Beeline Uzbekistan, SES va UzSAT sun’iy yo‘ldosh aloqasi istiqbollarini o‘rganish maqsadida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzoladi
Xabarlar
Beeline Uzbekistan, New Skies Satellites B.V. (SES) va UzSAT kompaniyalari Bryusselda O‘zbekiston hududida sun’iy yo‘ldosh aloqasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandum (MoU) ni imzoladi.
Hujjat tomonlarning sun’iy yo‘ldosh texnologiyalaridan foydalanish orqali aloqa imkoniyatlarini kengaytirish va mamlakatda raqamlashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni o‘rganish niyatini aks ettiradi.
“Beeline Uzbekistan mamlakatda raqamli transformatsiyaning ishonchli hamkori bo‘lib qolmoqda. Biz aloqa rivojiga, raqamli inklyuziyani kengaytirishga va natijada mijozlarimiz hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga intilamiz”, — dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin.
Memorandum imzolanishi tomonlarning innovatsiyalar, modernizatsiya va barqaror rivojlanish sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan intilishini ifodalaydi. Ushbu hujjat 2025-yil 21-oktabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida belgilangan choralar — sun’iy yo‘ldosh texnologiyalarini joriy etish va mamlakatning olis hududlarida aloqa tizimini rivojlantirish — ning mantiqiy davomi bo‘ldi.