Bosh sahifa/Xabarlar/hambi fortuna plus yangilanmoqda: foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar!

hambi fortuna plus yangilanmoqda: foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar!

25 Fevral

Xabarlar
Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline

2025-yil 11-martdan boshlab “hambi fortuna plus”da xizmatni yanada qiziqarli va manfaatli qiladigan yangilanishlar kuchga kiradi:

Trafikni ikki baravar oshirish: 600 MB, 1000 MB va 2000 MB internet paketlarini yutib oling.

Kartalar o‘rtasidagi foizsiz o‘tkazmalar uchun limitlar - “Moliya” bo‘limida barcha foydalanuvchilarga qulaylik va manfaat. Sovrinlarni qo‘lga kiriting va 30 kun davomida 3 000 000 so‘m, 5 000 000 so‘m miqdorida P2P o‘tkazmalaridan foydalaning!

Xizmatda “BeeMarket”dan texnika xarid qilishda chegirma shaklidagi yutuqlar ko‘rinadi. Chegirmalar ikki turga bo‘linadi: 300 000 so‘mlik “Silver” va 500 000 so‘mlik “Gold”. Chegirma summasi mahsulotlar ro‘yxatidan tanlangan savatchadagi bitta mahsulotga qo‘llaniladi - Silver; Gold.

Muloqot uchun daqiqa va SMS paketlari - ko‘proq bonuslar va yoqimli sovg‘alar: 500 daqiqa + 500 SMS yaqinlaringiz bilan suhbatlashish uchun ajoyib fursat.

Taqdim etilayotgan imkoniyatlarning kengayishi va bonuslar hajmining oshishi munosabati bilan aylantirish narxi 1490 so‘mni tashkil etadi.

Yangi imkoniyatlarni sinab ko‘rish va ajoyib sovrinlarni yutib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Barcha o‘zgarishlar 2025-yil 11-martdan boshlab kuchga kiradi.

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin