“Sovrinlar mavsumi” AKSIYANI O‘TKAZISH QOIDALARI

Ushbu aksiya “hambi” mobil ilovasi foydalanuvchilarining tavakkalchiligiga asoslanmagan bo‘lib, faqat foydalanuvchilarni rag‘batlantirish, ularning sonini saqlab qolish, yangi foydalanuvchilarni jalb etish, shuningdek, “Unitel” MChJ ning raqobatbardosh obro‘sini shakllantirish uchun mo‘ljallangan.

“Sovrinlar mavsumi” aksiyasini o‘tkazish qoidalari (keyingi o‘rinlarda – “Qoidalar”) “Sovrinlar mavsumi” aksiyasini (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya”) o‘tkazish tartibini, sovrinlar o‘yinida ishtirok etish shartlarini (keyingi o‘rinlarda – “O‘yin”), shuningdek sovrinlar, ularni G‘oliblarga topshirish tartibi va shartlarini belgilaydi. Servislardan foydalanish shartlari “hambi” ilovasida e’lon qilingan hamda (yoki) bevosita Hamkorlarning servislarida ularning joriy tahriri bilan tanishish uchun mavjud. 

Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: 

Abonent raqami – uyali aloqa operatori tomonidan abonentga beriladigan raqam bo‘lib, u orqali telekommunikatsiya tarmog‘iga ulangan abonent uskunasi boshqa qurilmalar bilan ulanganida aniqlanadi;

  • Vazifa – bu Aksiya shartlarida nazarda tutilgan va “hambi” ilovasining “Sovrinlar mavsumi” bo‘limida Foydalanuvchi uchun mavjud bo‘lgan, bajarilishi “hambi” ilovasining ma’lumotlar bazasida qayd etiladigan hamda Ishtirokchiga yutuqli o‘yinda ishtirok etish uchun ma’lum miqdorda imkoniyatlar berilishiga olib keladigan harakat yoki harakatlar to‘plami;
  • Kompaniya/Operator – “Beeline” savdo belgisi ostida uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi, Aksiya tashkilotchisi hisoblangan “Unitel” MChJ;
  • Instagramdagi rasmiy sahifa – Kompaniyaning Instagramdagi rasmiy sahifasi: https://www.instagram.com/hambi_superapp;
  • Kompaniyaning rasmiy veb-sayti – Kompaniyaning quyidagi manzildagi rasmiy veb-sayti: www.beeline.uz;
  • Hamkor – tegishli shartnoma asosida Operator bilan hamkorlik qiluvchi, mahsulotlari va (yoki) xizmatlari “hambi” ilovasida joylashtirilgan (taqdim etilgan) yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor;
  • To‘lov tashkiloti – bank hisoblanmaydigan, to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan hamda “hambi pay” servislarini taqdim etuvchi yuridik shaxs;
  • G‘olib – tasdiqlangan sovrinlardan birini qo‘lga kiritgan Aksiya ishtirokchisi;
  • Foydalanuvchi – “hambi” ilovasidan foydalanuvchi jismoniy shaxs. Foydalanuvchi “hambi” ilovasidan foydalanish texnik imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda, Operator abonenti yoki boshqa uyali aloqa operatorlari abonenti bo‘lishi mumkin;
  • “hambi” ilovasi – Foydalanuvchi, Operator va Hamkorlar o‘rtasidagi axborot va texnologik o‘zaro aloqani ta’minlash uchun mo‘ljallangan maxsus kompyuter dasturiy mahsulotlari majmuasidan iborat axborot tizimi;
  • Ishtirokchi – ushbu Qoidalarga muvofiq Aksiyada qatnashayotgan foydalanuvchi;
  • “Sovrinlar mavsumi” bo‘limi –  Servislarni o‘z ichiga olgan “hambi” ilovasining funksional moduli;
  • Servislar – Operator va uning Hamkorlari tomonidan “hambi” ilovasida Foydalanuvchilarga taqdim etiladigan turli xil xizmatlar va (yoki) mahsulotlar to‘plami.

Aksiya o‘tkazilish muddati: 2026-yil 11-iyun soat 00:00 (UTC+5) dan 2026-yil 31-iyul soat 23:59 (UTC+5) gacha.

Aksiya o‘tkaziladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasi.

G‘oliblar aniqlanadigan joy: Instagramdagi rasmiy sahifada jonli efir orqali. 

G‘oliblar taqdirlanadigan joy: O‘zbekiston Respublikasi, 100164, Toshkent shahri, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy.

Aksiya Qoidalari Tashkilotchi tomonidan Kompaniyaning rasmiy saytida e’lon qilinadi, shuningdek Tashkilotchining ixtiyoriga ko‘ra “hambi” ilovasida va/yoki boshqa manbalarda (ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda va hokazo) ham e’lon qilinishi mumkin.

1.    AKSIYA ISHTIROKCHILARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR.

1.1.    Aksiyada barcha foydalanuvchilar ishtirok etishi mumkin.
1.2.    Quyidagilar Aksiyada ishtirok etishga va (yoki) sovrin olishga da’vogar bo‘la olmaydilar:
•    Amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
•    Ushbu Qoidalarning 1.1-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan jismoniy shaxslar;
•    Aksiya o‘tkazilayotgan davrda Kompaniya bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari;
•    Kompaniyaning affillangan shaxslari, shuningdek, Aksiya o‘tkazilayotgan davrda Kompaniyaning affillangan shaxslari bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
•    Kompaniyaning ishonchli vakillari (dilerlari), shuningdek Kompaniyaning ishonchli vakillari bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari.

2.    SOVRIN JAMG‘ARMASI

2.1.    Aksiyaning sovrin jamg‘armasi quyidagi sovrinlarni o‘z ichiga oladi:
2.1.1.    Top-50 liderbordga kirgan Ishtirokchilar uchun kafolatlangan sovrinlar: 

- Kia K5 avtomobili – 1 (bitta) dona;
- 20 000 000 (yigirma million) so‘m miqdoridagi pul mukofoti — 2-o‘rin uchun;
- 10 000 000 (o‘n million) so‘m miqdoridagi pul mukofoti — 3-o‘rin uchun;
- 5 000 000 (besh million) so‘m miqdoridagi pul mukofoti — 4-o‘rin uchun;
- 2 500 000 (ikki million besh yuz ming) so‘m miqdoridagi pul mukofoti — 5-o‘rin uchun;
- 6-o‘rindan 10-o‘ringacha bo‘lgan har bir Ishtirokchi uchun 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so‘m miqdoridagi pul mukofoti;
- 11-o‘rindan 20-o‘ringacha bo‘lgan har bir Ishtirokchi uchun 1 000 000 (bir million) so‘m miqdoridagi pul mukofoti;
- 21-o‘rindan 50-o‘ringacha bo‘lgan har bir Ishtirokchi uchun 500 000 (besh yuz ming) so‘m miqdoridagi pul mukofoti.

2.1.2.    Tasodifiy tanlash tizimi yordamida o‘ynaladigan sovrinlar:
- Kia K5 avtomobili – 1 (bitta) dona;
- Apple iPhone 17 – 5 (besh) dona;
- Apple iPhone 17 Pro – 3 (uch) dona;
- Apple iPhone 17 Pro Max – 1 (bitta) dona;
- 5 000 000 (besh million) so‘m miqdoridagi pul mukofoti — 1 (bir) dona;
- 2 000 000 (ikki million) so‘m miqdoridagi pul mukofoti — 1 (bir) dona;
- 1 000 000 (bir million) so‘m miqdoridagi pul mukofoti — 5 (besh) dona.

2.2.    Sovrin G‘olib nomiga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi. Kompaniya sovrinni taqdim etish bilan bog‘liq soliqlarni to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi, sovrinni olish va undan foydalanish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar esa G‘olib tomonidan mustaqil ravishda qoplanadi.

3.    AKSIYADA ISHTIROK ETISH VA UNI O‘TKAZISH SHARTLARI

3.1.    Aksiyada ishtirok etish uchun Foydalanuvchi «hambi» ilovasining «Sovrinlar mavsumi» bo‘limida mavjud bo‘lgan kamida 1 (bitta) ta Topshiriqni bajarishi kerak.
3.2.    Aksiya 2 (ikki) ta alohida mexanika orqali o‘tkaziladi:
(i)    Ishtirokchilar tomonidan Aksiya shartlari bajarilganda sovrinlarni kafolatli taqdim etish;
(ii)    Aksiya ishtirokchilari orasida tasodifiy tanlash tizimi yordamida sovrinlar o‘ynalishi.
3.3.    Top-50 liderbordga kirgan Ishtirokchilarga sovrinlarni kafolatli taqdim etish: 
3.3.1.    Har bir bajarilgan Vazifa uchun Ishtirokchiga quyidagi jadvalga muvofiq ma’lum miqdordagi imkoniyatlar beriladi:

Faqat Operatorning oldindan to‘lov tizimidagi abonentlari uchun mavjud bo‘lgan Vazifalar:

Vazifalar Imkoniyatlar
Kunlik Vazifalar 20
“hambi fortuna plus” Omad barabanini 3 (uch) marta aylantiring 0
“hambi fortuna” Omad barabanini 1 (bir) marta aylantiring 0
Haftalik Vazifalar 200
“hambi” ilovasiga 5 (besh) kun ketma-ket kiring 0
“hambi fortuna” Omad barabanini 5 (besh) marta aylantiring 0
“TV” bo‘limiga kiring 5 (besh) kun 0
Istalgan o‘yinni 5 (besh) kun davomida o‘ynang 0
“Avto-haydovchi” kvesti +50
“Mening avto” servisiga o‘ting va avtomobilingizni qo‘shing 10
Majburiy OSAGO rasmiylashtiring 50
hambi pay orqali 50 000 so‘mdan boshlab jarimalarni to‘lang 15
“Urban Drive” servisiga kiring 1
“Moliya” kvesti +50
“hambi pay” bo‘limiga kiring 5
“hambi pay” orqali 100 000 so‘mdan boshlab o‘tkazma amalga oshiring 10
“hambi pay” orqali 100 000 so‘mdan boshlab kommunal to‘lovlarni amalga oshiring 10
“GoInvest” investitsiya servisi bilan tanishing 1
“Salomatligingiz haqida qayg‘uring” kvesti +50
“Onlayn Shifokor” teletibbiyot servisiga obuna bo‘ling 50
“Dorilarni izlash” bo‘limini oching va kerakli dorini toping 1
“Davo Delivery” servisiga o‘ting 1
IQAir servisida havo sifatini tekshiring 1
“Yangi foydalanuvchi” kvesti +50
Bosh ekrandagi “Stories”larni ko‘ring 1
“NUR” rejimini yoqing 5
“BeeMarket” bo‘limiga o‘ting 1
Profilingizga rasm qo‘shing 1
Qo‘shimcha raqamni kiriting 1
“Omadingizni sinab ko‘ring” kvesti +50
“hambi fortuna plus” Omad barabanini 10 (o‘n) marta aylantiring 10
“Kviz” o‘yinini o‘ynang 5
Asosiy Vazifalar
“hambi fortuna plus” Omad barabanini aylantiring1
hambi smart premium obunasini rasmiylashtiring50
Ixtiyoriy OSAGO rasmiylashtiring25
Majburiy OSAGO rasmiylashtiring50
hambi pay orqali 50 000 so‘mdan boshlab jarimalarni to‘lang15
“hambi pay” bo‘limiga kiring5
“hambi pay” orqali 100 000 so‘mdan boshlab o‘tkazma amalga oshiring10
“hambi pay” orqali 100 000 so‘mdan boshlab kommunal to‘lovlarni amalga oshiring10
"Litro" xizmatiga o‘ting1
“Onlayn Shifokor” teletibbiyot servisiga obuna bo‘ling50
“BeeMarket” bo‘limiga o‘ting1
“Yugurish” o‘yinini o‘ynang5
“Futbol” o‘yinini o‘ynang5
“Pet AI” servisiga o‘ting1
“Boks” o‘yinini o‘ynang5
“Avto ijara” servisiga o‘ting1
“Sakrash” o‘yinini o‘ynang5
“Usta bor” servisiga o‘ting1
“Travel club” servisiga o‘ting1
“Karmon AI” servisiga o‘ting1
“NyroGPT” servisiga o‘ting1
“Joyme” servisiga kiring1
“Osnova Ta’lim” servisiga o‘ting1
“Do‘stingizni taklif qiling” vazifasini bajaring10
Rouming paketlarini ulang30
Istalgan internet-paketlarini ulang20
“Bayramlik” bo‘limiga o‘ting5
Chegirmali paketlarni ulang10
Mobil balansingizni to‘ldiring5
“Hisobni top” o‘yin bo‘limiga o‘ting5
“Lime Football” bo‘limiga o‘ting va pullik o‘yinni o‘ynang5
“Kviz” o‘yinining pullik versiyasini o‘ynang5
Uklondan chegirma oling5

Boshqa uyali aloqa operatorlari abonentlari uchun mavjud vazifalar:

Vazifalar Imkoniyatlar
Kunlik Vazifalar 20
Bugunoq “hambi” ilovasiga kiring 0
“hambi fortuna” Omad barabanini 1 (bir) marta aylantiring 0
Haftalik Vazifalar 200
“hambi” ilovasiga 5 (besh) kun ketma-ket kiring 0
“hambi fortuna” Omad barabanini 5 (besh) marta aylantiring 0
“TV” bo‘limiga kiring 5 (besh) kun 0
Istalgan o‘yinni 5 (besh) kun davomida o‘ynang 0
“Avto-haydovchi” kvesti +50
“Mening avto” servisiga o‘ting va avtomobilingizni qo‘shing 10
Majburiy OSAGO rasmiylashtiring 50
hambi pay orqali 50 000 so‘mdan boshlab jarimalarni to‘lang 15
“Urban Drive” servisiga kiring 1
“Moliya” kvesti +50
“hambi pay” bo‘limiga kiring 5
“hambi pay” orqali 100 000 so‘mdan boshlab o‘tkazma amalga oshiring 10
“hambi pay” orqali 100 000 so‘mdan boshlab kommunal to‘lovlarni amalga oshiring 10
“GoInvest” investitsiya servisi bilan tanishing 1
“Salomatligingiz haqida qayg‘uring” kvesti +50
“Onlayn Shifokor” teletibbiyot servisiga obuna bo‘ling 50
“Dorilarni izlash” bo‘limini oching va kerakli dorini toping 1
“Davo Delivery” servisiga o‘ting 1
IQAir xizmatida havo sifatini tekshiring 1
“Yangi foydalanuvchi” kvesti +50
Bosh ekrandagi “Stories”larni ko‘ring 1
“NUR” rejimini yoqing 5
“BeeMarket” bo‘limiga o‘ting 1
Profilingizga rasm qo‘shing 1
Qo‘shimcha raqamni kiriting 1
“Omadingizni sinab ko‘ring” kvesti +50
“Kviz” o‘yinini o‘ynang 10
TV va seriallarni Kanallar orqali tomosha qiling 5
Asosiy Vazifalar
hambi smart premium obunasini rasmiylashtiring50
Ixtiyoriy OSAGO rasmiylashtiring25
Majburiy OSAGO rasmiylashtiring50
hambi pay orqali 50 000 so‘mdan boshlab jarimalarni to‘lang15
“hambi pay” bo‘limiga kiring5
“hambi pay” orqali 100 000 so‘mdan boshlab o‘tkazma amalga oshiring10
“hambi pay” orqali 100 000 so‘mdan boshlab kommunal to‘lovlarni amalga oshiring10
“Onlayn Shifokor” teletibbiyot servisiga obuna bo‘ling50
“BeeMarket” bo‘limiga o‘ting1
“Litro” xizmatiga o‘ting1
“Yugurish” o‘yinini o‘ynang5
“Futbol” o‘yinini o‘ynang5
“Boks” o‘yinini o‘ynang5
“Sakrash” o‘yinini o‘ynang5
“Avto ijara” servisiga o‘ting1
“Usta bor” servisiga o‘ting1
“Pet AI” servisiga o‘ting1
“Travel club” xizmatiga o‘ting1
“Karmon AI” servisiga o‘ting1
“NyroGPT” servisiga o‘ting1
“Joyme” servisiga kiring1
“Osnova Ta’lim” servisiga o‘ting1
“Do‘stingizni taklif qiling” vazifasini bajaring20
Mobil balansingizni to‘ldiring5
“Hisobni top” bo‘limiga o‘ting5
“Lime Football” bo‘limiga o‘ting va pullik o‘yinni o‘ynang5
“Kviz” o‘yinining pullik versiyasini o‘ynang5
Uklondan chegirma oling5

Ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan topshiriqlarga qo‘shimcha ravishda, Operatorning oldindan to‘lov tizimidagi abonentlari, shuningdek boshqa mobil aloqa operatorlarining abonentlari 2026-yil 11-iyundan 2026-yil 20-iyulgacha bo‘lgan davrda o‘tkaziladigan “Hisobni top” aksiyasi shartlarini bajarish orqali imkoniyatlar olishlari mumkin.

“Hisobni top” aksiyasi doirasida ishtirokchiga hisoblangan imkoniyatlar ushbu Qoidalarga muvofiq mazkur Aksiya sovrinlar o‘yinida ishtirok etish imkoniyatlari sonini aniqlashda hisobga olinadi.

“Hisobni top” aksiyasi g‘oliblariga hisoblangan imkoniyatlar mazkur Aksiya doirasidagi yutuqlarni aniqlash va o‘yin jarayonida hisobga olinmaydi. “Hisobni top” aksiyasi g‘oliblari ushbu Aksiyada ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

“Hisobni top” aksiyasida ishtirok etish shartlari va uni o‘tkazish tartibi alohida qoidalarga muvofiq belgilanadi, ular quyidagi manzilda joylashtirilgan: https://beeline.uz/uz/ugaday-schet

3.3.2.    To‘plangan imkoniyatlar tizim tomonidan avtomatik ravishda qayd etiladi va mazkur Aksiya uchun alohida yaratilgan maxsus liderbordda aks ettiriladi.
3.3.3.    Leaderboard Aksiya davomida real vaqt rejimida yangilanib boradi. Ishtirokchining reytingdagi o‘rni to‘plangan imkoniyat soniga bog‘liq bo‘ladi.
3.3.4.    Imkoniyatlarni hisoblash, natijalarni aks ettirish va reytingni shakllantirish «hambi» ilovasi tizimi doirasida avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Imkoniyatlarni hisoblash Aksiya o‘tkazilish muddati yakunlangunga qadar davom etadi.
3.3.5.    Aksiya yakunlari bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan dastlabki 50 (elik) ta Ishtirokchi G‘olib deb topiladi.
3.4.    Tasodifiy tanlash tizimidan foydalangan holda sovrinlar o‘ynalishi:
3.4.1.    Sovrinlar g‘oliblari Aksiya shartlarini bajargan Ishtirokchilar orasidan ommaviy tarzda aniqlanadi, mazkur Qoidalarning 3.3-bandiga muvofiq kafolatlangan sovrinlarni olgan Ishtirokchilar bundan mustasno. 
3.4.2.    G‘oliblarni aniqlash random.org servisining tasodifiy tanlash algoritmi yordamida Instagram dagi rasmiy sahifada jonli efir davomida mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. G‘olib aniqlangandan so‘ng Kompaniya u bilan Abonent raqami orqali telefon qo‘ng‘irog‘i yordamida bog‘lanadi. 
3.4.3.    Sovrinlar Instagram dagi rasmiy sahifada jonli efir davomida o‘ynaladi.
3.3.    Aksiya doirasida Kompaniya imkoniyatlarni hisoblashning qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi mexanizmlarini belgilash huquqiga ega. Masalan: “hambi fortuna plus” topshirig‘ini bajarganlik uchun 1 (bir) imkoniyat o‘rniga 3 (uch) imkoniyat beriladi.
3.4.    Imkoniyatlar faqat ushbu Qoidalarda belgilangan Aksiyani o‘tkazish davrida bajarilgan Vazifalar uchun hisoblanadi.
3.5.    Imkoniyatlarni hisoblash uchun asos bo‘lgan operatsiya bekor qilingan, qaytarilgan, bekor qilingan yoki boshqacha tarzda qayta ko‘rib chiqilgan taqdirda, tegishli imkoniyatlar hisobdan chiqariladi.
3.6.    Hisob qaydnomalari o‘rtasida imkoniyatlarni uzatish, birlashtirish yoki taqsimlashga yo‘l qo‘yilmaydi. 
3.7.    G‘oliblarni aniqlash natijalari Kompaniyaning rasmiy saytida G‘olibning raqamini ko‘rsatgan holda (Abonent raqamining dastlabki uchta raqamisiz) joylashtiriladi.
3.8.    “hambi” ilovasi, shuningdek, Ishtirokchilarning elektron ma’lumotlar bazasi sovrinni qo‘lga kiritadigan Ishtirokchini oldindan aniqlash yoki shartlash imkonini beradigan tartib-qoidalar va algoritmlarni o‘z ichiga olmaydi.
3.9.    G‘olibni aniqlash uchun ishlatiladigan haqiqiy va tasodifiy sonlarni yaratuvchi random.org xizmati G‘oliblarni oldindan aniqlash imkonini beruvchi tartib-qoidalar va algoritmlarni o‘z ichiga olmaydi.
3.10.    Kompaniya ushbu shartlarda ko‘rsatilgan holatlar yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablari bundan mustasno, Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
3.11.    Kompaniya tegishli ma’lumotlarni Kompaniyaning rasmiy saytida joylashtirish sharti bilan Qoidalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
3.12.    Kompaniya istalgan vaqtda Aksiyani to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 
3.13.    Aksiya bo‘yicha ma’lumotlar Kompaniyaning rasmiy veb-saytida mavjud. Kompaniya o‘z tanloviga ko‘ra Facebook yoki Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

4.    SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI

4.1.    Aksiya doirasida yutuqli o‘yin g‘olibi deb topilgan ishtirokchi sovrinni olish uchun natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 7 (yetti) kalendar kun ichida Kompaniyaga quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini va tegishli ma’lumotlarni taqdim etishi shart:
•    G‘olibning pasporti yoki ID kartasi;
•    O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi bazasida JShShIR raqami mavjud bo‘lmagan hollarda tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limidan (pasport stoli) olingan JShShIRni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma;
•    G‘olibning abonent raqami mobil qurilmadagi “hambi” ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.
4.2.    Pul mukofotini olish uchun Aksiya doirasida G‘olib deb topilgan Ishtirokchi 4.1-bandda ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda natijalar e’lon qilingan sanadan boshlab 7 (yetti) kalendar kuni ichida Kompaniyaga quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini va tegishli ma’lumotlarni taqdim etishi shart: 
•    G‘olib nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasining to‘liq rekvizitlari (bank kartasi raqami, MFO, STIR, tranzit hisob raqami hamda bank filiali yoki bo‘limining nomi) ko‘rsatilgan bank ma’lumotnomasi; 
•    agar G‘olib chet el fuqarosi bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan berilgan rezidentlik sertifikati.
4.3.    Agar G‘olib biron-bir sabab tufayli taqdirlash va sovrinni topshirish marosimida shaxsan ishtirok eta olmasa, u taqdirlash marosimida qatnashish va sovrinni olish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga (ishonchli vakilga) tegishli ishonchnoma rasmiylashtirishi mumkin. 
Bunda ishonchli vakil quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
•    G‘olibning pasporti yoki ID kartasi nusxasi;
•    sovrinni olish uchun notarial tasdiqlangan ishonchnoma va sovrinni olish bilan bog‘liq hujjatlarga imzo qo‘yish huquqini beruvchi hujjat;
•    Ishonchli vakilning pasporti yoki ID kartasi;
•    O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi bazasida JShShIR raqami mavjud bo‘lmagan holatlarda tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limidan (pasport stoli) JShShIR ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
•    G‘olibning abonent raqami “hambi” ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.
4.4.    Sovrinlarni berish tartibi: 
•    Kompaniya G‘olib tomonidan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 90 (to‘qson) kalendar kun ichida sovrinlarni topshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
•    Kompaniya g‘oliblarga sovrinlarni topshirishda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda soliqlar (shu jumladan, sovrin qiymati summasidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i) va yig‘imlarni mustaqil ravishda to‘laydi;
•    Sovrinni olishda G‘olib barcha zarur hujjatlarni imzolashi shart, unda G‘olibning shaxsiy ma’lumotlari va sovrin haqidagi to‘liq ma’lumotlar, jumladan uning QQS bilan birgalikdagi qiymati ko‘rsatiladi;
•    G‘olibga sovrinni berish G‘olib barcha zarur hujjatlarni imzolagandan so‘ng amalga oshiriladi. 
4.5.    Agar G‘olib Toshkent shahridan tashqarida yashasa, Kompaniya G‘olib bilan Sovrinni olish joyini oldindan kelishib olish va G‘olibning yashash joyiga eng yaqin bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi Kompaniyaning rasmiy ofisida Sovrinni olish imkoniyatini taqdim etish huquqiga ega. Mazkur shart Kia K5 avtomobilga tegishli emas: ushbu sovrinlar faqat G‘oliblarni taqdirlash joyida beriladi.
4.6.    Kompaniya ushbu shartlarda ko‘rsatilgan holatlar yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik talablari asosida bo‘lmasa, Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar olib bormaslik yoki boshqa aloqalar o‘rnatmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
4.7.    Kompaniya quyidagi hollarda G‘olibga sovrinni berishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi:
•    Telekommunikatsiya va energetika tarmoqlaridagi uzilishlar, zararli dasturlar ta’siri, shuningdek Tashkilotchining dasturiy va/yoki apparat majmuasiga ruxsatsiz kirish va/yoki uni ishdan chiqarishga qaratilgan uchinchi shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlari oqibatida majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi
•    Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganda, Tashkilotchi o‘zining texnik tizimlarida yuzaga kelgan xatolar, uzilishlar va nosozliklarni bartaraf etish muddatlari hamda sanalarini mustaqil ravishda belgilash huquqini o‘zida saqlab qoladi;
•    G‘olib 4.1-bandda (4.2) ko‘rsatilgan hujjatlarni yutuq e’lon qilingan paytdan boshlab 7 (yetti) kalendar kuni ichida taqdim etmagan bo‘lsa yoki taqdim etilgan hujjatlar ushbu Qoidalar va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq bo‘lmasa;
•    G‘olib sovrinni olishda imzo qo‘yishdan va (yoki) boshqa yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishdan, shu jumladan talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortsa;
•    Yutuq e’lon qilingan paytdan boshlab 7 (yetti) kalendar kuni ichida g‘olibni sovrinni olish to‘g‘risida xabardor qilish imkoniyati bo‘lmasa - g‘olibning raqami bloklangan va (yoki) tarmoq doirasidan tashqarida bo‘lsa yoxud Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra g‘olib qo‘ng‘iroqqa javob bermasa va (yoki) aloqaga chiqmasa;
•    G‘olib tomonidan Aksiyada ishtirok etish shartlari buzilganligi aniqlansa.

5.    CHEKLOVLAR VA NAZORAT CHORALARI.

5.1.    To‘lov tashkiloti Foydalanuvchilarning to‘lov servisidagi operatsiyalarini monitoring qiladi. Bunda shubhali va/yoki firibgarlik alomatlariga ega bo‘lgan, shuningdek belgilangan qoidalar, limitlar yoki O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchiligi talablarini chetlab o‘tishga qaratilgan operatsiyalar aniqlanadi. Bunday amaliyotlar qatoriga quyidagilar kiradi:
5.1.1.    Foydalanuvchi tomonidan aniq iqtisodiy maqsadsiz bir xil ishtirokchilar o‘rtasida soxta, asossiz yoki takrorlanuvchi to‘lovlarni amalga oshirish;
5.1.2.    Foydalanuvchi tomonidan bir nechta akkauntlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki limitlar hamda komissiyalarni chetlab o‘tish maqsadida boshqa shaxslarga tegishli ma’lumotlardan foydalanish;
5.1.3.    Qonuniy asoslarsiz Foydalanuvchiga tegishli bo‘lmagan bank kartalarini qo‘shish va ulardan foydalanish;
5.1.4.    Foydalanuvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tish, identifikatsiyadan o‘tish yoki operatsiyalarni amalga oshirishda soxta yoki noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalanish;
5.1.5.    Foydalanuvchi tomonidan akkauntga, tasdiqlash kodiga yoki to‘lov vositalari ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishga urinishlar;
5.1.6.    Foydalanuvchi tomonidan ishonchnomasiz yoki boshqa qonuniy asoslarsiz uchinchi shaxslar nomidan amaliyotlar amalga oshirilishi;
5.1.7.    To‘lov servisidan mablag‘larni naqdlashtirish, taqiqlangan qimor o‘yinlari, noqonuniy savdo, noqonuniy faoliyatni moliyalashtirish yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan boshqa faoliyat uchun foydalanish;
5.1.8.    Foydalanuvchi tomonidan to‘lov tashkilotining dasturiy ta’minoti, API, to‘lov servisining texnik vositalariga har qanday aralashuv, jumladan xavfsizlik tizimlarini chetlab o‘tish yoki operatsiyalarni sun’iy ravishda imitatsiya qilish.

