eSIM

Parametrlari
  • Xizmatga ulanish narxi:0 so'm

eSim chiroyli raqamlari – 95% chegirma bilan

2025-yil 9-sentabrdan boshlab eSim ulang va chiroyli raqamni 95% chegirma bilan tanlang!

Aksiya faqat hambi va Beepul ilovalari orqali, shuningdek nomer.beeline.uz sayti orqali ulanishda amal qiladi.

eSIM ulash uchun ilovani tanlang:

Ulash uchun sayt:

Aksiyada 100 000, 250 000 va 500 000 so‘mlik raqamlar ishtirok etadi. Yakuniy narx – nominal qiymatining atigi 5%.

Taklif 2025-yil 9-noyabrgacha amal qiladi.

Shartlar

eSIM – bu qurilmaning o’ziga o’rnatilgan raqamli SIM-karta. eSIM  oddiy SIM-kartaga o’xshash, lekin u jismoniy mavjud bo’lmaydi shuning uchun uni sindirmoq yoki yo’qotmoq mumkun emas. eSIM oddiy SIM-kartaga o’xshab internet, SMS va qo’rg’iroqlar funksiyalarni o’z ichiga oladi.

eSIM afzalliklari – bu bir vaqtning o’zida ikkita raqamdan foydalanish imkoniyatini beradi ya’ni: oddiy SIM-kartada va eSIMda. Mobil qurilma yo’qotilgan yoki o’g’irlangan holatda telefoningizning blokirovka qilish funksiyasi, firibgarlarning bank SMS-xabarlariga kirishiga yo’l qo’ymaydi.

eSIM qo’llaydigan qurilmalar.
eSIM qo’llaydigan eng ommabop qurilmalar:
eSIM iOS и Android smartfonlari qo’llaydi,  ba’zi bir planshetlar.

eSIM-ni qanday ulash mumkin
eSIM-ni yangidan ulash uchun mijoz (jismoniy shaxs) kompaniyaning shaxsiy ofislaridan biriga murojaat qilishi kerak. O‘zingiz bilan eSIM texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilma va mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi lozim yoki nomer.beeline.uz saytida hamda hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasida eSIM-ni uydan chiqmasdan masofadan turib ulashingiz mumkin. Yangi eSIM ulash bepul!

eSIM-ni faollashtirishdan oldin mijoz mobil qurilmaning IMEI kodi ro’yxatdan o’tganligini tekshirishi kerak, agar ro’yxatdan o’tmagan bo’lsa, raqam 30 kundan keyin o’chirilishi mumkin. Beeline ro’yxatdan o’tmagan qurilmada eSIM-ning to’g’ri ishlashi uchun javobgar emas.

eSIM-ni faollashtirish. eSIMni ulashda mijozga QR-kodli blank taqdim etiladi, uning yordamida abonent mobil qurilmada tarif rejasini faollashtiradi. eSIM-ni joriy raqamga ham yangisiga ham faollashtirish mumkin.

Ulash tartibi:
• Apple qurilmalarida
Настройки → «Сотовая связь» → «Добавить сотовый тариф» va QR ni skan qiling.
• Samsung qurilmalarida
Настройки → «Подключения» → «Диспетчер SIM-карт» → «Добавить мобильный тариф» va QR ni skan qiling.
• Huawei qurilmalarida
Настройки → «Мобильная связь» → «Управление SIM-картами» → Kerakli bo’lgan SIM-karta slotini tanlang → «eSIM-карта» va QR ni skan qiling.

MUXIM!
Berilgan QR-kod eSIM ulangan vaqtdan boshlab 6 oy davomida profilni 10 martagacha qayta faollashtirish imkonini beradi. Profil QR-kodli blank yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, mavjud raqamni o‘rnatish uchun eSIM-ni almashtirish tartibini o‘tish kerak bo‘ladi. Almashtirish narxi SIM-kartani almashtirish xizmati bo‘yicha amaldagi narxnomaga muvofiq hisoblanadi.

Siz kompaniyaning shaxsiy ofislaridan biriga tashrif buyurib, yangi eSIM profilini faollashtirishingiz yoki uyingizdan chiqmasdan, nomer.beeline.uz saytida eSIM-ni masofadan turib ulashingiz mumkin. Buning uchun oldingi qurilmada eSIM profili o‘chirilganligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

Mobil qurilmadan eSIM profilini o’chirish tartibi:

Apple qurilmalarida
«Настройки»→ «Сотовая связь» → «Сотовые тарифы»  → «Удалить» ni bosing

Samsung qurilmalarida
Настройки → «Подключения» → «Диспетчер SIM-карт→ «Удалить» ni bosing

Huawei qurilmalarida
Настройки → «Мобильная связь» → «Управление SIM-картами→ «Удалить» ni bosing

1. eSIM-ni qayerda ulashim mumkin?

Yangi eSIM ulash uchun mijoz (jismoniy shaxs) eSIM texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydigan qurilma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kompaniya ofislaridan biriga murojaat qilishi lozim yoki uydan chiqmasdan nomer.beeline.uz saytida hamda hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasida  eSIM-ni masofadan ulash imkoniyati bor.

2. Bitta shaxs nomiga nechta eSIM/SIM-karta ulash mumkin?

Mijoz bir pasportga 5 tagacha raqamni rasmiylashtirishi mumkin.

3. Oddiy SIM-kartani eSIM-ga qanday almashtirish mumkin?

Mijoz (jismoniy shaxs) eSIM texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydigan qurilma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kompaniya ofislaridan biriga murojaat qilishi lozim yoki nomer.beeline.uz sayti orqali uydan chiqmasdan, masofadan ariza yuborishi mumkin. 

4. eSIM-ni boshqa telefonga oʻrnatish mumkinmi?

Agar siz eSIM-ni qurilmadan oʻchirib yuborsangiz, uni boshqa qurilmaga oʻrnatishingiz mumkin. Buning uchun sizga berilgan QR-koddan foydalaning. Undan eSIM ulangan vaqtdan boshlab 6 oy davomida 10 martagacha foydalanishingiz mumkin.

5. QR-kod yoʻqolsa nima qilish kerak? Men QR dan 10 marta foydalanganman.

Agar siz QR-kodni 10 marta faollashtirgan boʻlsangiz yoki QR-kod blankasi yoʻqolgan/shikastlangan boʻlsa, eSIM-ni almashtirish kerak boʻladi. Xizmat pullik — narx amaldagi narxnomaga muvofiq belgilanadi. Almashtirishdan oldin eSIM profili avvalgi qurilmadan oʻchirilganligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

6. eSIM-ni ulashda IMEI-kodini roʻyxatdan oʻtkazishim kerakmi?

Ha, eSIM-ni ulashdan oldin qurilmangiz IMEI-kodi roʻyxatdan oʻtkazilganini tekshiring.

7. eSIM uchun IMEI-kodini qanday roʻyxatdan oʻtkazish mumkin?

  • Tizim operatorining web-saytida (www.uzimei.uz);
  • SMS va USSD soʻrov orqali (*1170#);
  • Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (YIDXP: www.my.gov.uz)
  • UZIMEI tizimining operatorida;

8. SIM-kartadagi barcha mavjud mobil  aloqa xizmatlari  eSIM uchun ham qoʻllaniladimi?

Ha, eSIM oddiy SIM karta oʻrnini toʻliq bosa oladi va barcha mobil aloqa xizmatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

9. eSIM-ni oʻchirib qoʻyishim mumkinmi?

Ha, eSIM-ni smartfon sozlamalarida oʻchirishingiz mumkin. Profilni vaqtincha yoki butunlay oʻchirish mumkin.

Apple iPhone

“Настройки” → “Сотовая связь” → “Сотовые тарифы”ga oʻting.

Samsung

“Настройки” → “Подключения” → “Диспетчер SIM-карт”ga oʻting.

Huawei

“Настройки” → “Мобильная связь” → “Управление SIM-картами”ga oʻting.


10. eSIM roumingda ishlaydimi?

Ha, eSIM roumingda ishlaydi. eSIM profili o‘rnatilgandan keyin barcha aloqa xizmatlari oddiy SIM-kartadan foydalanilgandagi kabi shartlarda taqdim etiladi.

11. SIM-kartani eSIM-ga almashtirgandan keyin tarifim va xizmatlarim saqlanib qoladimi?

Ha, eSIM-ga almashgandan soʻng tarif va barcha ulangan xizmatlar saqlanib qoladi.

12. eSIM ishlashi uchun Internet kerakmi?

Internetga ulanish faqat eSIM-ni birinchi faollashtirish yoki o’chirish uchun zarur. Wi-Fi yoki mobil internetdan foydalanish mumkin.

13. eSIM-ni SIM-kartaga almashtirish mumkinmi?

Ha, eSIM-ni oddiy SIM-kartaga almashtirishingiz mumkin. Buning uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Beeline ofisiga shaxsan murojaat qilish va SIM-kartani eSIM-ga  almashtirish xizmatidan foydalanishingiz lozim.

14. eSIM va jismoniy SIM-kartadan bir vaqtning oʻzida foydalanish mumkinmi?

Bu qurilma modeliga bogʻliq, koʻplab qurilmalarda eSIM va jismoniy SIM-kartadan bir vaqtning oʻzida foydalanish imkoni mavjud, bu esa bitta qurilmada bir nechta raqamdan foydalanish imkonini beradi.

Xizmat

eSIM