Bosh sahifa/Xabarlar/Profilaktika ishlari

Profilaktika ishlari

Xabarlar
17 Aprel
2 min.
Main Event Image
Hurmatli abonentlar! Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish va yangilash ishlarini olib bormoqda. Shuni ma'lum qilamizki, 2023-yil 19-aprel kuni soat 05:30 dan 06:00 gacha barcha abonentlarda quyidagi turdagi operatsiyalar bo'yicha qisqa muddatli 20 daqiqagacha uzilishlar kuzatilishi mumkin: - Xizmatlarni yoqish/o'chirish, tarif rejani almashtirish; - Abonentlarni ulash/o'chirish; - Balansni to'ldirish; - Off-line rouming uchun hisobdan yechilishi; - Oxirgi 2 kunlik tafsilotlarni ko'rish; - Beeline Uzbekistan va Beepul ilovalariga ta'siri; - Maqsadli marketing dasturi bo'yicha bonuslarni taqdim etish; - Joriy kun uchun tafsilot ma'lumotlarni olish imkoni mavjud bo'lmaydi; - Shaxsiy kabinetni ishlatish, xizmatlarni yoqish/o'chirish, tarif rejani almashtirish,  SMS/USSD/WEB orqali ishonchli to'lov olish, tafsilotlarni olish, barcha balanslar haqidagi ma’lumot hamda so'nggi uch kunlik qo’ng’iroqlar tafsiloti bo'yicha ma'lumotlarni olish imkoni mavjud bo'lmaydi; Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Xorazm, Samarqand, Namangan, Jizzax, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi abonentlari uchun belgilangan vaqtda 20 daqiqagacha quyidagi turdagi operatsiyalar ishlamaydi: - Kontentni yetkazilishida imkoniyati bo'lmasligi, xizmatlarga obuna bo'lish/obunani bekor qilish so'rovlaridan foydalanish imkoni bo'lmaydi; - Axborotli SMS-xabarnomalarning kelmasligi, BeepCall, Avtoto’lov, tezlikni pasaytirish kabi eslatmalarning yetkazib berilishida kechikishlar; - Kontent raqamlariga SMS yuborilishida va xalqaro qo'ng'iroqlarda cheklovlar kuzatilishi; - GPRS sessiyalarida mavjud bo'lgan sessiyalardagi qisqa muddatli uzilishlar; - Qoldiqlar to'g'risida USSD ma'lumotlarni ko'rish imkoniyati bo'lmaydi. - Onlayn roumingdagi abonentlar uchun Internetni tariflashda qisqa muddatli kechikish 0 gacha narxlanishgacha. - Roumingdagi qo'ng'iroqlarda qisqa muddatli cheklovlar kuzatiladi; - Qo'ng'iroqlar va smslar bo'yicha cheklanishlar; - Kontentni yetkazilishida imkoniyati bo'lmasligi, xizmatlarga obuna bo'lish/obunani bekor qilish so'rovlaridan foydalanish imkoni bo'lmaydi; - Oylik abonent to'lovi yechilishi va bonuslarni taqdim etilishida kechikish bo'lishi mumkin. Ishlar tugagandan so'ng, narxlanish boshlanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so'raymiz.