Bosh sahifa/Aksiyalar/Muddatli to‘lov asosida smartfon
Muddatli to‘lov asosida smartfon
Smartfonni qo‘shimcha to‘lovlarsiz va vositachilarsiz muddatli to‘lov evaziga qo‘lga kiriting.

Smartfonni olish tartibi
1
Raqamingizni tekshiring

Aksiyada ishtirok etishingiz mumkinligini bilish uchun raqamingizni kiriting.
2
Ofisga tashrif buyuring

Istalgan Beeline rasmiy ofislariga tashrif buyuring. O‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta yoki yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) bo‘lishi talab etiladi.
3
Smartfonni oling

Modelni tanlang, shartnoma tuzing, birinchi to‘lovni amalga oshiring va yangi smartfonga ega bo'ling.
Raqamingizda aksiya amal qiladimi?
Aksiyada ishtirok eta olishingizni tekshirish uchun telefon raqamingizni kiriting.
Aksiyada ishtirok etish uchun quyidagi talablarga mos keladigan abonentlarga ruxsat beriladi:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
- 18 yoshga to‘lgan;
- tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovini muntazam ravishda amalga oshirgan;
- skoring talablaridan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Smartfon modeli – Samsung Galaxy A07
Muddatli to‘lov narxi – oyiga 149 900 so‘m.
To‘lov muddati - 12 oy.
Smartfon narxi – 1 798 800 so‘m.
Smartfon modeli – ZTE A76
Muddatli to‘lov narxi – oyiga 115 000 so‘m.
To‘lov muddati - 12 oy.
Smartfon narxi – 1 380 000 so‘m.
Smartfon modeli – ZTE A56
Muddatli to‘lov narxi – oyiga 100 000 so‘m.
To‘lov muddati - 12 oy.
Smartfon narxi – 1 200 000 so‘m.
Muddatli to‘lovning birinchi miqdori smartfonni olganingizda, keyingi to‘lovlar esa har oy birinchi to‘lov amalga oshirilgan sanada yechib olinadi.
Aksiya 2026-yil 31-dekabrgacha yoki muddatli to‘lov shartlariga ko‘ra mavjud smartfonlar to‘liq tarqatilgunga qadar, qaysi biri oldin sodir bo‘lishiga qarab o‘tkaziladi.
Smartfonlar soni cheklangan.
Muddatli to‘lov bo‘yicha barcha to‘lovlar abonentning asosiy mobil raqamidan yechib olinadi.
Muddatli to‘lovga olingan smartfon faqat raqam egasi nomiga rasmiylashtiriladi. Abonent raqamning o‘ziga tegishli ekanligini Shaxsiy kabinet yoki hambi orqali tekshirishi mumkin.
Muddatli to‘lov amal qilish davrida shartnomani qayta rasmiylashtirish yoki raqamni o‘zgartirish imkoni mavjud emas.
Muddatli to‘lovning butun muddati davomida tarif rejasini o‘zgartirish imkoni mavjud.
Aksiyaning to‘liq qoidalari bilan havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Shartnoma bilan havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
| Smartfon | Samsung Galaxy A07 |
| O‘lchamlari | 167.4x77.4x7.6 mm |
| Og‘irligi | 184 gr |
| Rang | Qora |
| Protsessor | Mediatek Helio G99 |
| Grafik protsessor | Mali-G57 MC2 |
| Tezkor xotira | 4 GB |
| Ichki xotira | 128 GB |
| SIM | Nano-SIM + Nano-SIM |
| Ekran | PLS LCD, 90 Gs, 6.7”, 720x1600, 20:9 nisbat |
| Operatsion tizim | Android 15, One UI 7 |
| Xotira kartasini qo‘llab-quvvatlash | Ha, microSDXC |
| Asosiy kamera |
50 MP, f/1.8, 1/2.76", 0.64µm, PDAF 2 MP, f/2.4 |
| Old kamera | 8 MP, f/2.0, 1/4.0", 1.12µm |
| Wi-Fi | 802.11 a/b/g/n/ac, 2.4 GGs + 5 GGs, Wi-Fi Direct |
| Bluetooth | 5.3, A2DP, LE |
| Akkumulyator | 5000 mA/soat, 25 Vt quvvatlash qo‘llab-quvvatlashi |
| Chastotalarni qo‘llab-quvvatlash |
4G: B1(2100), B3(1800), B5(850), B7(2600), B8(900), B20(800), B28(700), B38(2600), B40(2300), B41(2500); 3G: B1(2100), B5(850), B8(900); 2G: GSM850, GSM900, DCS1800 |
| Sensorlar |
|
| Smartfon | ZTE Blade A56 |
| O‘lchamlari | 167.3×77.4×8.3 mm |
| Og‘irligi | 193 gr |
| Rang | Qora |
| Protsessor | Unisoc T7200 |
| Grafik protsessor | Mali-G57 MP1 |
| Tezkor xotira | 4 GB |
| Ichki xotira | 64 GB |
| SIM | Nano-SIM + Nano-SIM |
| Ekran | IPS LCD, 90 Gs, 6.75”, 720x1600 |
| Operatsion tizim | Android 15 |
| Xotira kartasini qo‘llab-quvvatlash | Ha, microSDXC |
| Asosiy kamera | 13 MP |
| Old kamera | 8 MP |
| Wi-Fi | 802.11 a/b/g/n/ac |
| Bluetooth | 5.2 |
| Akkumulyator | 5000 mA/soat |
| Chastotalarni qo‘llab-quvvatlash |
4G: B1(2100), B3(1800), B5(850), B7(2600), B8(900), B20(800), B28(700), B38(2600), B40(2300), B41(2500); 3G: B1(2100), B5(850), B8(900); 2G: GSM850, GSM900, DCS1800 |
| Sensorlar |
|
| Smartfon | ZTE Blade A76 |
| O‘lchamlari | 167.3×77.4×8.3 mm |
| Og‘irligi | 203 gr |
| Rang | Qora |
| Protsessor | Unisoc T7250 |
| Grafik protsessor | Mali-G57 MP2 |
| Tezkor xotira | 4 GB |
| Ichki xotira | 128 GB |
| SIM | Nano-SIM + Nano-SIM |
| Ekran | IPS LCD, 90 Gs, 6.75”, 720x1600 |
| Operatsion tizim | Android 15 |
| Xotira kartasini qo‘llab-quvvatlash | Ha, microSDXC |
| Asosiy kamera | 50 MP |
| Old kamera | 8 MP |
| Wi-Fi | 802.11 a/b/g/n/ac |
| Bluetooth | 5.2 |
| Akkumulyator | 5000 mAh |
| Chastotalarni qo‘llab-quvvatlash |
4G: B1(2100), B3(1800), B5(850), B7(2600), B8(900), B20(800), B28(700), B38(2600), B40(2300), B41(2500); 3G: B1(2100), B5(850), B8(900); 2G: GSM850, GSM900, DCS1800 |
| Sensorlar |
|
Aksiyada oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalarida bo‘lgan va tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovini muntazam ravishda amalga oshiradigan mijozlar ishtirok etishi mumkin.
Yo‘q, smartfonni faqat raqam egasi olishi mumkin.
Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovini muntazam ravishda amalga oshiring va vaqti-vaqti bilan forma orqali raqamingizni tekshirib turing. Raqamlar ro‘yxati har oy yangilanadi.
Yo‘q, bitta abonent raqamiga ikkinchi smartfonni olish uchun avval birinchi olingan smartfonning to‘liq narxini to‘lab bo‘lish talab etiladi.
Yo‘q, rasmiylashtirish faqat hujjat bilan shaxsan tashrif buyurilgandagina amalga oshiriladi.
Smartfon operatorga bog‘lanmagan holda beriladi. Unda istalgan mobil operatorning SIM-kartalarini ishlatishingiz mumkin, ammo muddatli to‘lov majburiyati shartnoma rasmiylashtirilgan Beeline raqami egasi zimmasida qoladi.
Muddatli to‘lov bo‘yicha birinchi to‘lov smartfon qabul qilingan paytda, keyinchalik har oyda birinchi to‘lov yechib olingan sanada amalga oshiriladi.
Muddatli to‘lov rasmiylashtirilgan abonent raqamining asosiy balansidan mablag‘lar har oyda avtomatik ravishda yechib olinadi. Abonent o‘z vaqtida yechib olinadigan miqdorga balansni to‘ldirishi kifoya. Muddatli to‘lov uchun mablag‘larni yechib olish abonent raqami balansining holatidan qat’i nazar to‘liq hajmda amalga oshiriladi. Bu holda balans salbiy bo‘lishi mumkin, aloqa xizmatlarini ko‘rsatish balans ijobiyga o‘zgargunga qadar to‘xtatiladi.
Ha, aksiya ishtirokchisi o‘tish uchun mavjud bo‘lgan istalgan tarifga o‘zgartirishga haqli, bunda muddatli to‘lov shartlari o‘zgarmay qoladi.
Aksiya doirasida abonent nomiga rasmiylashtirilgan smartfonni qaytarib berish mumkin emas (faqat zavod nuqsonlari bundan mustasno). Muddatli to‘lov bo‘yicha to‘lovlar kechiktirilganda yoki to‘xtatilganda, Beeline quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
• Qarz to‘lanmaguncha berilgan smartfonni bloklash;
• Muddatli to‘lov shartnomasini bir tomonlama bekor qilish;
• Abonentdan smartfon uchun qolgan qarz miqdorini undirish;
• Qarzni uchinchi shaxslarga o‘tkazish huquqini amalga oshirish.
Yo‘q, amaldagi muddatli to‘lov mavjud bo‘lganida raqamni boshqa shaxsga o‘tkazish mumkin emas. Raqamni boshqa shaxsga o‘tkazish uchun avvalo smartfon uchun barcha qarzni to‘liq to‘lash talab etiladi.
Abonentning xohishiga ko‘ra quyidagilar amalga oshirilishi mumkin:
• Yangi o‘xshash smartfon bilan almashtirish;
• Abonent smartfonni qaytargan taqdirda, muddatli to‘lov uchun ilgari to‘langan barcha mablag‘lar abonentga qaytarilishi.
Eng yaqin servis markazini Samsung va ZTE’ning rasmiy resurslarida topish mumkin.
Mavzu bo'yicha materiallar


Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin




