Bosh sahifa/Xabarlar/Balans nol bo‘lsa ham – cheklovlarsiz foydalaning.

Balans nol bo‘lsa ham – cheklovlarsiz foydalaning.

Xabarlar
12 Noyabr
1 min.
Main Event Image

Endilikda hambi, Beepul, KINOM va riitm ilovalaridan raqamingiz balansi nol yoki salbiy holatda bo‘lganda ham foydalanishingiz mumkin.

Abonent to‘lovini to‘lashga ulgurmagan bo‘lsangiz ham, internet-trafigi tugagan yoki balansingizda yetarli mablag‘ bo‘lmasa ham, sevimli xizmatlaringizdan bemalol foydalanishda davom etishingiz mumkin:

•  balansni tekshirish va to‘ldirish;
•  to‘lovlar va o‘tkazmalarni amalga oshirish;
•  film va seriallarni tomosha qilish;
•  musiqa tinglash;
•  boshqa mavjud funksiyalardan foydalanish.

Biz sizning qulayligingiz haqida qayg‘uramiz va xizmatlarimizdan foydalanishni yanada osonroq qilishga intilamiz. Beeline bilan aloqada bo‘ling va sevimli ilovalaringizdan istalgan vaqtda bahramand bo‘ling!

Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin