Bosh sahifa/Bildirishnomalar/Hurmatli mijozlar!

Hurmatli mijozlar!

Bildirishnomalar
18 Mart
1 min.
Main Event Image

Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish, modernizatsiya qilish va yangilash ishlarini olib bormoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 19-mart kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha aloqa sifati yomonlashishi kutilmoqda. Ushbu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda "Unitel" mijozlari uchun ovozli aloqa va internet xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin:

- Farg‘ona shahrida va Farg‘ona viloyatida, Qo‘qon shahrida va Farg‘ona viloyatida, Namangan shahrida va Namangan viloyatida, Andijon shahrida va Andijon viloyatida 1 soatgacha;
- Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Oltinsoy, Muzrabot, Boysun, Denov, Qumqo‘rg‘on va Sariosiyo tumanlarida, shuningdek Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Qamashi, Nishon, Koson, Kasbi, Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlarida 30 daqiqagacha.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin