Bosh sahifa/Xabarlar/Beeline Uzbekistan inklyuziv ish beruvchi maqomini oldi

Beeline Uzbekistan inklyuziv ish beruvchi maqomini oldi

Xabarlar
5 May
2 min.
Main Event Image

Beeline Uzbekistan inklyuziv bandlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun maxsus mukofot bilan taqdirlandi. Mukofot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilgan “Inson uchun” marosimida topshirildi.

Bu O‘zbekistondagi birinchi mukofot bo‘lib, u inklyuziv ish o‘rinlarini yaratish va nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun kompaniyalarga beriladi.

Mukofot kompaniyaning inklyuziv muhitni rivojlantirishga tizimli yondashuvining tasdig‘i bo‘ldi. Beeline Uzbekistan gender muvozanati, nogironligi bo‘lgan va neyro xilma-xilligi bo‘lgan odamlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, madaniy, irqiy va yosh xilma-xilligiga qaratilgan DE&I (xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik) tamoyillariga amal qiladi.

“Beeline Uzbekistan’da inklyuziya — bu shunchaki DE&I strategiyasining bir qismi emas, balki korporativ madaniyatimizning muhim bo‘lagi. Biz har bir xodim, ularning jismoniy yoki ijtimoiy xususiyatlaridan qat’i nazar, o‘zini qadrlangan va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘lgan ish muhitini yaratamiz,” — deya izoh berdi Beeline Uzbekistan’ning xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo’yicha director Sofiya Gaynutdinova.

Bundan tashqari, Beeline barcha xodimlar uchun tenglik va inklyuziya bo‘yicha majburiy o‘quv kurslarini tashkil etadi hamda ayollar yetakchiligini faol qo‘llab-quvvatlagan holda rivojlanish uchun teng imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, ayollar uchun STEM yo‘nalishlarida (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashga imkon beruvchi qayta kasbga yo‘naltirish dasturiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu dastur doirasida Beeline’dagi ayol xodimlar kompaniya yordami bilan yangi malakalarni egallab, kasbiy o‘sishning yangi ufqlarini ochadilar.

2024 yilda Beeline Uzbekistan tomonidan jahon darajasidagi ilg‘or HR-amaliyotlariga sodiqligi va inklyuziv, qo‘llab-quvvatlovchi ish muhitini yaratish borasidagi sa’y-harakatlari xalqaro miqyosda tan olindi. Xalqaro Top Employers Institute tashkiloti Beeline Uzbekistan’ni — xalqaro VEON telekommunikatsiya xoldingining bir qismi bo‘lgan — inson resurslarini boshqarishdagi yutuqlari hamda xodimlar uchun yuqori standartdagi ish sharoitlari va rivojlanish imkoniyatlari uchun yetakchi ish beruvchi sifatida sertifikatladi. Kompaniya Markaziy Osiyoda raqamli servislar bilan faoliyat yurituvchi ilk telekom operator sifatida Top Employer maqomini olgan va 2025 yilda bu natijani yana takrorlagan.

Biz jozibador ish beruvchi sifatida qolishimiz va jamoamiz qadriyatlarini yaratishimiz uchun mehnat sharoitlarini yaxshilash va xodimlarni qo‘llab-quvvatlash ustida ishlashni davom ettiramiz.