Hurmatli mijozlar!
Bildirishnomalar2 Aprel
1 min.

Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish, modernizatsiya qilish va yangilash ishlarini olib bormoqda.
Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 3-aprel kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha aloqa sifati yomonlashishi kutilmoqda. Ushbu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda "Unitel" mijozlari uchun ovozli aloqa va internet xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin:
- Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida;
- Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida;
- Farg‘ona viloyatining Quva tumanida;
- Qashqadaryo viloyatining ayrim tumanlarida.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.
