Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
Platinum
«STATUS» bu kompleks yechimlarni o’z ichiga olib: shaxsiy yondashuv va xizmat, imtiyozlar va maxsus tarif rejalarida muloqot qilish uchun qo’shimcha xizmatlarni taqdim etadi.
Sizga quyidagi imtiyozlardan foydalanishni taklif qilishdan mamnunmiz:
– Ushbu tariflardagi abonentlar uchun maxsus ajratilgan – 0777 raqami 24 soat davomida xizmat ko’rsatiladi.
* Status mijozlari uchun operator bilan bog’lanish shartlari respublika bo’yicha karantin rejimi bo’lmagan holatda amal qiladi. Karantin choralari ko’rilganda, xizmat ko’rsatayotgan xodimlar va qo’ng’iroqlarning soniga qarab operator bilan bog’lanish vaqti o’zgarishi mumkin.
– Xalqaro qo’ng’iroqlar uchun maxsus shartlar – asosiy qiymatida bo’lgan butun dunyo bo’ylab qo’ng’iroqlar uchun 50% chegirma.
– Biriktirilgan va bepul xizmatlar – «AntiAon», «Xabardor bo’l/Bog’lanish mumkin».
– «Oltin» raqamlar ro’yxatidan individual raqam tanlovi. – Maxsus menejer va Kompaniya ochiq ofislarida maxsus xizmat ko’rsatish joyi.
«Perezagruzka» xizmatini ulab daqiqa va MB paketlarning yangidan taqdim etish imkoniyatingiz mavjud.
«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 0 so’m.
Ulanish uchun hisobda minimal miqdori – 189 250 so’m.
«Platinum» tarif rejada «Perezagruzka» xizmatini ulaganda, tarif reja bo’yicha 189 000 so’m abonent to’lov yechiladi va daqiqa, SMS va MB paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.
«Perezagruzka» xizmatini ulagandan so’ng, avvalgi ya’ni oxirgi taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketlarning qoldig’i barchasi kuyadi.
Keyingi abonent to’lov yechilishi va trafik taqdim etish vaqti 1 oylik oraliq bilan ya’ni oxirgi yechilgan abonent to’lov sanasi asosida amalga oshiriladi.
Xizmatga ulanish kodi: *5#
Barcha kirish qo’ng’iroqlari, daq. 0 so’m
Tarmoq ichida chiqish qo’ng’iroqlari, daq. 100 so’m
Boshqa yo’nalishlarga chiqish qo’ng’iroqlari, daq. 125 so’m
O’zbekiston bo’yicha SMS 80 so’m
Internet, 1 MB 630 so’m
Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) 1140 so’m
Boshqa MDH mamlakatlariga 1640 so’m
Yevropaga 3410 so’m
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 4420 so’m
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 5180 so’m
Amerika va Afrikaga 3910 so’m
Avstraliyaga 5680 so’m
Bitta SMS xabar yo`llash 500 so’m
Xalqaro qo‘ng‘iroqlar narxlari 50% chegirma bilan berilgan.
1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m
* Beeline TV va Beeline Music uchun 30 kunlik promo-muddat «Platinum» tarifiga kiritilgan. Bitta abonent raqamiga har bir xizmat uchun bir marta promo-muddat taqdim etiladi.
** Daqiqalarning texnologik chegarasi oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. IMO uchun mo’ljallangan trafikning texnologik chegarasi oyiga 45 000 MB. Konferens-aloqa vaqtida guruhli qo’ng’iroqlar muloqoti bo’yicha emas, balki 1ta abonentga cheksiz muloqot belgilanadi.
Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
1VEON hududi quyidagi davlatlarni o’z ichiga oladi: Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Armaniston, Gruziya, Ukraina, Italiya, Jazoir, Bangladesh, Pokiston.
Beeline TV va Beeline Music xizmatlarida promo-muddatni faollashtirish uchun ilovani Android uchun Google Play, IOS uchun App Store yoki www.beeline.uz sayti orqali yuklab olib, ilova o’rnatilgandan so’ng ro’yxatdan o’tish kerak.
Beeline TV promo-kodini olish uchun *20# USSD kodi teriladi, qabul qilingan kod ilovadagi «Promo-kod» bo’limida faollashtiriladi. Ilovadan ro’yxatdan o’tgandan keyin Beeline Music xizmatidagi promo-muddat taqdim etiladi. Beeline TV uchun promo-muddat faqat TV kanallarga taqdim etiladi.
Promo-muddat tugagandan so’ng (faollashtirilgandan so’ng 30 kun o’tgach), pullik obuna faollashtiriladi: Beeline Music xizmatining kunlik obunasi 599 so’m, Beeline TV xizmatidagi TV kanallar uchun kunlik obunasi 599 so’m. Tarif rejani boshqa tarifga o’zgartirilganda promo-muddat va uning amal qilish muddati saqlanib qoladi.
Abonent xohlagan vaqtda promo-muddatni mustaqil ravishda o’chirishi mumkin:
– Beeline TV uchun ilovadagi «Obunalar» bo’limida tegishli obunaga o’tib, «O’chirish» tugmasi bosiladi;
– Beeline Music uchun 2 sonini 15100 raqamiga SMS-xabari yuboriladi.
– Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik, tariflar uchun daqiqalar va SMS paketlar, shuningdek boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida ma’lumot berilishi soat 06:00 dan 00:00 gacha taqdim etiladi.
– Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet paketdagi megabaytlar sarflanadi.
– Tarif reja doirasida taqdim etilgan daqiqa, SMS va MB paketlar, faqat abonent raqamining faol holatida amal qiladi.
– Tarif bo’yicha abonent to’lovi yechilishi va bonuslar taqdim etilishi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqt orasida amalga oshiriladi. Kiritilgan paketdan foydalanishni boshlashdan avval *103#/*105#/*106# kodini terib, sizga paketlar berilganligiga ishonch hosil qiling. Paketlar taqdim etilishiga qadar qo’ng’iroqlar, SMS va Internet tarifning standart qiymati bo’yicha narxlanadi.
– Agar oylik abonent to’lovi yechilishi uchun balansda yetarlicha mablag’ bo’lmasa, bir marta salbiy balans hisobiga abonent to`lovi yechiladi va oylik daqiqa, SMS, MB paketlari taqdim etiladi.
– Abonent raqamining nofaol holatida tarif bo’yicha abonent to’lovi yechilmaydi va trafik taqdim etilmaydi. Shu bilan birga, Abonent tomonidan hisob to’ldirilib va blok holatidan chiqarilsa, oylik abonent to’lovning yechilish vaqti soat 00:00 dan ertalab soat 06:00 gacha bo’lgan vaqtda yechilib, tarif bo’yicha kiritilgan oylik daqiqalar, SMS va MB paketlar to’liq miqdorda taqdim etiladi.
– Tarif bo’yicha oylik abonent to’lovi o’z vaqtida to’langan taqdirda, asosiy internet-trafik qoldig’i bekor bo’lmaydi va keyingi oyga o’tadi. Shu bilan birga, keyingi oyga o’tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi 60 000 MB ni tashkil qilishi mumkin. Agar abonent to’lovining navbatdagi yechilishi Abonent raqami hisobida mablag’ yetarli bo’lmaganligi sababli sodir bo’lmasa, trafik qoldig’i kuyib ketadi.
– Tarif bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va boshqa MB paketlari 1 oy tugaganda kuyadi va keyingi oyga o’tmaydi.
– Abonent to`lovining yechilishi va kiritilgan daqiqalar, SMS va MB paketlarining taqdim etilishi oyning qolgan kunlaridan qat’iy nazar to’liq hajmda amalga oshiriladi.
– Kiritilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to’lovining keyingi yechilishi sanasi 1 oyni tashkil etadi. Abonent to’lovi yechilishining keyingi sanalari 1 oylik oraliq bilan amalga oshiriladi.
– Raqamni ma’muriy blok holatiga tushirilganda, abonent to’lovi yechilmaydi. Blok holatidan chiqarilganidan so`ng oylik abonent to`lovi yechiladi va oylik trafik taqdim etiladi. Bu holda oldingi paket bo`yicha kiritilgan daqiqa, SMS va MB qoldig`i bekor bo’ladi. Keyingi abonent to`lovi yechilish sanasi blokdan chiqish kunidan boshlab 1 oy muddatga suriladi.
