“hambi”da Yangi yilgi komissiyasiz o‘tkazmalar
Xabarlar
Yangi yil bayramlarida hambi yangi foydalanuvchilarga maxsus bonus taqdim etadi. Ilovani yuklab oling, hambi pay bo‘limiga o‘tib, ro‘yxatdan o‘ting, kartani qo‘shing va 30 kun ichida 100 mln so‘mgacha komissiyasiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring. Bu yilni manfaatli moliyaviy yechimlar bilan boshlashning qulay usuli.
Do‘stlaringiz va yaqinlaringizga aksiya haqida so‘zlab bering, ular ham yangi foydalanuvchilar uchun imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Kartadan kartaga komissiyasiz o‘tkazmalar limiti quyidagi hollarda taqdim etiladi:
• “hambi pay”da yangi foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazishda;
• unikal kartani qo‘shishda*;
• tarif rejasi yoki boshqa takliflar (yarmarka, BEEP almashtirish) bo‘yicha faol limitlar mavjud bo‘lgan taqdirda, WELCOME BONUS bo‘yicha limit oxirgi bo‘lib qo‘llaniladi;
• agar tarif rejasi yoki boshqa bonuslar bo‘yicha limitlar qisman foydalanilgan bo‘lsa, qolgan o‘tkazmalar summasi WELCOME BONUS hisobidan yechib olinadi.
* Limit: 30 kunga 100 000 000 so‘m
* Karta qo‘shilgandan keyingi cheklov: kuniga 3 000 000 so‘mgacha, xavfsizlik maqsadida dastlabki 3 kun davomida amal qiladi
* Unikal karta: hambi pay tizimida so‘nggi 90 kun davomida tranzaksiyalar amalga oshirilmagan bank kartasi
Yangi yil aksiyasi 2025-yil 16-dekabrdan 31-dekabrgacha (shu kuni ham) amal qiladi.
