Bosh sahifa/Xabarlar/Hurmatli mijozlar!

Hurmatli mijozlar!

Xabarlar
7 Aprel
1 min.
Main Event Image

Yangi hisob-kitob (billing) tizimiga o‘tish jarayonida balansingiz va yechib olingan mablag‘lar noto‘g‘ri aks etishi mumkin. Mijozlarimizning mablag‘lari to‘liq xavfsizlikda. Barcha to‘lovlar to‘liq hajmda hisobga olinadi.

Mobil aloqa va internet barqaror ishlamoqda, qo‘ng‘iroqlar, xabarlar va tarmoqqa ulanish odatdagi tartibda amalga oshirilmoqda.

Xizmatlar faoliyatini barqarorlashtirish ishlari uzluksiz olib borilmoqda va bunda kompaniyaning barcha resurslari jalb etilgan. Xizmatlarning to‘liq ish faoliyatini tiklash — bizning asosiy va ustuvor vazifamizdir!

Ishonchingiz va sabringiz uchun rahmat.