– TAS-IX hududi, Facebook, Instagram, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlar uchun mo’ljallangan megabaytlar ma’lum bir IP-manzillar to’plami doirasida sarflanadi (ushbu xizmatlarning ilovalarini o’z ichiga oladi). Yuqoridagi ro’yxat bo’yicha manba egalari tomonidan IP-manzillar o’zgartirilganda, shuningdek TAS-IX hududi, Facebook, Instagram, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlarga kirmaydigan trafik (ushbu turkumga kiruvchi ilovalardan foydalanishda paydo bo’ladigan smartfon operatsion tizimi trafigi, shuningdek, ushbu xizmatlarga tegishli bo’lmagan uchinchi tomon xizmatlarni o’z ichiga oladi) sarflanishi tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paket yoki hisobdan amalga oshiriladi.
-TAS-IX hududi uchun megabaytlar, Facebook, Instagram, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlari proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanishda sarflanmaydi.
– Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo’shgan holda amalga oshiriladi.
– Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).
– «Elektron» hisobidan mablag’ to’liq sarflanib bo’lgandan so’ng, Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini to’xtashi va uni blok holatiga o’tkazish huquqiga ega. Shu bilan birga, abonent o’z tarmog’i abonentlaridan va boshqa mobil aloqa operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqni va SMSlarni qabul qilish, shuningdek, 0777 raqami orqali ma’lumot xizmatiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
– Blok holatidan chiqish uchun (ya’ni pullik operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini olish uchun – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, internetdan foydalanish va h.k.) «elektron» hisobni ijobiy qiymatga qadar to’ldirish kerak.
– Agar 90 kun davomida ketma-ket Abonentning «elektron» hisobidagi mablag’i nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan bir tomonlama voz kechishi hisoblanadi.
– Internet paket xarid qilinganda yoki tarif rejani o`zgartirilganda noto`g`ri tarifikatsiyaning oldini olish uchun faol sessiyani yakunlagan holda yangisini boshlash kerak.
– Aloqa telekommunikatsiya kanallaridan eng maqbul foydalanish, shuningdek, abonentlarning manfaatlarini ularning uskunalaridan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish maqsadida Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini – 60 daqiqa etib belgilaydi.
– Xizmatlar sessiya davomida jo’natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo’yicha narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi 16 KB gacha bo’lgan aniqlikda katta tomonga yaxlitlanadi. Balansdan mablag’ni to’g’ri yechilishi uchun joriy sessiyani to’xtatib, abonent to’lovi yechilganidan keyin yangi sessiyani boshlash kerak bo’ladi.
– Ushbu tarifda «Erkin muloqot», «Hamma tarmoqda», «Mega hafta», «Do it» hamda «Sirli qo’ng’iroq» xizmatlari amal qilmaydi.
– Yangi ulanish yoki ushbu tarifga o’tish, shuningdek hisobingizda oylik abonent to’lovini yechish uchun kamida 189 250 so’m bo’lishi kerak.
– «Status» tariflardan boshqa tarifga o’tish («Status» turkumidan tashqari) imkoni mavjud. Tarif rejani o’zgartirish uchun abonent mijozlarga xizmat ko’rsatish xizmatiga qo’ng’iroq qilish orqali yoki kompaniyaning ochiq ofislarida savdo va xizmat ko’rsatish bo’limlariga murojaat qilgan holda amalga oshirish mumkin. «Platinum» tarifidan boshqa tarifga o’tilganda «oltin» raqam blok holatiga tushiriladi.
– Agar «Status» seriyasidagi tariflarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, u holda boshqa tarifga o’tish Kompaniyaning ochiq ofislarida ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda «oltin» raqamni narxi to’lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi. «Status» tariflar to‘plamidagi tariflardan «oltin» raqamni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o‘tish, oylik abonent to‘lovi 12 marta va undan ko‘p yechib olingan taqdirda, shu jumladan «Perezagruzka» xizmatiga ulanganda yoki raqam ma’muriy blok holatidan chiqarilganda ham amalga oshirilishi mumkin.
– Tarif reja o’zgartirilganda tarif ichida taqdim etilgan trafik (daqiqalar/SMS/Mb) bekor bo’ladi. Internet va sms paketlar bo’yicha olingan trafik saqlanib qoladi.
– Ushbu tarifga o’tilgan kunning keyingi kunidan boshlab operatorlar bilan bog’lanish uchun 0777 maxsus raqamiga qo’ng’iroq qilish imkoniyati ochiladi.
– Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.