Bosh sahifa/Xabarlar/Beeline Uzbekistan yana bir bor dunyoning eng yaxshi ish beruvchilari qatorida — Top Employer 2025

Beeline Uzbekistan yana bir bor dunyoning eng yaxshi ish beruvchilari qatorida — Top Employer 2025

Xabarlar
26 Avgust
2 min.
Main Event Image

Beeline Uzbekistan ketma-ket ikkinchi yil nufuzli xalqaro Top Employer 2025 sertifikatiga sazovor bo‘ldi. Bu mukofot kompaniyaning xodimlarni boshqarishdagi yuksak yutuqlari hamda mehnat sharoitlari va kadrlar rivojini ta’minlashdagi yuqori standartlarini tasdiqlaydi.

Top Employer 2025 sertifikati Beeline Uzbekistan’ning xodimlarni boshqarishda xalqaro standartlarga sodiqligini va eng yaxshi rivojlanish sharoitlarini yaratish yo‘lidagi intilishini ko‘rsatadi. Kompaniya uchun inson eng katta boylik hisoblanadi, shuning uchun zamonaviy HR-amaliyotlar faol tatbiq etilmoqda — HR-jarayonlarni raqamlashtirish va KPI’larni avtomatlashtirishdan tortib, kompetensiya modellaridan foydalanish, inklyuziya va xilma-xillikni rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishgacha. Bugungi kunda Beeline Uzbekistan mamlakatimizda telekom va raqamli sohada ushbu xalqaro maqomga ega bo‘lgan yagona kompaniya hisoblanadi.

Top Employer sertifikati ilg‘or HR amaliyotlarini tan olish sohasida global nufuzga ega bo‘lgan mustaqil Top Employers Institute tomonidan o‘tkaziladi. 2025-yilda u 125 mamlakat va mintaqadagi 2400 dan ortiq tashkilotni sertifikatlab, 13 milliondan ortiq xodim uchun qulay va samarali ish muhitini yaratishga hissa qo‘shdi. Sertifikatlash ish beruvchilarni beshta asosiy yo‘nalish bo‘yicha kompleks baholashga asoslanadi: strategiya va yetakchilik (Steer), tashkilot va ish muhiti (Shape), ish beruvchi brendi va iste’dodlarni jalb qilish (Attract), xodimlarni rivojlantirish va karyera imkoniyatlari (Develop), shuningdek, xodimlarning ishtiroki va farovonligi (Engage).

"Biz uchun ketma-ket ikkinchi yil Top Employer maqomini olish xodimlarimizga g‘amxo‘rlik qilish, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish strategik ustuvor vazifa bo‘lib qolayotganining tasdig‘idir. Biz yangi darajadagi ish beruvchi bo‘lishga intilmoqdamiz - nafaqat keng karyera imkoniyatlarini ochadigan, balki hurmat, xilma-xillik va jasur g‘oyalar qadrlanadigan ilhomlantiruvchi madaniyatni shakllantiradigan kompaniya bo‘lishni maqsad qilganmiz. Ushbu maqom bizni insonlarga va ularning kelajagiga sarmoya kiritishda hamda oldinga intilishda yanada rag‘batlantiradi", — dedi Sofiya Gaynutdinova, Beeline Uzbekistan xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direktor.

Bugungi kunda Beeline Uzbekistan jamoasi 2 000 dan ortiq xodimni o‘z ichiga oladi. Kompaniyaning korporativ madaniyati ochiqlik, jamoaviylik va yangilikka intilish tamoyillariga asoslangan. Doimiy ravishda o‘tkaziladigan taunhollar, faol fikr-mulohaza tizimi va korporativ tadbirlar hurmat va natijaga yo‘naltirilgan ijobiy muhitni shakllantirmoqda.

Beeline Uzbekistan yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratadi. "Bee Generation" dasturi 2025-yilda o‘zining 18-mavsumini o‘tkazmoqda. U talaba va bitiruvchilarga pullik amaliyot hamda qimmatli tajriba taqdim etadi. Dastur ishtirokchilarining 45% dan ortig‘i kompaniyada martabasini davom ettirmoqda, bu esa "Bee Generation"ni mamlakatdagi yosh mutaxassislarni rivojlantirish bo‘yicha eng samarali loyihalardan biriga aylantiradi.

Kompaniya izchil ravishda inklyuziv korporativ madaniyatni rivojlantirmoqda. 2025-yil may oyida Beeline Uzbekistan inklyuziv bandlikni rivojlantirishdagi hissasi uchun maxsus mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu O‘zbekistonda o‘z turidagi ilk mukofot bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun inklyuziv ish o‘rinlari yaratishga va ularni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shilgan hissani e’tirof etadi.