“hambi” MOBIL ILOVASIDA “Hisobni toping” AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI

1.    UMUMIY QOIDALAR

1.1.    “hambi” mobil ilovasidagi “Hisobni toping” aksiyasini o‘tkazish qoidalari (keyingi o‘rinlarda  — “Qoidalar”) “Hisobni toping” aksiyasini (keyingi o‘rinlarda  — “Aksiya”) o‘tkazish tartibini, Aksiyada ishtirok etish shartlarini, shuningdek sovrinlar, ularni G‘oliblarga taqdim etish tartibi va shartlarini belgilaydi.
1.2.    Aksiya lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yin hisoblanmaydi. Aksiya ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq mulkiy tavakkalchiliklarni o‘z zimmasiga olmaydilar. Aksiyada ishtirok etish uchun haq undirilmaydi.
1.3.    Aksiya Tashkilotchisi: O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs hisoblangan “UNITEL” Mas’uliyati cheklangan jamiyati, manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100164, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy.
1.4.    Ushbu Qoidalarda quyidagi atamalar va tushunchalar qo‘llaniladi:
1.4.1.    Foydalanuvchi – “hambi” ilovasidan uning funksional imkoniyatlarida nazarda tutilgan muayyan funksiyalardan foydalanish maqsadida foydalanadigan muomalaga layoqatli jismoniy shaxs;
1.4.2.    Kompaniya/Tashkilotchi – uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi va Aksiyaning tashkilotchisi hisoblangan «UNITEL» MChJ;
1.4.3.    G‘olib – tasdiqlangan sovrinlardan birortasini yutib olgan Aksiya ishtirokchisi;
1.4.4.    Ishtirokchi – ushbu Qoidalarga muvofiq Aksiyada ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan “hambi” ilovasi Foydalanuvchisi.
1.4.5.    “hambi” ilovasi – axborot va texnologik o‘zaro hamkorlikni ta’minlash uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan kompyuter dasturiy mahsulotlari majmuasidan iborat axborot tizimi bo‘lib, “Google Play” va “App Store” orqali yuklab olish mumkin;
1.4.6.    “Hisobni toping” o‘yini – Aksiya o‘tkaziladigan “hambi” ilovasi ichidagi funksionallik;
1.4.7.    Taxmin – Ishtirokchi tomonidan “Hisobni toping” o‘yinida muayyan futbol uchrashuvi hisobi bo‘yicha kiritilgan taxmin;
1.4.8.    Liderbord – to‘plangan ballar soni asosida shakllantiriladigan hamda “hambi” ilovasida va Kompaniyaning Rasmiy saytida aks ettiriladigan Ishtirokchilar reyting jadvali;
1.4.9.    Kompaniyaning Rasmiy veb-sayti – Kompaniyaning quyidagi manzilda joylashgan rasmiy veb-sayti: https://beeline.uz/;
1.5.    Aksiyani o‘tkazish muddati:
•    Aksiyaning boshlanish sanasi: 2026-yil 10-iyun, soat 00:00:01 dan (Toshkent vaqti bilan);
•    Aksiyaning yakunlanish sanasi: 2026-yil 20-iyul, soat 09:00:00 gacha (Toshkent vaqti bilan).
1.6.    Aksiya Qoidalari Tashkilotchi tomonidan Kompaniyaning Rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Shuningdek, Tashkilotchining qaroriga ko‘ra, ular “hambi” ilovasida va/yoki boshqa axborot resurslarida (ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda va hokazo) ham e’lon qilinishi mumkin.
1.7.    Aksiyaning amal qilish hududi: Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida “hambi” ilovasi foydalanuvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Aksiyada ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan barcha harakatlar “hambi” ilovasi ichida amalga oshiriladi.

2.    AKSIYA ISHTIROKCHILARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR.

2.1.    Aksiyada quyidagi talablarga javob beradigan “hambi” ilovasi foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin:
•    “hambi” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan va avtorizatsiyadan o‘tgan bo‘lishi;
•    ushbu Qoidalar shartlarini qabul qilgan bo‘lishi;
•    “Hisobni toping” o‘yini doirasida kamida bitta Taxmin kiritgan bo‘lishi.
2.2.    Aksiyada ishtirok etish va/yoki sovrinni olishga da’vogar bo‘la olmaydilar:
•    Amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
•    Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladigan, terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar;
•    Aksiya o‘tkazilayotgan davrda Kompaniya bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida ishlarni bajarayotgan (xizmatlar ko‘rsatayotgan) jismoniy shaxslar, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari;
•    Kompaniyaning affillangan shaxslari, shuningdek Aksiya o‘tkazilayotgan davrda Kompaniyaning affillangan shaxslari bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida ishlarni bajarayotgan (xizmatlar ko‘rsatayotgan) jismoniy shaxslar hamda ularning yaqin qarindoshlari;
•    Kompaniyaning ishonchli vakillari (dilerlari), shuningdek Kompaniyaning ishonchli vakillari bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
•    Aksiyani tashkil etish va o‘tkazishga aloqador boshqa shaxslar.

3.    SOVRIN JAMG‘ARMASI

3.1.    Aksiyaning sovrin jamg‘armasi Tashkilotchining mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi va quyidagi sovrinlardan iborat:

Liderborddagi o‘rin Sovrin tavsifi Soni (dona)
1 1-o‘rin Apple iPhone 17 Pro 1
2 2-o‘rin Samsung Galaxy S26 Ultra 1
3 3-o‘rin Sony PlayStation 5 Slim 1
4 4-o‘rin Honor 600 Pro 1
5 5-o‘rin Samsung 43" televizori 1
6 6-o‘rin 3 000 000 (uch million) so‘m 1
7 7-o‘rin 2 500 000 (ikki million besh yuz ming) so‘m 1
8 8-o‘rin 2 000 000 (ikki million) so‘m 1
9 9-o‘rin 1 000 000 (bir million) so‘m 1
10 10-o‘rin 500 000 (besh yuz ming) so‘m 1

3.2.    Tashkilotchi Ishtirokchilarning roziligini olmasdan turib, o‘z xohishiga ko‘ra sovrinlarni boshqa sovrinlarga almashtirish, shuningdek sovrinlar sonini ko‘paytirish yoki kamaytirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
3.3.    G‘olib sovrinni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan Operatorning istalgan rasmiy ofisidan olish huquqiga ega.
3.4.    Sovrin G‘olib nomiga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi. Tashkilotchi sovrinni taqdim etish bilan bog‘liq soliqlarni to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi, sovrinni olish va undan foydalanish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar esa G‘olib tomonidan mustaqil ravishda qoplanadi.

