Tarif shartlari

• Yanada ko‘proq internet paketlar!
• Yangi imkoniyat – Telegram, WhatsApp va Viber messenjerlari uchun paket!
• Barcha “Konstruktorlarda” Beeline TV sovg‘a sifatida!
• Kompaniya ofislari va rasmiy dilerlarida ulanish!
• Shuningdek, odatiy chegirmalar! Qancha ko‘p paketlar tanlansa, chegirma shunchalik katta bo‘ladi!

Biz abonentlarga o‘z tariflarini mustaqil tuzishlarini taklif qilamiz!

Buning uchun «Beeline Uzbekistan» mobil ilovasiga kirib, belgilangan hajmdagi trafik variantini tanlash lozim.

Agar sizda Beeline raqami bo‘lmasa, bu yerda ulaning:

Ofis manzillari va Buyurtma qilish

¹ Beeline TV (Telekanallari va Amediateka) obunasi abonent to‘loviga kiritilgan va abonent to‘lovi to‘langanda taqdim etiladi.

Agar siz Beeline abonenti bo‘lsangiz, «Konstruktor» tarifiga ulanish uchun quyidagi yo‘riqnomaga amal qiling:

Web-sayt uchun yo‘riqnoma

1. “Shaxsiy kabinetda” ro‘yxatdan o‘ting yoki SMS-kod orqali kiring;
2. Saytdagi «Sizning konstruktoringiz!» bo‘limiga o‘ting;
3. Ulash uchun kerakli paket variantlarini tanlang;
4. Tanlovingizni tasdiqlang.

Beeline Uzbekistan mobil ilovasi uchun yo‘riqnoma

1. Beeline Uzbekistan ilovasini yuklab oling yoki *1# kodini tering;
2. Ro‘yxatdan o‘ting;
3. “Tariflar” bo‘limiga o‘ting;
4. “O‘z tarifingizni yasang” tugmasini bosing;
5. Ulash uchun kerakli paket variantlarini tanlang;
6. Tanlovingizni tasdiqlang.

Izoh: Tarifga faqat jismoniy shaxslar ulanishi mumkin. Agar sizda Beeline Uzbekistan ilovasi avval yuklangan bo‘lsa, konstruktor funksiyasidan foydalanish uchun ilovani oxirgi versiyasigacha yangilang.

«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.

«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 0 so’m.

Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori bo’lishi kerak.

«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.

«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi.

Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi : *55#

Daqiqalar qoldig’i uchun *106#

SMSlar qoldig’i uchun  *105#

GB *103#

Oylik abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#

«Konstruktor» – 0 so’mni tashkil etadi.

Barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar   – 0 so’m
O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlari – 100 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS – 100 so’m
Internet, 1 MB 100 so’m

Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) 2280 so’m/daq.

Boshqa MDH mamlakatlariga 3280 so’m/daq.

Yevropaga 6820 so’m/daq.

Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 8840 so’m/daq.

Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10350 so’m/daq.

Amerika va Afrikaga 7830 so’m/daq.

Avstraliyaga 11370 so’m/daq.

Bitta xalqaro SMS xabar yo`llash 500 so’m

Sputnik aloqa

1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT
(kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.

2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya
(kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.

3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium
(kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.

4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD,
Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M

(kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.

• Smartfonlarda standart sozlamalar qo‘llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet trafik sarflanadi: tizim yangilanishlari, ilovalarni yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma’lumotlarini sinxronlash, shuningdek, tahliliy hisoblagichlar uchun. Asosiy internet trafik mavjud bo‘lmaganda, internet xizmati ishlamaydi va ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar hamda YouTube uchun trafikdan foydalanish imkoniyati abonentda asosiy internet trafik yoki hisobida mablag‘ paydo bo‘lgunga qadar to‘xtatiladi.
• Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va YouTube uchun taqdim etilgan GB ushbu xizmatlarning rasmiy ilovalaridan foydalanganda va ma’lum bir IP-manzillar to‘plami doirasida sarflanadi. Xizmatlarning egalari tomonidan IP manzillar o‘zgartirilganda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va “YouTube”ga aloqador bo‘lmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq asosiy internet-paket yoki asosiy hisobdan amalga oshiriladi (ushbu kategoriyaga smartfonning ilovalardan foydalanayotgan vaqtdagi operatsion tizim uchun trafik sarflanishi ham kiradi).
• Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va YouTube uchun bo‘lgan GB sarflanmaydi.
• Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
• Beeline TV (Telekanallar va Amediateka) ilovasidan cheksiz foydalanishni abonent to’lovi to’langanidan so’ng amalga oshirish mumkin. Ilovani yuklab olish uchun: «Beeline TV» – *6#.
• Yangi ulanganda yoki tarifga o’tganda oylik abonent to’lovining yechilishi va tarif bo’yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to’lovi yechilishi va tarif bo’yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig’ida (oyning birinchi sanasiga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi.
• Navbatdagi oylik abonent to’lovi to’lanishi kerak bo’lgan sanada abonent balansida yetarli mablag’ bo’lsa oylik abonent to’lovi yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi. Agarda abonent balansida bir oylik abonent to’lovi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa abonent to’lovi yechilmaydi va tarif bo’yicha belgilangan trafik taqdim etilmaydi. Ushbu holatda aloqa xizmatlari uchun to’lov tarif reja shartlariga asosan narxlanadi.
• Bir oylik abonent to’lovini to’lash uchun yetarli mablag’ jamlanishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik paketlar taqdim etiladi. Keyingi oylik abonent to’lovi yeсhilishi sanasi oxirgi abonent to’lovi yechilgan sanadan 1 oyga uzaytiriladi.
• Tarifda belgilangan oylik trafik qoldig’i amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi oyda taqdim etiladigan trafikga qo’shilmaydi.
• Tarif bo’yicha taqdim etilgan GB, daqiqa va SMSlarni faqatgina raqam faol holatda bo’lganida sarflash mumkin.
Internetdan foydalanganda avval tarif bo’yicha, so’ng internet paketlar bo’yicha trafik sarflanadi.
• Tarifga kiritilgan oylik paket tugagandan so’ng uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi.
• Tarifga kiritilgan paketlar taqdim etilgungacha internet, SMS va qo’ng’iroqlar narxlanishi tarif bo’yicha standart narxlar asosida amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, trafik sizga taqdim etilganiga ishonch hosil qiling.
• Abonent to’lovi yuqori bo’lgan tariflarga o’tilganda sarflanmay qolgan asosiy internet trafik qoldig’i saqlanib qolinadi va yangi tarif bo’yicha taqdim etiladigan asosiy internet trafikka qo’shiladi. Shuningdek amal qilish muddati so’nggi taqdim etilgan trafik muddatiga o’zgaradi. Tarif bo’yicha taqdim etilgan boshqa trafik (asosiy bo’lmagan GBlar, daqiqalar va SMSlar) qoldig’i kuyadi.
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun 421 so’m kunlik abonent to’lovi yechiladi. Shunda tarif bo’yicha oylik abonent to’lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to’lovi yechiladi va tarif bo’yicha yangi oylik limitlar taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi limitlar kuyadi. Keyingi abonent to’lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to’lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar oylik abonent to’lovi yechilishiga yetarli mablag’ bo’lmasa, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng abonent hisobida abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, hisobdan mablag’ yechilmaydi va yangi trafik taqdim etilmaydi. Avvalgi oydan qolgan tarif reja trafiki mavjud bo’lsa, uning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi.
Tarif rejalarda balans nolga teng yoki qarz holatida bo’lganda ham, abonentlar barcha mobil raqamlardan qo’ng’iroqlar va SMS-xabarlar qabul qilishi mumkin.
• O’zbekistonning chegara hududlarida (Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston, Qirg’iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag’ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo’limida “Beeline Uz” tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz.
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo’shgan holda amalga oshiriladi. Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
• Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag’larini zaxiraga olib qo’yadi, ya’ni balansdagi pul mablag’lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to’ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
• Agar abonentda internet-paket mavjud bo’lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo’lmasa (2 MBdan kam, , YouTube va PUBG uchun 5MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag’ mavjud bo’lsa). Zaxiralangan pul mablag’lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog’liq bo’ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to’langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag’lari ishlatish uchun ochiladi.
• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro’yxatdan o’tkazish uchun Abonent raqami faol holatida bo’lishi kerak.