faqat kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, shuningdek kompaniyaning aloqa markaziga va favqulodda vaziyatlar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati bilan nofaol holatga o‘tadi. Balans to‘ldirilib, nofaol holatdan chiqarilgandan so‘ng, abonent tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketidan keyingi abonent to‘lovi yechilish sanasiga qadar foydalanishi mumkin.
• Agar oylik abonent to‘lovini yechib olish vaqti kelganda abonent raqami nofaol holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechib olinmaydi va kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etilmaydi. Balans to‘ldirilib, nofaol holatdan chiqarilgandan so‘ng, abonent to‘lovi darhol yechib olinadi va unga kiritilgan xizmatlar paketi oxirgi yechilish sanasidan boshlab 1 oy muddatga taqdim etiladi.

Ma’muriy bloklash: 
• Raqam ma’muriy blok (xizmat abonent murojaatiga asosan ulanadi) holatiga tushirilganda “Raqamni abonent so‘roviga asosan bloklash” xizmati uchun - 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Shu bilan birga tarif bo‘yicha abonent to’lovi yechilmaydi va kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etilmaydi. Blok holatidan chiqarilgandan so‘ng, agar shaxsiy elektron hisobda (balansda) tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini yechish uchun mablag‘ yetarli bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechib olinadi va tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etiladi.
• Agar oldingi yechib olingan tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketining qoldig‘i bo‘lsa, avval taqdim etilgan xizmatlar paketi kuyadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechib olish sanasi va tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketining amal qilish muddati abonent to‘lovi yechib olingan kundan boshlab 1 oyga belgilanadi.
• Agar raqamni blok holatidan chiqarish vaqtida abonent raqami faol holatda bo‘lsa, ammo abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag' bo‘lmasa, bu holda abonent toʻlovi bir marta minusga yechiladi va unga kiritilgan xizmatlar paketi abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga taqdim etiladi. Bunday holda, abonent raqami faqat kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, shuningdek kompaniyaning aloqa markaziga va favqulodda vaziyatlar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati bilan nofaol holatga o‘tadi. Shaxsiy elektron hisob (balans) to‘ldirilib, nofaol holatdan chiqarilgandan so‘ng, abonent tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketidan keyingi abonent to‘lovi yechilish sanasiga qadar foydalanishi mumkin.

TAS-IX

TAS-IX - bu O‘zbekistonning ichki tarmog‘i bo‘lib, uning yordamida internet foydalanuvchilari ma’lumot almashishlari mumkin.

TAS-IX da joylashtirilgan saytlar tezroq yuklanadi, chunki ma’lumotlarni uzatish mamlakat ichida xalqaro aloqa liniyalarini jalb qilmasdan amalga oshiriladi.

TAS-IX zonasida javob tezligi sezilarli darajada oshadi, bu esa qulay striming va dinamik onlayn o‘yinlar uchun juda muhimdir.

Internet-resurs TAS-IX zonasiga kirishini bu yerda tekshirish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

* Tarifga ulanish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan tashqari quyidagi hujjatlardan biri talab qilinadi:
Nafaqa guvohnomasi; 
Nogironlikni tasdiqlovchi hujjat;
Afg‘onistondagi jangovar harakatlar qatnashchisi guvohnomasi (1979-1989 yy.);
1941-1945-yillardagi urush faxriysi guvohnomasi.

Ulanish faqat savdo ofislarida amalga oshiriladi.

** Tarif reja bo'yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo'ladi va mablag' asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.

• Smartfonlarda standart sozlamalar qo'llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet trafik sarflanadi: tizim yangilanishlari, ilovalarni yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma'lumotlarini sinxronlash, shuningdek, tahliliy hisoblagichlar uchun. Asosiy internet-trafik mavjud bo'lmaganda, internet xizmati ishlamaydi va ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar hamda YouTube, PUBG MOBILE va Setanta Sports uchun trafikdan foydalanish imkoniyati abonentda asosiy internet trafik yoki hisobida mablag' paydo bo'lgunga qadar to'xtatiladi.
• Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, YouTube va PUBG MOBILE uchun taqdim etilgan GB ushbu xizmatlarning rasmiy ilovalaridan foydalanganda va ma'lum bir IP-manzillar to'plami doirasida sarflanadi. Xizmatlarning egalari tomonidan IP manzillar o'zgartirilganda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, PUBG MOBILE va “YouTube”ga aloqador bo'lmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq asosiy internet-paket yoki asosiy hisobdan amalga oshiriladi (ushbu kategoriyaga smartfonning ilovalardan foydalanayotgan vaqtdagi operatsion tizim uchun trafik sarflanishi ham kiradi).
• Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, PUBG MOBILE va YouTube uchun bo'lgan GB sarflanmaydi.
• Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda hamda "Ota-onalar nazorati" yoqilganda va "Shaxsiy DNS sever" sozlamasi sozlanganda Setanta Sports ximzati uchun trafik asosiy balansdan sarflanadi.
• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro'yxatdan o'tkazish uchun Abonent raqami faol holatida bo'lishi kerak.
• Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so'ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.
• Shuni ma'lum qilamizki, tarif bo'yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig'i va boshqa qo'shimcha xizmatlar qoldig'i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
• Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag'larini zaxiraga olib qo'yadi, ya'ni balansdagi pul mablag'lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to'ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
• Xizmatlar sessiya davomida jo'natilgan/qabul qilingan ma'lumotlar hajmi bo'yicha tariflanadi.  Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
• Agar abonentda internet-paket mavjud bo'lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo'lmasa (10 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag' mavjud bo'lsa). Zaxiralangan pul mablag'lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog'liq bo'ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to'langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag'lari ishlatish uchun ochiladi.
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya'ni pullik tranzaksiyalar – qo'ng'iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to'ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag' nol yoki noldan past bo'lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
• O'zbekistonning chegara hududlarida Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag' yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmog'ni qo'l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo'ladi.
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo'ng'iroq narxini qo'shgan holda amalga oshiriladi. Qo'ng'iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi. 
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.

Boshqa tariflar

eSIMni onlayn xarid qiling

Yangi raqam tanlash
Beeline
Balansingizni onlayn to'ldiring
Balansni to'ldiring

+998

so'm
Beeline
To‘lov usullari
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin