Silver
- O'zbekiston bo'yicha barcha yo'nalishlar uchun daqiqalar*4 000 daq / oy
- IMO ilovasi orqali cheksiz ovozli qo'ng'iroqlar**
- O'zbekiston bo'yicha SMS*4 000 sms / oy
- Barcha yo’nalishga MB paketi8 000 MB / oy
- Facebook, Instagram, Odnoklassniki, Telegram, WhatsApp va Viber uchun MB paketi4 000 MB / oy
- TAS-IX uchun MB paketi4 000 MB / oy
- Roumingda Internet uchun MB lar (1)100 MB / oy
- Beepul: 0% pul o'tkazmalar20 000 000 so'm / oy
- Operator bilan bog'lanish 0777
«STATUS» bu kompleks yechimlarni o’z ichiga olib: shaxsiy yondashuv va xizmat, imtiyozlar va maxsus tarif rejalarida muloqot qilish uchun qo’shimcha xizmatlarni taqdim etadi.
Sizga quyidagi imtiyozlardan foydalanishni taklif qilishdan mamnunmiz:
– Ushbu tariflardagi abonentlar uchun maxsus ajratilgan – 0777 raqami 24 soat davomida xizmat ko’rsatiladi.
* Status mijozlari uchun operator bilan bog’lanish shartlari respublika bo’yicha karantin rejimi bo’lmagan holatda amal qiladi. Karantin choralari ko’rilganda, xizmat ko’rsatayotgan xodimlar va qo’ng’iroqlarning soniga qarab operator bilan bog’lanish vaqti o’zgarishi mumkin.
– Xalqaro qo’ng’iroqlar uchun maxsus shartlar – Rossiya, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg’izistonga qo’ng’iroqlar uchun 50% chegirma.
– Maxsus ro’yxatdan «Oltin» raqam tanlash.
“Perezagruzka” xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo‘yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
“Perezagruzka” xizmatining narxi har bir so‘rov uchun – 2 000 so‘m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va “Perezagruzka” xizmatning narxi – 2 000 so‘m bo‘lishi kerak.
“Perezagruzka” xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2 000 so‘m va tarif reja bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechiladi. So‘ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to‘liq hajmda beriladi.
“Perezagruzka” xizmati yoqilganidan so‘ng, tarif bo‘yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig‘i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi: *5#
Ulanish limiti: kuniga 1 marta.
Daqiqa *106#
Tarif bo’yicha MB va boshqa internet-paketlar *103#
Messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar uchun MB paketi *101#
TAS-IX bo’yicha MB *101#
Roumingda MB *112#
SMS *105#
Keyingi abonent to’lovi yechilishi sanasini bilish *202#
Kiruvchi qo’ng’iroqlar 0 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar 300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS 300 so’m/SMS
Internet 630 so’m/MB
Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 1 750 so’m/daq.
Rossiyaga 1 750 so’m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 3 500 so’m/daq.
Yevropaga 9 000 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 9 000 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 9 000 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 9 000 so’m/daq.
Avstraliyaga 9 000 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo’llash 1 000 so’m
Xalqaro qo‘ng‘iroqlar narxlari 50% chegirma bilan berilgan.
Sputnik 1 – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476), 25 260 so’m/daq.
Sputnik 2 – Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216), 37 890 so’m/daq.
Sputnik 3 – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817), 92 620 so’m/daq.
Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069). 126 300 so’m/daq.
*Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
** IMO uchun mo’ljallangan trafikning texnologik chegarasi oyiga 45 000 MB. Konferens-aloqa vaqtida guruhli qo’ng’iroqlar muloqoti bo’yicha emas, balki 1ta abonentga cheksiz muloqot belgilanadi.
– (1) quyidagi mamlakatlarda: Rossiya (Beeline), Qozog‘iston (Beeline), Qirg‘iziston (Beeline), Armaniston (Team Telecom), Gruziya (Cellfie), Ukraina (Kiyvstar).
– (2) “Status” va “Yana” turkumidagi tarif rejalar uchun (mavjud va yangi mijozlarga) Beepul mobil ilovasi orqali kartadan kartaga (Uzcard/Humo) mablag’larni komissiyasiz o‘tkazish imkoniyati.
Limit “Status” va “Yana” turkumidagi (Yana Bitta, Yana Ikkita, Yana Uchta, Yana To‘rtta, Status Silver, Status Gold, Status Platinum) tarif rejalariga muvaffaqiyatli o‘tganda yoki oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinganda taqdim etiladi.
Eslatmalar:
– Limit tugagach, kartadan kartaga pul o‘tkazish umumiy shartlarga asosan amalga oshiriladi.
– Limit tarif reja uchun keyingi abonent toʻlovi muvaffaqiyatli yechilgunga qadar amal qiladi.
– Tarif reja uchun abonent to‘lovi yechilganida taqdim etilgan limitning qoldig’i nolga tenglashtirilib, yangidan to‘liq taqdim qilinadi.
– Limitlar bir biri bilan qo‘shilmaydi.
– Raqamning tarif rejasi “Status” yoki “Yana” tarif turkumlari ichida o‘zgartirilsa, abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinganidan so‘ng, limit to‘liq hajmda taqdim etiladi.
– Raqam “Status” yoki “Yana” tarif turkumidan istalgan boshqa tarif rejaga o‘zgartirilganida limit taqdim etilmaydi va qoldiq limitlar mavjud bo‘lmaydi.
– “Perezagruzka” xizmati ulanganidan so‘ng limit yangidan to‘liq hajmda taqdim etiladi.
– Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik, tariflar uchun daqiqalar va SMS paketlar, shuningdek boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida ma’lumot berilishi soat 06:00 dan 00:00 gacha taqdim etiladi.
– Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet paketdagi megabaytlar sarflanadi.
– Tarif reja doirasida taqdim etilgan daqiqa, SMS va MB paketlar, faqat abonent raqamining faol holatida amal qiladi.
– Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 15-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 15-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (15-sana har ikki oyda ham mavjud bo‘lgani uchun sana va vaqt to‘liq saqlanadi);
Agar avvalgi to‘lov 31-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 30-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sentabrda 31-sana bo‘lmagani uchun sana oyning oxirgi kuniga o‘tkaziladi, bunda 15:43 vaqti saqlanib qoladi).
Kiritilgan paketdan foydalanishni boshlashdan avval *103#/*105#/*106# kodini terib, sizga paketlar berilganligiga ishonch hosil qiling. Paketlar taqdim etilishiga qadar qo’ng’iroqlar, SMS va Internet tarifning standart qiymati bo’yicha narxlanadi.
– Agar abonent hisobida abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, balans minusga kirmaydi; hisob abonent to‘loviga teng yoki undan ortiq miqdorga to‘ldirilguniga qadar, aloqa xizmatlari tarif rejasi shartlariga ko‘ra taqdim etiladi.
– Tarif bo’yicha oylik abonent to’lovi o’z vaqtida to’langan taqdirda, asosiy internet-trafik qoldig’i bekor bo’lmaydi va keyingi oyga o’tadi. Shu bilan birga, keyingi oyga o’tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi 16 000 MB ni tashkil qilishi mumkin. Agar abonent to’lovining navbatdagi yechilishi Abonent raqami hisobida mablag’ yetarli bo’lmaganligi sababli sodir bo’lmasa, trafik qoldig’i kuyib ketadi.
– Tarif bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va boshqa MB paketlari 1 oy tugaganda kuyadi va keyingi oyga o’tmaydi.
– Abonent to`lovining yechilishi va kiritilgan daqiqalar, SMS va MB paketlarining taqdim etilishi oyning qolgan kunlaridan qat’iy nazar to’liq hajmda amalga oshiriladi.
– Raqam ma’muriy blok (xizmat abonent murojaatiga asosan ulanadi) holatiga tushirilganda “Raqamni abonent so‘roviga asosan bloklash” xizmati uchun - 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Shu bilan birga tarif bo‘yicha abonent to’lovi yechilmaydi va kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etilmaydi. Raqam blokdan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi faqat to‘lov yechiladigan sana kelganida yechib olinadi. Blokdan chiqarilgach, agar to‘lov yechiladigan sana kelgan bo‘lsa va mijoz balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tarif rejasining oylik abonent to‘lovi yechiladi hamda kiritilgan trafik paketi taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi paketlar kuyadi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Agar mijoz to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, ammo avvalgi oydan qolgan tarif reja paketlari mavjud bo‘lsa, uning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi.
– TAS-IX hududi, Facebook, Instagram, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlar uchun mo’ljallangan megabaytlar ma’lum bir IP-manzillar to’plami doirasida sarflanadi (ushbu xizmatlarning ilovalarini o’z ichiga oladi). Yuqoridagi ro’yxat bo’yicha manba egalari tomonidan IP-manzillar o’zgartirilganda, shuningdek TAS-IX hududi, Facebook, Instagram, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlarga kirmaydigan trafik (ushbu turkumga kiruvchi ilovalardan foydalanishda paydo bo’ladigan smartfon operatsion tizimi trafigi, shuningdek, ushbu xizmatlarga tegishli bo’lmagan uchinchi tomon xizmatlarni o’z ichiga oladi) sarflanishi tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paket yoki hisobdan amalga oshiriladi.
-TAS-IX hududi uchun megabaytlar, Facebook, Instagram, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlari proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanishda sarflanmaydi.
– Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo’shgan holda amalga oshiriladi.
Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).
– «Elektron» hisobidan mablag’ to’liq sarflanib bo’lgandan so’ng, Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini to’xtashi va uni blok holatiga o’tkazish huquqiga ega. Shu bilan birga, abonent o’z tarmog’i abonentlaridan va boshqa mobil aloqa operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqni va SMSlarni qabul qilish, shuningdek, 0777 raqami orqali ma’lumot xizmatiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
– Blok holatidan chiqish uchun (ya’ni pullik operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini olish uchun – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, internetdan foydalanish va h.k.) «elektron» hisobni ijobiy qiymatga qadar to’ldirish kerak.
– Agar raqam bo‘yicha 365 kalendar kuni davomida hech qanday faollik kuzatilmasa, bu holat operator uchun abonentning shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi hisoblanadi va uni bekor qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
– Internet paket xarid qilinganda yoki tarif rejani o`zgartirilganda noto`g`ri tarifikatsiyaning oldini olish uchun faol sessiyani yakunlagan holda yangisini boshlash kerak.
– Aloqa telekommunikatsiya kanallaridan eng maqbul foydalanish, shuningdek, abonentlarning manfaatlarini ularning uskunalaridan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish maqsadida Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini – 60 daqiqa etib belgilaydi.
– Xizmatlar sessiya davomida jo’natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo’yicha narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi 16 KB gacha bo’lgan aniqlikda katta tomonga yaxlitlanadi. Balansdan mablag’ni to’g’ri yechilishi uchun joriy sessiyani to’xtatib, abonent to’lovi yechilganidan keyin yangi sessiyani boshlash kerak bo’ladi.
– Ushbu tarifda «Erkin muloqot» va «Hamma tarmoqda» xizmatlari amal qilmaydi.
– Agar «Status» seriyasidagi tariflarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, u holda boshqa tarifga o’tish Kompaniyaning ochiq ofislarida ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda «oltin» raqamni narxi to’lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi. «Status» tariflar to‘plamidagi tariflardan «oltin» raqamni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o‘tish, oylik abonent to‘lovi 12 marta va undan ko‘p yechib olingan taqdirda, shu jumladan «Perezagruzka» xizmatiga ulanganda yoki raqam ma’muriy blok holatidan chiqarilganda ham amalga oshirilishi mumkin.
– «Status» tariflardan boshqa tarifga o’tish («Status» turkumidan tashqari) imkoni mavjud. Tarif rejani o’zgartirish uchun abonent mijozlarga xizmat ko’rsatish xizmatiga qo’ng’iroq qilish orqali yoki kompaniyaning ochiq ofislarida savdo va xizmat ko’rsatish bo’limlariga murojaat qilgan holda amalga oshirish mumkin.
– Tarif reja o’zgartirilganda tarif ichida taqdim etilgan trafik (daqiqalar/SMS/Mb) bekor bo’ladi. Internet va sms paketlar bo’yicha olingan trafik saqlanib qoladi.
– Ushbu tarifga o’tilgan kunning keyingi kunidan boshlab operatorlar bilan bog’lanish uchun 0777 maxsus raqamiga qo’ng’iroq qilish imkoniyati ochiladi.
– Tarif rejasi o‘zgarganda, unga kiritilgan barcha xizmatlar, avval o‘chirilgan bo‘lsa ham, yangi tarif sozlamalariga muvofiq qaytadan yoqiladi. Shu sababli, zarurat bo‘lsa, ularni yana bir bor o‘chirish kerak bo‘ladi.
– Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.

