Beeline Uzbekistan ayollar yetakchiligi sohasidagi “Tenglar ichida yetakchi” mukofotini qo‘llab-quvvatladi
Xabarlar
“Kursiv” ishbilarmonlik nashri tomonidan tashkil etilgan “Tenglar orasida yetakchi” taqdirlash marosimi 14-dekabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.
Beeline Uzbekistan O‘zbekistonda ayollar va gender tengligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yaxshi loyiha va tashabbuslar uchun “Tenglar ichida yetakchi” ayollar yetakchiligi sohasidagi birinchi mukofotning hamkori sifatida ishtirok etdi. Tanlovda korxona va kompaniyalarning faol vakillari hamda Markaziy Osiyoda ayollar huquqlarini himoya qiluvchi, ayollar yetakchiligini rivojlantirayotgan jamoat arboblari ishtirok etdi.
John Deere kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy dileri marketing bo‘limi boshlig‘i Leyla Allayorova 2023-yilda “Qishloq xo‘jaligida tenglar ichida yetakchi” deb topildi.
"Ishlab chiqarishda tenglar ichida yetakchi" mukofotini “Zebra Jalyuzi” kompaniyasining savdo bo‘limi boshlig‘i Yana Dadeush oldi.
FDG Group operatsion direktori Venera Xadeeva "Qurilishda tenglar ichida yetakchi" deb topildi.
Payme marketing direktori Nodira Shermatova “Moliya bo‘yicha tenglar ichida yetakchi” bo‘ldi.
“AKT sohasida tenglar ichida yetakchi” mukofoti Uzum Market katta huquqshunos-konsultanti Nargiza Soipovaga topshirildi.
Korzinka savdo tarmog‘i ayollarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratish bo‘yicha tashabbusi uchun "Ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yaxshi korporativ loyiha" sifatida tan olindi.
Wonder Woman hamjamiyat jamoasi "Ayollarni biznesda rag‘batlantirish bo‘yicha eng yaxshi tashabbus" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
“SABR” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish markazi “O‘zbekiston ayollarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yaxshi loyiha” deb topildi.
“Ayollar uchun eng yaxshi xalqaro tashabbus” BMT jamgʻarmasining “Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaradosh hududlarida hamkorlik orqali umumiy farovonlik” loyihasi boʻldi.
Bundan tashqari, “Business Woman” ayollar tadbirkorlik maktabi, “Woman Up Team University” va “Care CSR” dasturi uchun “Kursiv” biznes-nashrining maxsus mukofotlariga sazovor bo‘ldi.
“Beeline Uzbekistan’da biz jamoamizning har bir a’zosiga alohida e’tibor qaratamiz, ularning professional rivojlanishiga sarmoya kiritishga intilamiz. Bizning ushbu mukofotni qo‘llab-quvvatlaganimiz teng imkoniyatlar yaratish va hamkasblarimizning iste’dodini e’tirof etish yo‘lidagi yana bir qadamimizdir”, — deya ta’kidlaydi Beeline Uzbekistan xodimlarni boshqarish, tashkiliy rivojlantirish va ma’muriy qo‘llab-quvvatlash bo‘limi direktori Sofiya Gaynutdinova.
Avvalroq kompaniya O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda axborot texnologiyalari sohasida ishlayotgan va biznes yurituvchi ayollarni birlashtirgan ayollarning IT-startaplarini qo‘llab-quvvatlash Tumaris.Tech dasturining titul hamkori sifatida ham faoliyat yuritgan. Kompaniya ko‘magida Markaziy Osiyodan 500 nafar yosh dasturchi ayollarni birlashtirgan keng ko‘lamli tadbir — xakaton o‘tkazildi.
“Kompaniyamiz ayollarni faol qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish madaniyatini shakllantirmoqda. Biz kompaniyamizda har bir xodimamiz o‘z professional salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va o‘sishi uchun sharoit va muhit yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib olganmiz. Bu falsafa “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish bo‘yicha Milliy strategiya”ga mos keladi, — deya izoh berdi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrzej Malinowski.