Bosh sahifa/Xabarlar/Tarixiy rekord va keng ko‘lamli tarmoq modernizatsiyasi: Beeline Uzbekistan aloqa sifatining yangi bosqichi haqida

Tarixiy rekord va keng ko‘lamli tarmoq modernizatsiyasi: Beeline Uzbekistan aloqa sifatining yangi bosqichi haqida

Xabarlar
7 Oktyabr
3 min.
Main Event Image

Yil boshidan beri Beeline Uzbekistan e’tiborga loyiq natijalarga erishdi: tarmoq ma’lumotlar uzatish bo‘yicha yangi tarixiy rekordni qayd etdi, keng ko‘lamli infratuzilma yangilanishi esa millionlab foydalanuvchilar uchun barqaror aloqani ta’minlab, kompaniyaning xalqaro miqyosdagi yetakchiligini mustahkamladi.

14 sentabr kuni 4G/LTE tarmog‘ida kunlik ma’lumot uzatish hajmi 4 petabayt (PB) — ya’ni 4 000 000 gigabaytga yetdi. Bu hajm taxminan 1,3 million soatlik HD-video tomosha qilish yoki 100 millionta yuqori sifatli surat yuklab olish imkonini beradi. Bu natija Beeline Uzbekistan tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, abonentlarning raqamli xizmatlar va mobil internetga bo‘lgan ehtiyoji ortib borayotganini ko‘rsatadi.

2023 yil 8 mart kuni ham shunga o‘xshash rekord qayd etilgan edi — o‘shanda digital-operator mijozlari bir sutkada 2 000 000 gigabayt hajmdagi ma’lumotni yuklab olgan va uzatgan. Shunday qilib, ikki yil ichida o‘sish deyarli ikki baravarni tashkil etdi.

Aloqa sifatining barqarorligini ta’minlash va tarmoqni yuklama ortishiga tayyorlash maqsadida kompaniya keng ko‘lamli tarmoq yangilash dasturini amalga oshirdi. 2025 yil boshidan beri 404 ta baza stansiyasi to‘liq modernizatsiya qilindi, 329 ta yangi obyekt ishga tushirildi. Transport tarmog‘ining sig‘imi sezilarli darajada oshirildi, SMS-markaz esa ikki baravar yuqori quvvat bilan yangidan yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda har to‘rtinchi qo‘ng‘iroq VoLTE texnologiyasi orqali amalga oshirilmoqda — bu esa foydalanuvchilarga tezroq ulanish va yanada tiniq ovoz sifatini ta’minlaydi.

“Ma’lumot uzatish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar, VoLTE texnologiyasining ommalashuvi va tarmoqning keng ko‘lamli modernizatsiyasi — bu shunchaki texnik yutuqlar emas. Bu mamlakatning raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlarning natijasidir. Foydalanuvchilar xizmatlar sifatini yuqori baholayotganidan va xalqaro mutaxassislar bizning yutuqlarimizni e’tirof etayotganidan mamnunmiz. 2025 yilning birinchi yarmida Beeline Uzbekistan Ookla versiyasiga ko‘ra “Eng sifatli mobil video” mukofotiga sazovor bo‘ldi, shuningdek, Opensignal ma’lumotlariga ko‘ra “Yuklab olish tezligi” va “Barqaror sifat” nominatsiyalarida g‘olib chiqdi. Bu e’tiroflar biz to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilayotganimizni, millionlab O‘zbekiston aholisi uchun zamonaviy va ishonchli raqamli imkoniyatlarni yaratishda davom etayotganimizni ko‘rsatadi”, — dedi Beeline Uzbekistan’ning texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha direktori Gediz Sezgin.

Trafik hajmidagi o‘sish barqaror sur’atda davom etmoqda. 2025 yil yanvar–avgust oylarida ma’lumot uzatish hajmi 844 PB ga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25,2% ko‘pdir. So‘nggi uch yil ichida trafik iste’moli hajmi ikki baravardan ziyod oshdi — 2022 yildagi 353 PB dan 2025 yilda 844 PB gacha.

Farg‘ona, Toshkent, Andijon, Qashqadaryo va Samarqand barcha trafikning 63 foizini ta’minlagan holda internetdan eng ko‘p foydalanuvchi hududlar beshligiga kirdi. Shu bilan birga, Urganch, Navoiy va Sirdaryo eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Mamlakatning yirik hududlarida — Farg‘ona, Toshkent, Andijon, Qarshi va Namangan shaharlarida tarmoqdagi eng yuklangan baza stansiyalarining 20 foizi joylashgan bo‘lib, bu qariyb 1040 ta obyektni tashkil etadi. Aynan shu hududlarda foydalanuvchilar trafikining eng katta hajmi qayd etilmoqda va kompaniya maksimal yuklama sharoitida ham barqarorlik va yuqori aloqa sifatini ta’minlamoqda.