Beeline Uzbekistan” digital-operatori uchun bahor 4G-rekord bilan boshlandi

2023-yilning 8-martida “Beeline Uzbekistan” 4G/LTE tarmog‘ida ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi. Bayram kuni raqamli operator mijozlari LTE tarmog‘ida 2 300 000 gigabaytdan ortiq tabriklar, fotosuratlar, videolar va boshqa fayllarni yuklab olishdi. 2022-yilda operator tarmog‘ida ma’lumotlar uzatishning umumiy hajmi kuniga 2,3+ PT ga yetdi va bir yil ichida trafikni ikki baravarga oshirdi. Endi bu tarmoq kundalik ravishda qayta ishlaydigan ma’lumotlarning standart miqdoridir.

Beeline Uzbekistan’da 4G orqali uzatilgan va qabul qilingan ma’lumotlarning 2 Petabaytlik belgisi birinchi marta 2023-yil 8-martda qayd etilgan. Bu digital-operator tarmog‘ida ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlarining yangi muhim ko‘rsatkichidir.

“Kompaniya uchun 2021-yil dekabr oyidagi rekord kuniga jami 1 Petabaytni tashkil etdi. 2022-yilning dekabr oyida, atigi uch oy oldin bu ko‘rsatkich 100 foizdan ko‘proqqa oshgan. Endi esa bu trafik faqat 4G/LTE orqali. Bu aloqa infratuzilmasiga katta sarmoya kiritilishi, LTE tarmog‘ining kengayishi va “Beeline Uzbekistan” mijozlari uchun tariflarga moslashuvchan yondashuv tufayli O‘zbekiston uchun yangi me’yorga aylanib bormoqda”, — dedi “Beeline Uzbekistan” texnik direktori Mahmudjon Nodirov.

O‘zbekistonda 4G tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlar texnik infratuzilmani rivojlantirishga sarmoya kiritishda davom etayotgan Beeline Uzbekistan uchun #4GforAll tamoyilini amalga oshirishning davomi hisoblanadi. 2022-yilning o‘zida 4G tarmog‘ining qamrovi 16 foizga oshdi va mamlakat aholisining 78 foizini qamrab oldi.

“Strategiyamizda biz respublika hududini 4G tarmog‘i bilan maksimal darajada ta’minlash, yirik shaharlar va hatto chekka aholi punktlarida ham tez va arzon internetga ulanishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratdik. Raqamli tafovutni bartaraf etish O‘zbekistondagi faoliyatimizning o‘ta muhim jihati hisoblanadi, chunki bugungi kunda tez va sifatli mobil internetga kirish har kimning asosiy ehtiyojidir”, — dedi Mahmudjon Nodirov.

2022-yil oxirida Beeline Uzbekistan operatorining o‘rtacha mijozi oyiga 11 Gb dan ortiq “yuklab olgan”, LTE formatini qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalar ulushi doimiy ravishda oshib bordi, digital-operatorning o‘zi esa foydalanuvchilar kuniga 1440 daqiqa Internetda qolishlari uchun “yuklab olish” variantlari va moslashuvchan tariflarini joriy qildi. “Beeline” mijozlari internet-paketlar uchun to‘lash uchun zarur bo‘lgan xizmatlarni tanlab, o‘z konstruktor tariflarini yaratish imkoniyatini yuqori baholadilar, operatorning “Beeline TV” va boshqa digital-xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun tariflar doirasi kengaytirildi.

***

“Unitel” MChJ 2006-yilning 12-sentabridan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi

VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistan’da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan 

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/