Bir
Oy
- O'zbekiston bo'ylab cheksiz qo'ng'iroqlar*
- Internet10 GB / oy
- O’zbekiston bo’yicha SMS*3 000 sms / oy
- Facebook, Instagram, Odnoklassniki, TAS-IX, Telegram, WhatsApp va Viber uchun kiritilgan MB to`plami3 000 MB / oy
- IMO ilovasi orqali cheksiz ovozli qo'ng'iroqlar*
- IMO ilovasini smartfoningizga yuklash uchun *3# tering
«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2000 so’m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatning narxi – 2000 so’m bo’lishi kerak.
«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so’m va tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, MB va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.
«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan MB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi : *5#
Kiruvchi qo’ng’iroqlar 0 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar 300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS 300 so’m/SMS
Internet 650 so’m/MB
Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 4 500 so’m/daq.
Rossiyaga 4 500 so’m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 4 500 so’m/daq.
Yevropaga 10 000 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 10 000 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10 000 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 10 000 so’m/daq.
Avstraliyaga 10 000 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo’llash 1 000 so’m
1 yo’ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m
2 yo’ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m
3 yo’ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m
4 yo’ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m
* Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlarining texnologik cheklovi abonent to’lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo’ng’iroqlar bir oy davomida ushbu tarif bo’yicha limitdan oshsa, O’zbekiston bo’ylab qo’ng’iroqlar daqiqasi narxi 1 so’mdan hisoblanadi. Cheksiz qo’ng’iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo’ng’iroqlarini hisobga olmaydi. Tarif reja bo’yicha berilgan daqiqalar limiti tugaganidan so’ng, O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlari daqiqasi 1 so’m narxlanadi.
IMO uchun mo’ljallangan trafikning texnologik chegarasi oyiga 45 000 MB. Konferens-aloqa vaqtida guruhli qo’ng’iroqlar muloqoti bo’yicha emas, balki 1ta abonentga cheksiz muloqot belgilanadi.
Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik, tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida ma’lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi.
– Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 15-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 15-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (15-sana har ikki oyda ham mavjud bo‘lgani uchun sana va vaqt to‘liq saqlanadi);
Agar avvalgi to‘lov 31-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 30-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sentabrda 31-sana bo‘lmagani uchun sana oyning oxirgi kuniga o‘tkaziladi, bunda 15:43 vaqti saqlanib qoladi).
– Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet paketdagi megabaytlar sarflanadi.
– Tarif reja doirasida taqdim etilgan daqiqa, SMS va MB paketlar, faqat abonent raqamining faol holatida amal qiladi.
– Ulangan paketdan foydalanishni boshlash uchun, *103#/*105#/*106# kodlarni terish orqali xizmat Sizga taqdim etilganligini aniqlashingizni so’raymiz. Trafik taqdim etilguniga qadar, qo’ng’iroqlar, sms va Internet tarifning standart qiymati bo’yicha tariflanadi.
– Tizim tariflar bo‘yicha oylik abonent to‘lovini navbatdagi yechib olishda oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun to‘liq miqdor mavjudligini tekshiradi. Agar u mavjud bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechib olinadi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi. Abonent balansida yetarli mablag‘ bo‘lmasa, oylik abonent to‘lovi qarzga yechib olinmaydi va shunga ko‘ra, oylik trafiklar paketi ham berilmaydi. Bunday holda, aloqa xizmatlaridan keyingi foydalanish uchun to‘lov tarif shartlariga ko‘ra standart narxlar asosida amalga oshiriladi. Balansda yechib olish uchun yetarli miqdor paydo bo‘lishi bilan oylik abonent to‘lovi darhol yechib olinadi va bir oylik trafiklar paketi taqdim etiladi. Keyingi oylik abonent to‘lovini yechib olish sanasi oxirgi yechib olingan vaqtdan boshlab 1 oyga suriladi.
– Taqdim etilgan daqiqa, SMS, MB paketlari muddati 1 oy tugaganda kuyib ketadi va jamlanmaydi.
– Abonent to`lovining yechilishi va kiritilgan trafik paketlarining belgilanishi oyda qancha kun qolganidan qat’iy nazar to`liq hajmda amalga oshiriladi.
– Yangi ulanish yoki ushbu tarif rejaga o’tilganida kiritilgan trafik amal qilish muddati va abonent to’lovi yechilish vaqti 1 oyni tashkil etadi. Barcha keyingi to`lovlar yechilishi 1 oy oralig`ida o`tqaziladi.
– Raqam ma’muriy blokirovka qilinganda, “Abonentning xohishiga ko‘ra raqamni blokirovka qilish” xizmati uchun har kuni 421 so‘m miqdorida kunlik abonent to‘lovi yechib olinadi. Bunda tarif bo‘yicha abonent to‘lovi yechilmaydi. Blokdan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi faqat yechib olish sanasi kelgandagina yechiladi. Raqam blokdan chiqarilgach, agar yechib olish sanasi kelgan va Abonent balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tarif rejasining oylik abonent to‘lovi yechiladi va kiritilgan trafik paketi taqdim etiladi. Shu bilan birga, raqam bloklangunga qadar mavjud bo‘lgan trafik kuyadi. Keyingi oylik abonent to‘lovining yechib olish sanasi oxirgi marta yechilgan kundan boshlab 1 oyga suriladi. Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, aloqa xizmatlaridan keyingi foydalanish tarif shartlariga ko‘ra standart tariflar asosida amalga oshiriladi. Agar Abonent balansida tarif bo‘yicha kiritilgan trafik qoldig‘i mavjud bo‘lib, lekin oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, raqam blokdan chiqarilgandan so‘ng yechib olish amalga oshirilmaydi, qolgan trafikning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va u taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o‘tgach kuyadi.
– Ijtimoiy tarmoqlar, IMO va messenjer uchun mo`ljallangan megabaytlar ma`lum IP manzillar to`plami (ushbu xizmatlarning ilovalarini o’z ichiga oladi) doirasida sarflanadi. Foydalanuvchi tomonidan IP manzillar o`zgartirilgan holda, hamda Ijtimoiy tarmoqlar, IMO va messenjerga (bunga smartfon operatsion tizimi tomonidan ilovalar ishlatilganda sarf qilingan trafik shuningdek, ushbu xizmatlarga aloqador bo’lmagan uchinchi tomon xizmatlarini o’z ichiga oladi) kirmagan trafikning sarflanishi asosiy internet paket hisobidan yoki tarif rejangizga muvofiq amalga oshiriladi.
– Ijtimoiy tarmoqlar, IMO va messenjer uchun megabaytlar proksi serverlari orqali ishlaydigan ilovalar (shu qatorda VPN ham) ishlatilganda sarflanmaydi.
– Хalqaro aloqa qiymati hisob-kitobi xalqaro aloqa qiymati va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq qiymatini umumlashtirish yo’li bilan aniqlanadi.
– Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).
– «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham tarmoq abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga ma’lumot xizmatiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
– Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish va b.) «elektron» hisobni ijobiy ko’rsatkichgacha to’ldirish kifoya.
– Agar raqam bo‘yicha 365 kalendar kuni davomida hech qanday faollik kuzatilmasa, bu holat operator uchun abonentning shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi hisoblanadi va uni bekor qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
– Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan so’ng hisob to’g’ri tariflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak.
– Internet-sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi tarifga kiritilgan, internet-paketlar va boshqa xizmatlar doirasida taqdim etilgan internet trafikining bir qismini zaxiraga olib qo‘yadi. Zaxiraga olinadigan trafik hajmi qoldiqda mavjud bo‘lgan trafik hajmiga bog‘liq bo‘lib, 1 MBdan 500 MBgacha bo‘lishi mumkin. Tarif yoki internet-paketlar bo‘yicha trafik mavjud bo‘lmaganda yoki tugaganda, standart tariflash bo‘yicha 10 MB qiymatiga teng miqdordagi pul mablag‘lari zaxiraga olinadi.
Internet-sessiyasi davomida zaxiraga olingan trafik va (yoki) pul mablag‘lari boshqa xizmatlardan foydalanish uchun vaqtincha yopilishi mumkin, shu sababli balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar berishi mumkin. Internet-sessiyasi tugashi va foydalanilgan trafik bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan so‘ng, zaxiradagi sarflanmagan qoldiq keyingi foydalanish uchun ochiladi.
– Aloqa telekommunikatsiya kanallarini eng optimal usulda ishlatish, shuningdek, Abonentning manfaatlarini ularning qurilmalaridan beruxsat foydalanishidan himoyalash maqsadida, Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini 60 daqiqa etib belgilaydi.
– Ushbu tarifda «Erkin muloqot» xizmati amal qilmaydi.
– Tarif reja o`zgartirilganida unga kiruvchi trafik (daqiqa/SMS/MB) kuyib ketadi. Xarid qilingan internet va SMS paketlari bo`yicha trafik saqlanadi.
– Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.
- – Tarif rejasi o‘zgarganda, unga kiritilgan barcha xizmatlar, avval o‘chirilgan bo‘lsa ham, yangi tarif sozlamalariga muvofiq qaytadan yoqiladi. Shu sababli, zarurat bo‘lsa, ularni yana bir bor o‘chirish kerak bo‘ladi.