6.    YAKUNIY QOIDALAR

6.1.    G‘oliblar sovrinlarni olishni talab qilmagan yoki har qanday sababga ko‘ra rad etgan taqdirda, talab qilinmagan sovrin Kompaniya mulki bo‘lib qoladi. 
6.2.    Kompaniya Ishtirokchiga Sovrinni taqdim etishni rad etish huquqiga ega, agar Ishtirokchi ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan barcha talab va shartlarni bajarmagan bo‘lsa, shuningdek Ishtirokchining firibgarlik, huquqlarni suiiste’mol qilish yoki Aksiyada ishtirok etishda asossiz ustunliklarga ega bo‘lishga qaratilgan boshqa insofsiz harakatlari alomatlari aniqlangan taqdirda. 
6.3.    Kompaniya quyidagilar uchun javobgar emas:
•    Ishtirokchilarning Kompaniya tomonidan Kompaniyaning rasmiy veb-saytida, Instagramdagi rasmiy sahifasida, “hambi” ilovasida joylashtirilgan G‘oliblar ro‘yxati bilan tanisha olmasligi;
•    Ishtirokchilarning o‘z aybi bilan yoki Ishtirokchi va (yoki) Kompaniya ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot/hujjatlarni olmasligi yoki o‘z vaqtida olmasligi;
•    Ishtirokchilar tomonidan ushbu Qoidalarda belgilangan talablarning bajarilmasligi yoki o‘z vaqtida bajarilmasligi;
•    Aksiya G‘oliblari tomonidan Sovrinlar talab qilinmaganda yoki ulardan voz kechilganda sovrinlarning olinmasligi;
•    Uchinchi shaxslarning aybi va (yoki) engib bo‘lmas kuch holatlari tufayli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha majburiyatlarni bajara olmaslik.
6.4.    Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi:
•    Ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishganligini va ularga roziligini tasdiqlaydi;
•    Suratga olish va videotasvirga tushirishda ishtirok etishga, shuningdek, G‘olibning tasvirini Operatorning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali keyinchalik e’lon qilish va tarqatishga roziligini bildiradi; 
•    Kompaniyaning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan “Unitel” MChJning Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish siyosatiga muvofiq Kompaniya tomonidan o‘zining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishiga roziligini tasdiqlaydi.
6.5.    Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal etilishi lozim. Nizo yuzaga kelgan kundan boshlab 60 (oltmish) kalendar kuni ichida tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish imkoni bo‘lmasa, nizo Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik ishlari sudida ko‘rib chiqiladi. 
6.6.    Sovrin nuqsonlari yoki boshqa ishlab chiqarish nosozliklari aniqlangan taqdirda, G‘olib sovrin topshirilgan va G‘olib topshirish-qabul qilish dalolatnomasini imzolagan kundan boshlab 10 (o‘n) ish kuni ichida Kompaniyaning bosh ofisiga murojaat etishi shart. Kompaniya g‘olib tomonidan sovrin uchun belgilangan foydalanish yoki saqlash qoidalari buzilganligi, uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari yoki bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyatlar yuzaga kelganligi sababli sovrin g‘olibga topshirilgandan so‘ng yuzaga kelgan kamchiliklar uchun javobgar hisoblanmaydi.

7.    TASHKILOTCHINING REKVIZITLARI

“Unitel” mas’uliyati cheklangan jamiyati
Yuridik manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100164, 
Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy
STIR: 201 838 002 
MFO: 00451
IFUT: 61200
Kontakt ma’lumotlari va qo‘llab-quvvatlash xizmati:
Beeline abonentlari uchun: 0611
Barcha raqamlardan qo‘ng‘iroqlar uchun: +998 90 185 00 55.