Bosh sahifa/Xabarlar/Beeline Uzbekistan HR sohasida innovatsiyalar uchun EMBRAS 2025 mukofotiga sazovor bo‘ldi

Beeline Uzbekistan HR sohasida innovatsiyalar uchun EMBRAS 2025 mukofotiga sazovor bo‘ldi

Xabarlar
17 Oktyabr
2 min.
Main Event Image

Beeline Uzbekistan Employer Brand Award & Summit EMBRAS 2025 mukofotida «Innovatsiyalar» nominatsiyasida g‘oliblar qatorida e’tirof etildi. Kompaniya ichki HR hujjatlari bilan ishlashni to‘liq raqamli formatga o‘tkazgan kadrlar elektron hujjat aylanishi (KEDO) tizimini joriy etgani uchun mukofot oldi.

E’tirof etilgan tashabbuslar qatorida — Beeline Uzbekistan tomonidan kadrlar elektron hujjat aylanilishi tizimini joriy qilish loyihasi. Elektron raqamli imzo E-Imzo orqali elektron hujjat aylanilishi tizimi Beeline Uzbekistan HR jarayonlarining ajralmas qismiga aylandi, bu esa ishga qabul qilishdan to ishdan bo‘shatishga qadar bo‘lgan barcha bosqichlarda qonuniylik, shaffoflik va qulaylikni ta’minlaydi. Endi xodimlar kadrlar hujjatlarini onlayn, istalgan vaqtda va istalgan joydan imzolashlari mumkin, bu esa xodimlarning tezkorligi va faolligini sezilarli darajada oshirdi.

Tizimning ilk yili davomida 16 000 dan ortiq kadr hujjatlari raqamli formatga o‘tkazildi va ularni imzolashning o‘rtacha muddati besh kundan bir ish kuniga qisqartirildi. Hozirda hujjatlarning 95% online tarzda rasmiylashtirilmoqda, bu esa kompaniyaga qog‘oz iste’molini 70%ga kamaytirish va yetkazib berishda taxminan 30 million so‘mni tejash imkonini berdi. Shuningdek, kompaniyaning ichki tadqiqotlariga ko‘ra, loyiha sezilarli ekologik ta’sir ko‘rsatdi: qog‘oz hujjat aylanishidan voz kechish orqali bir yil ichida 257 ming litr suv, 1 300 kVt/soat elektr energiyasi tejaldi va 129 kg CO₂ chiqarilishi oldindan to‘xtatildi.

«Elektron hujjat aylanilishi HR jarayonlarini raqamlashtirishda muhim qadam bo‘ldi. Biz xodimlarga qog‘oz formalitetlariga vaqt sarflamaslik uchun qulay va shaffof tizim yaratishga intilamiz. Shu tariqa, bu loyiha nafaqat ichki jarayonlarni optimallashtirdi, balki xodimlarning faoliyatini oshirdi va HR servislar bilan hamkorlikni sodda va tushunarli qildi. Employer Brand Award mukofoti biz to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilishimizni tasdiqlaydi», — dedi Beeline Uzbekistan xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direktor Sofia Gaynutdinova.

Loyiha BPM (Business Process Management) yondashuvi asosida amalga oshirildi va Beeline Uzbekistan’ning yagona raqamli ekotizimni yaratish va barcha jarayonlar tez, shaffof va qulay bo‘lgan qog‘ozsiz ofis madaniyatini shakllantirish strategiyasining bir qismiga aylandi. Beeline Uzbekistan tajribasi shuni ko‘rsatadiki, elektron hujjat aylanishiga o‘tish zamonaviy HR strategiyasining ajralmas qismi va operatsion samaradorlikni oshirishning asosiy omillaridan biriga aylanmoqda.

EMBRAS mukofoti ish beruvchi brendi sohasidagi nufuzli xalqaro mukofot bo‘lib, kompaniyalarni ish beruvchi brendini rivojlantirish va HR sohasidagi eng muvaffaqiyatli HR loyihalari, dasturlari va tashabbuslari uchun taqdirlaydi.