Bosh sahifa/Xabarlar/SMS yuborishdagi raqamning to‘g‘ri formati haqida eslatma

SMS yuborishdagi raqamning to‘g‘ri formati haqida eslatma

Xabarlar
10 Fevral
1 min.
Main Event Image

Hurmatli mijozlar!

Eslatib o‘tamiz, SMS xabaringizni qabul qiluvchiga muvaffaqiyatli yetib borishi uchun xalqaro telefon raqami formatidan foydalanish muhim. 
To‘g‘ri format quyidagicha ko‘rinishga ega: +998 (operator kodi) (abonent raqami)

To‘g‘ri format namunalari:

• +998 90 (yoki 91) *** ** ** (Beeline) 
• +998 93 (94 yoki 50) *** ** ** (Ucell) 
• +998 99 (95 yoki 77) *** ** ** (Uzmobile) 
• +998 97 (87 yoki 88) *** ** ** (Mobiuz) 
• +998 33 *** ** ** (Humans) 
• +998 20 *** ** ** (OQ) 
• +998 98 *** ** ** (Perfectum)

SMS yuborishda aynan shu formatdan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling. Bu xabaringiz manzilga tez va aniq yetib borishini kafolatlaydi.