4.    AKSIYADA ISHTIROK ETISH VA UNI O‘TKAZISH SHARTLARI.

4.1.    Aksiyada ishtirok etish uchun “hambi” ilovasi foydalanuvchisi quyidagi harakatlarni bajarishi lozim:
•    “hambi” ilovasidagi “Hisobni toping” bo‘limini ochish;
•    ushbu Qoidalar bilan tanishish;
•    2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining mavjud o‘yinlaridan biri uchun Taxmin kiritish.
4.2.    Aksiya doirasida Ishtirokchi “Hisobni toping” o‘yini interfeysida mavjud bo‘lgan bo‘lajak futbol uchrashuvlari bo‘yicha taxminlar kiritish huquqiga ega. Har bir uchrashuv bo‘yicha Ishtirokchi faqat bitta taxmin kiritishi mumkin. Taxmin Ilova tizimi tomonidan qabul qilingan paytdan boshlab yakuniy hisoblanadi va Ishtirokchi tomonidan o‘zgartirilishi, tahrir qilinishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
4.3.    Ishtirokchilar muayyan uchrashuv bo‘yicha taxminlarni ushbu uchrashuvning rasmiy boshlanish vaqtidan kamida 1 (bir) soat oldin kiritish huquqiga ega. Mazkur muddat tugaganidan so‘ng tegishli uchrashuv bo‘yicha taxmin kiritish imkoniyati yopiladi.
4.4.    Har bir yakunlangan uchrashuv natijalariga ko‘ra Ishtirokchilarga quyidagi tizim asosida ballar beriladi:
•    3 (uch) ball – agar Ishtirokchi uchrashuvning aniq hisobini to‘g‘ri topgan bo‘lsa;
•    1 (bir) ball – agar Ishtirokchi uchrashuv natijasini (jamoalardan birining g‘alabasi yoki durang) to‘g‘ri aniqlagan, biroq aniq hisobni topmagan bo‘lsa;
•    0 (nol) ball – agar Ishtirokchi na uchrashuv natijasini, na aniq hisobni to‘g‘ri topa olmagan bo‘lsa.
Ballar o’yinning asosiy vaqti yakunlangan rasmiy natijasiga asosan hisoblanadi hamda o’yin tugaganidan so’ng 60 (oltmish) daqiqa ichida hisobga o’tkaziladi. Qo’shimcha vaqt (ekstrataym) natijalari, shuningdek, o’yindan keyingi penaltilar seriyasi ballarni hisoblashda inobatga olinmaydi.
4.5.    Liderbord Aksiya o‘tkaziladigan butun davr mobaynida shakllantiriladi va yangilanib boriladi. Ishtirokchining Liderborddagi o‘rni u tomonidan to‘plangan umumiy ballar soniga qarab belgilanadi.
“hambi” ilovasida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
•    Ishtirokchining Liderborddagi joriy o‘rni va to‘plagan ballari soni;
•    eng ko‘p ball to‘plagan 20 (yigirma) nafar Ishtirokchi ro‘yxati.
Liderbordning to‘liq versiyasi “hambi” ilovasida joylashtirilgan havola orqali Tashkilotchining rasmiy veb-saytida mavjud bo‘ladi.
4.6.    Liderbordda Ishtirokchilarning telefon raqamlari quyidagi niqoblangan formatda ko‘rsatiladi: +998-9Х–Х**-**-ХХ, bunda «*» yashirilgan belgilarni anglatadi.
4.7.    Aksiya yakunlariga ko‘ra, Aksiya tugagan paytda Liderbordda eng yuqori o‘rinlarni egallagan dastlabki 10 (o‘n) nafar Ishtirokchi G‘olib deb e’tirof etiladi.
4.8.    Agar 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining final uchrashuvi yakunlariga ko‘ra ikki yoki undan ortiq Ishtirokchi teng miqdorda ball to‘plagan bo‘lsa, final uchrashuvi bo‘yicha Taxminni vaqt jihatidan oldinroq yuborgan Ishtirokchiga yuqoriroq reyting o‘rni beriladi.
4.9.    Ushbu Aksiya o‘tkaziladigan davrda Ishtirokchilarga Tashkilotchi tomonidan o‘tkazilayotgan “Sovrinlar mavsumi – Futbol” aksiyasi doirasidagi sovrinlar o‘yinida ishtirok etish uchun imkoniyatlar avtomatik ravishda taqdim etiladi. Har bir to‘plangan ball uchun 1 (bir) ta imkoniyat beriladi.
Imkoniyatlarni taqdim etilishi, o‘yin o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash va sovrinlarni topshirish tartibi quyidagi havola bo‘yicha joylashtirilgan “Sovrinlar mavsumi – Futbol” aksiyasi qoidalari bilan tartibga solinadi: https://beeline.uz/uz/pravila-provedeniya-sezon-prizov-062026.
“Sovrinlar mavsumi – Futbol” aksiyasi mustaqil aksiya hisoblanadi va alohida qoidalar asosida o‘tkaziladi. Ushbu aksiya ishtirokchilari va Tashkilotchi o‘rtasidagi munosabatlar faqat “Sovrinlar mavsumi – Futbol” aksiyasi qoidalari bilan tartibga solinadi.
4.10.    2026-yil 21-iyul kuni soat 16:00:00 da (Toshkent vaqti bilan) Aksiya g‘oliblarini aniqlash tartiboti o‘tkaziladi. G‘oliblarni aniqlash natijalari haqidagi ma’lumotlar Tashkilotchining Rasmiy veb-saytida, shuningdek Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
4.11.    Tashkilotchi g‘oliblarni Aksiya natijalari haqida mavjud aloqa vositalari orqali xabardor qiladi. G‘olib bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, Tashkilotchi Sovrinni olish tartibi haqidagi ma’lumotni Kompaniyaning Rasmiy veb-saytida va/yoki Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtiradi. G‘oliblar haqidagi ma’lumotlar ham Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

5.    SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI

5.1.    Aksiya doirasida yutuqli o‘yin g‘olibi deb topilgan ishtirokchi sovrinni olish uchun natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 7 (yetti) kalendar kun ichida Kompaniyaga quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etishi shart:
•    G‘olibning pasporti yoki ID kartasi;
•    O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi bazasida JShShIR raqami mavjud bo‘lmagan hollarda, tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limidan (pasport stoli) olingan JShShIRni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma.
5.2.    Pul mukofotini olish uchun Aksiya doirasida G‘olib deb topilgan Ishtirokchi 5.1-bandda ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda natijalar e’lon qilingan sanadan boshlab 7 (yetti) kalendar kuni ichida Kompaniyaga quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini va tegishli ma’lumotlarni taqdim etishi shart:
•    G‘olib nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasining to‘liq rekvizitlari (bank kartasi raqami, MFO, STIR, tranzit hisob raqami hamda bank filiali yoki bo‘limining nomi) ko‘rsatilgan bank ma’lumotnomasi;
•    agar G‘olib chet el fuqarosi bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan berilgan rezidentlik sertifikati.
5.3.    Agar G‘olib qandaydir sababga ko‘ra sovrinni topshirish jarayonida va/yoki hujjatlarni rasmiylashtirishda shaxsan ishtirok eta olmasa, u tegishli ishonchnomani boshqa jismoniy shaxsga (ishonchli vakilga) rasmiylashtirishi mumkin. Bunda ishonchli vakil quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
•    G‘olibning pasporti yoki ID kartasi nusxasi;
•    sovrinni olish uchun notarial tasdiqlangan ishonchnoma va sovrinni olish bilan bog‘liq hujjatlarga imzo qo‘yish huquqini beruvchi hujjat;
•    Ishonchli vakilning pasporti yoki ID kartasi;
•    ishonchli vakilning JShShIR ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi – O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi bazasida JShShIR mavjud bo‘lmagan holatlar uchun.
5.4.    Tashkilotchi ushbu Qoidalarning 5-bo‘limiga muvofiq G‘olib tomonidan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 90 (to‘qson) kalendar kun ichida sovrinlarni topshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5.5.    Tashkilotchi g‘oliblarga sovrinlarni topshirishda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda soliqlar (shu jumladan, sovrin qiymati summasidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i) va yig‘imlarni mustaqil ravishda to‘laydi.
5.6.    Sovrinni olishda G‘olib barcha zarur hujjatlarni imzolashi shart, unda G‘olibning shaxsiy ma’lumotlari va sovrin haqidagi to‘liq ma’lumotlar, jumladan uning QQS bilan birgalikdagi qiymati ko‘rsatiladi.
5.7.    G‘olibga sovrinni berish G‘olib barcha zarur hujjatlarni imzolagandan so‘ng amalga oshiriladi.
5.8.    Agar G‘olib Toshkent shahridan tashqarida yashasa, Kompaniya G‘olib bilan Sovrinni olish joyini oldindan kelishib olish va G‘olibning yashash joyiga eng yaqin bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi Kompaniyaning rasmiy ofisida Sovrinni olish imkoniyatini taqdim etish huquqiga ega.
5.9.    Kompaniya quyidagi hollarda G‘olibga sovrinni berishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi:
•    G‘olib yutuq haqida xabardor qilingan kundan boshlab 7 (yetti) kalendar kun ichida Kompaniyaga murojaat qilmasa;
•    G‘olib ushbu Qoidalarning 5-bo‘limida ko‘rsatilgan hujjatlarni yutuq e’lon qilingan kundan boshlab 7 (yetti) kalendar kuni ichida taqdim etmagan bo‘lsa yoki taqdim etilgan hujjatlar ushbu Qoidalar va/yoki O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq bo‘lmasa;
•    G‘olib sovrinni olish jarayonida imzo qo‘yish va/yoki boshqa yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishdan bosh tortgan bo‘lsa;
•    yutuq e’lon qilingan paytdan boshlab 7 (yetti) kalendar kuni ichida G‘olibga xabar berish imkoni bo‘lmagan bo‘lsa — G‘olib raqami bloklangan va/yoki tarmoq qamrovidan tashqarida bo‘lsa yoki Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra G‘olib aloqa chiqmasa;
•    G‘olib tomonidan Aksiyada ishtirok etish shartlari buzilganligi aniqlansa.

6.    SHAXSIY MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH SHARTLARI.

6.1.    Aksiyada ishtirok etish Ishtirokchining ushbu Qoidalar bilan to‘liq va so‘zsiz roziligini, shuningdek Tashkilotchi tomonidan o‘tkaziladigan reklama, marketing va boshqa dasturlar hamda o‘yinlarda ishtirok etish, shuningdek taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish, marketing va/yoki statistik va/yoki boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ilgari surish, Tashkilotchi tomonidan taklif etilayotgan yangi xizmatlar, maxsus takliflar, reklama aksiyalari, chegirmalar va bonus tizimlari haqida xabardor qilish maqsadida shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligini anglatadi. Bunda Ishtirokchi bilan turli aloqa vositalari, jumladan pochta jo‘natmalari, elektron pochta (e-mail), mobil telefon orqali xabarlar (SMS-xabarnomalar), push-xabarnomalar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida, xususan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan Tashkilotchi majburiyatlarini bajarish maqsadida qayta ishlanishi mumkin.
6.2.    Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi o‘z xohishi va manfaatlarini ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Tashkilotchiga Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlarini, shu jumladan avtomatlashtirilgan vositalardan foydalangan holda qayta ishlashga (yig‘ish, yozib olish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, tarqatish, uzatish, shaxsini aniqlash imkonini bermaydigan shaklga keltirish, bloklash va yo‘q qilish) rozilik beradi. Qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: familiya, ism, otasining ismi; tug‘ilgan sana; shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari (zarur bo‘lganda); JShShIR; mobil telefon raqami; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar.
6.3.    Ishtirokchining abonent raqami Liderbordda faqat niqoblangan formatda (+998-9Х–Х**-**-ХХ) aks ettiriladi. Kompaniya Ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligi va xavfsizligini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq ta’minlaydi.
6.4.    Ushbu Qoidalarga muvofiq Ishtirokchining shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlashga jalb etiladigan uchinchi shaxslarni tanlash huquqi Tashkilotchiga tegishli bo‘lib, qo‘shimcha ravishda kelishishni talab etmaydi. Shaxsga doir ma’lumotlarni Tashkilotchi tomonidan qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
6.5.    Aksiya g‘olibi Tashkilotchi tomonidan tashkil etilgan foto va video suratga olishda ishtirok etish majburiyatini oladi, shuningdek, o‘z ismi, familiyasi, otasining ismi va tasvirini (foto va video) Tashkilotchining rasmiy tarmoqlarida joylashtirishga rozilik beradi.

7.    YAKUNIY QOIDALAR.

7.1.    G‘oliblar sovrinlarni olishni har qanday sababga ko‘ra talab qilmagan yoki rad etgan taqdirda, talab qilinmagan sovrin Kompaniya mulki bo‘lib qoladi.
7.2.    Kompaniya Ishtirokchiga Sovrinni taqdim etishni rad etish huquqiga ega, agar Ishtirokchi ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan barcha talab va shartlarni bajarmagan bo‘lsa, shuningdek Ishtirokchining firibgarlik, huquqlarni suiiste’mol qilish yoki Aksiyada ishtirok etishda asossiz ustunliklarga ega bo‘lishga qaratilgan boshqa insofsiz harakatlari alomatlari aniqlangan taqdirda.
7.3.    Kompaniya quyidagilar uchun javobgar emas:
•    Telekommunikatsiya va energetika tarmoqlaridagi uzilishlar, zararli dasturlar ta’siri, shuningdek Tashkilotchining dasturiy va/yoki apparat majmuasiga ruxsatsiz kirish va/yoki uni ishdan chiqarishga qaratilgan uchinchi shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlari oqibatida majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi;
•    Ishtirokchilarning Kompaniya tomonidan Kompaniyaning Rasmiy veb-saytida va/yoki Kompaniyaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida joylashtirilgan G‘oliblar ro‘yxati bilan tanisha olmasligi;
•    sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va/yoki hujjatlarning Ishtirokchilarning o‘z aybi bilan yoki Ishtirokchi va/yoki Kompaniyaning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra olinmasligi yoki o‘z vaqtida olinmasligi;
•    Ishtirokchilar tomonidan ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan talablarning bajarilmasligi yoki o‘z vaqtida bajarilmasligi;
•    Aksiya G‘oliblari tomonidan sovrinlarning talab qilib olinmasligi yoki ulardan voz kechilishi natijasida sovrinlarning olinmasligi;
•    uchinchi shaxslarning aybi va/yoki yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari sababli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish imkoniyatining mavjud emasligi;
•    vakolatli organlar (shu jumladan FIFA) tomonidan uchrashuvning rasmiy natijasi dastlab ballar hisoblangandan keyin o‘zgartirilishi. Uchrashuv natijasi o‘zgartirilgan taqdirda, ilgari hisoblangan ballar qayta hisoblab chiqilmaydi, agar Kompaniya tomonidan Rasmiy veb-saytda boshqacha tartib to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’lon qilinmagan bo‘lsa.
7.4.    Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi:
•    ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishganligini va ularga rozilik bildirganligini tasdiqlaydi;
•    foto va video tasvirga olish jarayonida ishtirok etishga, shuningdek G‘olibning tasviri (foto va videolari)ni Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali keyinchalik e’lon qilish va tarqatishga rozilik bildiradi;
•    Kompaniya tomonidan o‘z shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga, shu jumladan abonent raqamini Liderbordda niqoblangan formatda aks ettirishga rozilik bildiradi.
7.5.    Kompaniya ushbu shartlarda ko‘rsatilgan holatlar yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik talablari asosida bo‘lmasa, Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar olib bormaslik yoki boshqa aloqalar o‘rnatmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
7.6.    Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal etilishi lozim. Nizo yuzaga kelgan kundan boshlab 60 (oltmish) kalendar kuni ichida tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish imkoni bo‘lmasa, nizo Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik ishlari sudida ko‘rib chiqiladi.
7.7.    Sovrin nuqsonlari yoki boshqa ishlab chiqarish nosozliklari aniqlansa, G‘olib sovrin topshirilgan va qabul qilinganlik haqidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 10 (o‘n) ish kuni ichida Kompaniyaning bosh ofisiga murojaat qilishi shart. Kompaniya g‘olib tomonidan sovrin uchun belgilangan foydalanish yoki saqlash qoidalari buzilishi, uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari yoki yengib bo‘lmas kuch holatlari tufayli sovrin g‘olibga topshirilgandan keyin yuzaga kelgan kamchiliklar uchun javobgar bo‘lmaydi.
7.8.    Aksiya G‘olibi Tashkilotchining oldindan yozma roziligisiz Aksiya yoki Tashkilotchi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ommaviy axborot vositalariga intervyu berish, izohlar bildirish yoki ommaviy bayonotlar berishdan tiyilish majburiyatini oladi. Mazkur majburiyat buzilgan taqdirda, Tashkilotchi G‘olibning yutug‘ini bekor qilish huquqiga ega.
7.9.    Tashkilotchi ushbu Qoidalarga bir tomonlama tartibda o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar kiritish, shuningdek Aksiyani o‘tkazishni to‘xtatib turish, muddatidan oldin yakunlash yoki bekor qilish huquqiga ega. Bunda Ishtirokchilar bu haqda “hambi” ilovasida va/yoki Kompaniyaning Rasmiy veb-saytida tegishli ma’lumotni oldindan joylashtirish orqali xabardor qilinadi.

8.    TASHKILOTCHINING REKVIZITLARI.

“Unitel” mas’uliyati cheklangan jamiyati
Yuridik manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100164, 
Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy
STIR: 201 838 002 
MFO: 00451
IFUT: 61200
Beeline abonentlari uchun: 0611
Barcha raqamlardan qo‘ng‘iroqlar uchun: +998 90 185 00 55.
Kompaniyaning Rasmiy veb-sayti: www.beeline.uz