GSMA M360 Eurasia 2025 spikerlari e’lon qilindi
Xabarlar
M360 Eurasia ilk bor Toshkentda 2025-yil 21-22-may kunlari bo‘lib o‘tadi va
bu mintaqaning raqamli transformatsiyaga sodiqligini ta’kidlaydi
2025-yil 14-may, London: GSMA M360 Eurasia xalqaro forumi ilk bor Toshkentda 2025-yil 21-22-may kunlari InterContinental Tashkent mehmonxonasida o‘tkaziladi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda forum homiysi - VEON Group tarkibidagi Beeline Uzbekistan ko‘magida tashkil etilmoqda. GSMA assotsiatsiyasi Yevroosiyoda raqamli aloqaning kelajagini shakllantirish maqsadida davlat idoralari vakillari va soha yetakchilarini birlashtiruvchi ushbu tadbirda ishtirok etuvchi yuqori martabali spikerlar ro‘yxatini tasdiqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov tadbirni VEON va Beeline Uzbekistan bosh direktorlari - Kaan Terziog‘lu va Andrey Pyataxin bilan birgalikda ochib beradi. Ular madaniyatlar, iqtisodiyotlar va g‘oyalarning o‘zaro aloqadorligi Yevroosiyoning global raqamli markazga aylanishini qanday tezlashtirishi mumkinligini muhokama qiladilar. Shuningdek, GSMAning yangi bosh direktori Vivek Badrinath ushbu lavozimdagi ilk rasmiy nutqi bilan ishtirok etishi kutilmoqda.
Ikki kun davomida ishtirokchilar generativ sun’iy intellekt, 5G texnologiyasi, ekologik barqaror qurilmalar ekotizimi va tarmoqlararo innovatsiyalarga bag‘ishlangan tematik sessiyalarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tasdiqlangan 40 dan ortiq spikerlar orasida quyidagilar bor: Azercell bosh direktori Zarina Zeynalova, u mintaqadagi raqamli kengayish mavzusini muhokamasini boshqaradi; Perfectum bosh direktori Dmitriy Shukov O‘zbekistonda avtonom 5G tarmog‘ini joriy etish haqida so‘z yuritadi; Qazcode bosh direktori Aleksey Sharavar esa generativ sun’iy intellektning agentga aylanish bosqichlari haqida fikr bildiradi.
Alohida sessiyalar ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarining xavfsiz va kengaytiriladigan tarmoqlarni ta’minlashdagi roli, yangi arxitekturalar, avtonom tarmoqlar va mintaqadagi raqamli kirishni kengaytiruvchi strategik hamkorliklarga bag‘ishlanadi.
M360 Eurasia 2025 uchun ro‘yxatdan o‘tish allaqachon boshlangan — biz soha mutaxassislari, texnologiya yetakchilari va davlat idoralari vakillarini ishtirok etishga taklif qilamiz. OAV vakillari press-pas olish uchun ro‘yxatdan o‘tish shakli orqali ariza topshirishlari yoki quyidagi manzil orqali matbuot xizmatiga murojaat qilishlari mumkin: pressoffice@gsma.com.
GSMA M360 tadbirlari seriyasi mintaqaviy mobil ekotizimni birlashtirib, innovatsiyalarni ilgari surishga, mavjudmuammolarga yechim topishga va barqaror biznes modellari hamda ijtimoiy o‘zgarishlar uchun zamin yaratishga xizmat qiladi.
MWC seriyasidagi tadbirlar 2025-yilgi birinchi konferensiya — MWC25 Barcelona bilan boshlandi. Keyingi tadbir — MWC25 Shanghai bo‘lib, u 2025-yil 18–20-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Yana bir muhim tadbir — MWC25 Doha — 2025-yil 25–26-noyabr kunlari Qatarda o‘tkaziladi. Ushbu tadbir sanoat yetakchilari, siyosatchilar va innovatorlarni bir joyga to‘plab, Yaqin Sharq va undan tashqarida yangi avlod raqamli jamiyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Seriyadagi boshqa tadbirlar qatoriga MWC25 Las Vegas va MWC25 Kigali ham kiradi.