Bosh sahifa/Xabarlar/Black Coffee’dan dunyo hunarmandlarigacha — Beeline Uzbekistan yirik tadbirlar chog‘ida uzluksiz aloqa ta’minladi

Black Coffee’dan dunyo hunarmandlarigacha — Beeline Uzbekistan yirik tadbirlar chog‘ida uzluksiz aloqa ta’minladi

Xabarlar
3 Noyabr
3 min.
Main Event Image

Beeline Uzbekistan shu yilgi kuz mavsumidagi ikki yirik madaniy tadbir — Xivadagi mashhur dijey Black Coffee konserti va III Xalqaro hunarmandchilik festivali (Qo‘qon) davrida tarmoqning uzluksiz ishlashini ta’minladi. Buning uchun kompaniya mutaxassislari tarmoq o‘tkazuvchanligini kuchaytirib, barcha mehmonlar va ishtirokchilar real vaqt rejimida o‘z taassurotlari bilan bo‘lisha olishlari uchun qulay sharoit yaratdi.

Xivadagi Black Coffee konserti vaqtida Beeline Uzbekistan “Arda Xiva” turistik majmuasida vaqtinchalik baza stansiyasini o‘rnatdi. Bu chora tarmoqning yuqori yuklama ostida ham barqaror ishlashini ta’minladi. Natijada yuklab olish tezligi 11,86 Mbit/s dan 131,45 Mbit/s gacha oshdi (469% o‘sish), bu esa foydalanuvchilarga katta auditoriya to‘planishiga qaramay uzluksiz aloqa imkonini berdi. Konsert kuni 4G tarmog‘i orqali taxminan 400 GB ma’lumot uzatildi — bu hajm messenjerlarda 100 ming daqiqalik videoqo‘ng‘iroqqa teng. Foydalanuvchilarning faolligi eng yuqori bo‘lgan paytlarda tarmoq yuklamasi soatiga 40 GB gacha yetdi.

“Black Coffee konserti yilning eng kutilgan tadbirlaridan biri bo‘ldi. Biz uchun shahar mehmonlari bayram muhitidan to‘liq zavq olishlari va bir vaqtning o‘zida aloqada qolishlari muhim edi. O‘tkazilgan texnik ishlar natijasida tarmoq yuqori yuklamaga bardosh berdi — foydalanuvchilar bemalol muloqot qilishdi, surat va videolarni joylashtirishdi. Biz Xiva aholisi va sayyohlar uchun qulay raqamli muhit yaratishga o‘z hissamizni qo‘sha olganimizdan mamnunmiz”, — dedi Xalbayev Erkin, G‘arbiy mintaqaviy filial texnik bo‘limi boshlig‘i (Nukus).

Qo‘qonda o‘tgan III Xalqaro hunarmandchilik festivali vaqtida esa, 70 dan ortiq mamlakatdan kelgan 300 ga yaqin ustalar va minglab mehmonlarni bir joyda to‘plagan tadbir davomida kompaniya ikki baza stansiyasini kuchaytirib, yangi sektor o‘rnatdi. Natijada yuklab olish tezligi 45,3 Mbit/s gacha oshdi va barcha ishtirokchilar hamda mehmonlar uchun barqaror internet aloqasi ta’minlandi. Tadbir kunida 4G tarmog‘i orqali 4479 GB ma’lumot uzatildi — bu hajm ijtimoiy tarmoqlarga 1,3 milliondan ortiq surat yuklashga teng. Eng yuqori yuklama paytida ko‘rsatkich soatiga taxminan 355 GB gacha yetdi. 

“Xalqaro hunarmandchilik festivali — bu mintaqamiz faxri. Tadbir kunlari tarmoq yuklamasi bir necha barobar ortadi, shu sabab jamoamiz oldindan texnik tayyorgarlik ko‘rdi va uskunalarni optimallashtirdi. Natijada Beeline Uzbekistan foydalanuvchilari hatto eng yuqori yuklama paytida ham uzluksiz aloqada bo‘lishdi”, — dedi Mirzabekov Yursunali, Farg‘ona texnik bo‘limi boshlig‘i.

«Biz yirik madaniy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda aloqa sifatiga alohida e’tibor beramiz, chunki bunday joylarda tarmoq yuklamasi ayniqsa yuqori bo‘ladi. Bizning maqsadimiz — Beeline Uzbekistan foydalanuvchilari bemalol qo‘ng‘iroq qilishlari, internetdan foydalanishlari, ijtimoiy tarmoqlarda foto va videolar ulashishlari va hech qanday uzilishlarni sezmasliklaridir. Biz yirik madaniy tadbirlarni yuqori darajada qo‘llab-quvvatlash uchun tarmoqni yanada mustahkamlashni davom ettiramiz», — dedi texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor Gediz Sezgin.

Beeline Uzbekistan ekstremal yuklama sharoitlarida ham sifatli mobil aloqa va yuqori tezlikdagi internetni ta’minlashda davom etadi. Kompaniya infratuzilmani rivojlantirish, qamrovni kengaytirish va innovatsion yechimlarni joriy etish yo‘nalishida tizimli ravishda investitsiyalar kiritmoqda, shunda foydalanuvchilar mamlakatning istalgan nuqtasida — yirik shaharlaridan tortib, turistik maskanlar va xalqaro madaniy maydonlargacha — uzluksiz aloqada bo‘lishlari mumkin.