“Beeline”dan “+1” aksiyasi
Aksiyalar arxivi
Foydani yaqinlaringiz bilan baham ko‘ring!
Beeline’ning "+1" aksiyasida qatnashing va "bAIram" tarifidagi SIM-kartani birinchi abonent to‘loviga 100% chegirma bilan qo‘lga kiriting! O‘zingiz uchun tarifni faollashtiring va internet hamda qo‘ng‘iroqlarni oila a’zolaringiz va do‘stlaringiz bilan baham ko‘ring.
Aksiya shartlari:
Beeline’ning bAIram, Multi Pro, Multi Max, Status Silver, Status Gold, Status Platinum tarif rejalaridan birini yangi ulab, "bAIram" tarif rejasidagi ikkinchi SIM-kartani birinchi abonent to‘loviga 100% chegirma bilan oling.
Aksiya Beeline ofislari va dilerlik savdo nuqtalarida yangi ulanish uchun amal qiladi.
"bAIram" tarifi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Cheksiz qo'ng'iroqlar
Barcha yo‘nalishlar uchun 60 GB internet
Instagram, Facebook, Odnoklassniki uchun cheksiz internet
ChatGPT, Claude va boshqa sun’iy intellekt xizmatlariga cheksiz internet
2 000 SMS
KINOM, riitm va Setanta Sports xizmatlariga obuna, shuningdek, Beepul ilovasi orqali foizsiz pul o‘tkazmalari uchun limiti.
Aksiya afzalliklari:
Ikki hissa foyda - faqat bitta tarif uchun to‘laysiz, ikkinchisini esa bir oy davomida bepul olasiz.
Maksimal muloqot - cheksiz qo'ng'iroqlar, internet, 2 000 ta SMS, KINOM, riitm va Setanta Sports xizmatlariga obuna bitta "bAIram" tarifida.
Qanday ulanish mumkin:
Aksiyaga ulanish Beeline kompaniyasining butun O'zbekiston bo‘ylab joylashgan barcha rasmiy dilerlik va sotuv ofislarida mavjud. Aksiyada tez va oson ishtirok etishingiz mumkin- yaqin oradagi Beeline ofisga tashrif buyuring va "bAIram" tarif rejasidagi SIM-kartani birinchi oylik to‘loviga 100% chegirma bilan bepul qo‘lga kiriting!
Yaqinlaringizni Beeline’ning qulay aloqa xizmatlariga hoziroq ulang!