Bosh sahifa/Xabarlar/riitm musiqa xizmati TAF mukofotida e’tirof etildi

riitm musiqa xizmati TAF mukofotida e’tirof etildi

Xabarlar
29 Oktyabr
2 min.
Main Event Image

riitm musiqa xizmati O‘zbekistonning yetakchi marketing festivali TAF Awards’da mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

riitm 2025-yilning bahorida yangi brend ostida ish boshladi va o‘zbekistonlik foydalanuvchilarga 30 milliondan ortiq trek va podkastlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Platforma algoritmlari ham global, ham mahalliy musiqa tendensiyalarini hisobga olgan holda shaxsiy tavsiyalarni shakllantiradi va ovoz sifati 320 kbit/s ga yetadi.

"riitm xizmatining rivojlanishi Beeline Uzbekistan raqamli ekotizimida foydalanuvchi tajribasini qayta ko‘rib chiqishimiz ramziga aylanmoqda. riitm — xalqaro darajadagi, ammo o‘zbek auditoriyasi didini chuqur anglagan mahalliy mahsulotdir. TAF va Jolbors mukofotlaridagi e’tirof jamoamizning professionalligi va salohiyatini tasdiqlaydi," - dedi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.

Avvalroq, sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan Jolbors festivalida riitm “Digital Design & Identity” yo‘nalishida bronza mukofotini qo‘lga kiritgan edi. Ilova test rejimida ishga tushirilganidan beri oyiga 80 ming foydalanuvchiga yetdi, tinglanayotgan treklarning yarmi o‘zbek tilidagi musiqalarga to‘g‘ri keladi.

riitm — millionlab treklar va podkastlarga kirish imkonini beruvchi raqamli musiqiy servis. Platforma foydalanuvchilarga shaxsiy tavsiyalar, yuqori sifatli ovoz va o‘zbek tilidagi lokal kontentni taklif etadi. Har bir foydalanuvchi o‘z pleylistini yaratishi, musiqiy didi bilan bo‘lishishi va reklamalarsiz onlayn tarzda musiqa tinglashi mumkin. riitm iOS va Android qurilmalari uchun mavjud, barcha mobil operatorlarda ishlaydi va bir nechta qurilmada bir vaqtda foydalanish imkonini beradi. Istalgan qurilmada va cheklovlarsiz qulay tarzda tinglang. riitm'ni App Store va Google Play orqali yuklab oling