Bosh sahifa/Xabarlar/Beeline TV EURO 2024 bo‘yicha 4 million tomosha to‘pladi

Beeline TV EURO 2024 bo‘yicha 4 million tomosha to‘pladi

31 Iyul

Xabarlar
Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline

Beeline TV-da 2024-yilgi futbol bo‘yicha Yevropa chempionati o‘yinlarining translyatsiyasini 4 million martadan ortiq tomosha qilishdi.

14-iyundan 14-iyulgacha Germaniyada EURO 2024 bo‘lib o‘tdi va Beeline TV Zo‘r TV telekanalida ushbu keng ko‘lamli sport tadbirini namoyish etdi. Tomosha qilish uchun qo‘shimcha to‘lov talab qilinmadi, faqat Beeline TV ilovasida ro‘yxatdan o‘tish kifoya edi.

Tomoshalar 260 mingdan ortiq qurilmalar orqali amalga oshirilgan. Eng ko‘p futbol muxlislari hamda tomoshabinlar soni bo‘yicha yetakchilar — Toshkent, Buxoro va Urganch shaharlari. Umumiy tomosha vaqti 800 ming soatdan oshdi, bu o‘rtacha bitta qurilmada taxminan 3 soatni tashkil qiladi.

Ayni paytda Beeline TV yana bir yirik sport tadbiri — 26-iyuldan 11-avgustgacha Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarini ham Sport telekanalida translyatsiyani taklif qilmoqda. Servis foydalanuvchilarga milliy jamoani qo‘shimcha to‘lovsiz qo‘llab-quvvatlash va musobaqalarni nafaqat jonli efirda, balki o‘zlari uchun qulay vaqtda ham kuzatish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi. Buning uchun ilovada ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Bundan tashqari, ilovada 100 dan ortiq kanallar, jumladan, yangiliklar, ma’rifiy, ko‘ngilochar, sport, kino va seriallar mavjud. Beeline TV’da beshta kinoteatr kontenti: START, PREMIER, Amediateka, Megogo, IVI, shuningdek, "O‘zbekkino"ning ulkan kutubxonasi va bolalar uchun rus va o‘zbek tillarida keng qamrovli kontent, shu jumladan ko‘ngilochar va rivojlantiruvchi multfilmlar va videolar, multseriallar va bolalar uchun filmlar mavjud. Bularning barchasi trafik sarfisiz va reklamasiz amalga oshiriladi. Xizmatning yana bir qulayligi — digital operator mijozlari uchun, tarif rejasidan qat’i nazar, Beeline TV ilovasidagi trafik narxlanmaydi va megabaytlar sarflanmaydi.

Beeline TV ilovasi ko‘ngilochar ilovalar reytingida yuqori pog‘onalarni egallab turibdi. Google Play’da "Entertainment" bo‘limida u bepul ilovalar orasida 2-o‘rinda, Apple Store’da esa xuddi shu bo‘limda 6-o‘rinda turadi. Beeline TV Kinopoisk, VK Video va Netflix kabi mashhur ilovalardan oldinda bo‘lib, u foydalanuvchilar orasida katta qiziqish va talabga ega ekanligini tasdiqlaydi.

"EURO 2024 va Olimpiya o‘yinlari kabi yirik tadbirlarning translyatsiyasini qulay tomosha qilish imkoniyatini taqdim etuvchi Beeline TV, foydalanuvchilarni xursand qilishda davom etmoqda. Biz obunani to‘g‘ridan-to‘g‘ri balansdan to‘lash va sevimli filmlar, seriallar va sport tadbirlarini tomosha qilish uchun cheksiz internet-trafikdan foydalanish, beshtagacha qurilmaga ulanish imkoniyatini taqdim etamiz, bu esa tomosha qilishni yanada qulay va ommabop qiladi", — deya qo‘shimcha qildi Beeline Uzbekistan tijoriy direktori Maksim Yefremov.

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin