MULTI PLUS

Сheksiz qo'ng'iroqlar
25 GB
Сheksiz tungi Internet
ChatGPT, Claude va boshqa sun’iy intellekt xizmatlariga cheksiz internet
500 SMS
KINOM
riitm
5 000 000 so'mgacha 0% pul o'tkazmalar Beepul ilovasi orqali
+1 kuch tanlovga:

100 GB YouTube uchun

100 GB Instagram, Facebook, Odnoklassniki uchun

100 GB Telegram, WhatsApp, Viber uchun

100 GB PUBG MOBILE uchun

5 GB barchasiga

Setanta Sports

Beeline TV: Telekanallar va Milliy uchun obunalar

Cheksiz qo'ng'iroqlar*

Cheksiz tungi internet

ChatGPT, Claude va boshqa sun’iy intellekt xizmatlariga cheksiz internet

Internet

25 GB/oy

SMS*

500 SMS/oy

BiP messenjeri uchun cheksiz**

Beepul: 0% pul o'tkazmalar***

5 000 000 null/oy

KINOM: TV, filmlar va seriallar****

riitm: musiqa, pleylistlar va radio****

+1 kuch tanlovga:

100 GB YouTube uchun

100 GB Instagram, Facebook, Odnoklassniki uchun

100 GB Telegram, WhatsApp, Viber uchun

100 GB PUBG MOBILE uchun

5 GB barchasiga

Setanta Sports

Beeline TV: Telekanallar va Milliy uchun obunalar

"hambi" ilovasini yuklash: *1#

Setanta Sports ilovasini yuklab olish: *888*1*3#

MULTI PLUS

Tarif rejasi

49 900

so'm/oy

Shartlar

Oylik abonent to'lovi yechilishi shartlari

Umumiy shartlar: 
• Yangi ulanish yoki “MULTI PLUS”, “MULTI PRO”, “MULTI MAX” tariflar rejalariga o‘tishda hisob to‘ldirilgandan so‘ng, darhol abonent to‘lovi to‘liq yechib olinadi va tarif rejalariga kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etiladi. Tarif rejalariga kiritilgan xizmatlar paketining amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovining keyingi yechilish sanasi oxirgi to‘lov yechilgan kundan boshlab 1 oyni tashkil etadi. 
• “MULTI PLUS”, “MULTI PRO”, “MULTI MAX” tarif rejalarida abonent to‘lovining yechilishi va tarif rejalariga kiritilgan xizmatlar paketining taqdim etilishi 1 oy oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda amalga oshiriladi.
• Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechilgan/to‘langan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish/to‘lash sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining/to‘lashning barcha kunlari kalendar oyining tegishli sanasida amalga oshiriladi.
• Agar shaxsiy elektron hisob (balans) qarz yoki nol holatida bo‘lsa, abonent raqami faqat kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, shuningdek kompaniyaning aloqa markaziga va favqulodda vaziyatlar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati bilan nofaol holatga o‘tadi.

Abonent raqamining shaxsiy elektron hisobi (balans) holati bo‘yicha yechish shartlari: 
• Agar oylik abonent toʻlovini yechib olish vaqtida abonent raqami faol boʻlsa, lekin abonent toʻlovini yechib olish uchun mablagʻ yetarli boʻlmasa, bu holda tarif rejasi bo‘yicha abonent toʻlovi bir marta minusga yechiladi va tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketi abonent to‘lovi oxirgi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga taqdim etiladi. Bunday holda, abonent raqami faqat kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, shuningdek kompaniyaning aloqa markaziga va favqulodda vaziyatlar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati bilan nofaol holatga o‘tadi. Balans to‘ldirilib, nofaol holatdan chiqarilgandan so‘ng, abonent tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketidan keyingi abonent to‘lovi yechilish sanasiga qadar foydalanishi mumkin.
• Agar oylik abonent to‘lovini yechib olish vaqti kelganda abonent raqami nofaol holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechib olinmaydi va kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etilmaydi. Balans to‘ldirilib, nofaol holatdan chiqarilgandan so‘ng, abonent to‘lovi darhol yechib olinadi va unga kiritilgan xizmatlar paketi oxirgi yechilish sanasidan boshlab 1 oy muddatga taqdim etiladi.

Ma’muriy bloklash: 
• Raqam ma’muriy blok (xizmat abonent murojaatiga asosan ulanadi) holatiga tushirilganda “Raqamni abonent so‘roviga asosan bloklash” xizmati uchun - 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Shu bilan birga tarif bo‘yicha abonent to’lovi yechilmaydi va kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etilmaydi. Blok holatidan chiqarilgandan so‘ng, agar shaxsiy elektron hisobda (balansda) tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini yechish uchun mablag‘ yetarli bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechib olinadi va tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etiladi.
• Agar oldingi yechib olingan tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketining qoldig‘i bo‘lsa, avval taqdim etilgan xizmatlar paketi kuyadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechib olish sanasi va tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketining amal qilish muddati abonent to‘lovi yechib olingan kundan boshlab 1 oyga belgilanadi.
• Agar raqamni blok holatidan chiqarish vaqtida abonent raqami faol holatda bo‘lsa, ammo abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag' bo‘lmasa, bu holda abonent toʻlovi bir marta minusga yechiladi va unga kiritilgan xizmatlar paketi abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga taqdim etiladi. Bunday holda, abonent raqami faqat kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, shuningdek kompaniyaning aloqa markaziga va favqulodda vaziyatlar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati bilan nofaol holatga o‘tadi. Shaxsiy elektron hisob (balans) to‘ldirilib, nofaol holatdan chiqarilgandan so‘ng, abonent tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketidan keyingi abonent to‘lovi yechilish sanasiga qadar foydalanishi mumkin.

KUCH nima?

Kuch - bu “MULTI KUCH” tariflari bo'yicha ortiqcha to'lov talab qilinmaydigan xizmat.
“Kuch”ni tarif bo‘yicha abonent to‘lovi to‘langan taqdirda hambi ilovasi orqali ulash mumkin.
Har abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng “kuch”ni qayta tanlashingiz va ulashingiz lozim.
“Kuch” yoqilgandan so‘ng amal qilish muddati tarif bo‘yicha keyingi abonent to‘lovi olinadigan sanaga qadar belgilanadi. Faollashtirilgan kundan boshlab 1 oy davomida amal qiladigan Setanta Sports, Beeline TV obunalari  bundan mustasno.
Agar tarif bo'yicha abonent to'lovi yechilmagan bo'lsa, u holda "kuch"ni ulash imkoni taqdim etilmaydi, avval tanlangan "kuch" o'chiriladi va qoldiq trafik kuyadi. 
Tarif bo'yicha navbatdagi abonent to'lovi yechib olingandan so'ng, avval tanlangan "kuch" keyingi oyga o'tkazilmaydi, qoldiq trafik bir-biriga qo‘shilmaydi va kuyadi.
Boshqa tarifga o‘tayotganda, avvalgi ulangan "kuch" o'chadi va qoldiq trafik kuyadi.
Beeline TVga "KUCH"ni faollashtirilgan paytda, avval ulangan pullik va promo obunalarni ochirish lozim.

Tarif bo'yicha mavjud kuchlar ro'yxati:

100 GB YouTube uchun
100 GB Instagram, Facebook, Odnoklassniki uchun
100 GB Telegram, WhatsApp, Viber uchun
100 GB PUBG MOBILE uchun
5 GB barchasiga
Setanta Sports
Beeline TV: Telekanallar va Milliy uchun obunalar

Havola orqali ilovaning oxirgi versiyasi ekanligiga ishonch hosil qiling:

Setanta Sports kuchi

Setanta Sports kuchi haqida
Setanta Sports kuchi sizga eksklyuziv sport o'yinlari va tadbrilarini ko'rish imkonini beradi.

Setanta Sports kuchini faollashtirib qanday manfaat olasiz?
🏆 UFC, Angliya premyer-ligasi, LaLiga, Bundesliga, Ligue 1, Serie A, Formula 1 va boshqalar kabi turnirlaridagi o'ynlarni ko'rish imkoniyati;
📺 Televideniye dasturlari bilan cheklanmasdan, turnirning istalgan o'yinini tomosha qilish imkoniyati;
🎤 Professional sharhlovchilar, yuqori sifatli video va ovozga ega translyatsalar;
⏯ Yozib olingan o’yinlar, sharhlar, intervyu va hujjatli filmlar to’plami;
📱 Barcha qurilmalardan kirish: smartfon, planshet, kompyuter, Smart TV;
🌐 Faqat “Beeline” mijozlari uchun internet-trafikni sarflamasdan tomosha qilish imkoniyati.

Setanta Sport kuchi qanday ishlaydi?
Setanta Sports “kuchini” faollashtirsh “hambi” ilovasida tarif bo‘yicha abonent to‘lovi to‘langandan so’ng taqdim etiladi.
"Kuch" faollashtirilgan paytdan boshlab 32 kun amal qiladi.
Har safar abonent to'lovi to'langanda va kuchning avvalgi faollashtirish paytidan 32 kun o'tganga, siz "kuch"ni qayta faollashtirishingiz kerak.
Agar tarif uchun abonent to'lovi olinmagan bo'lsa, unda "kuch" ni faollashtirish imkoniyati taqdim etilmaydi, hamda avval faollashtirilgan kuch faollashtirilgan paytdan boshlab 32 kun o'tgandan keyin o'chiriladi.
Tarifni boshqasiga o'zgartirganda, ilgari faollashtirilgan "kuch" faollashtirilgan paytidan boshlab 32 kun o'tgach o'chiriladi.
Setanta Sports "kuch"ini faollashtirish paytida, agar sizda ilgari yoqilgan pullik va promo obunalari mavjud bo'lsa, unda ularni o'chirib qo'yishingiz kerak bo'ladi.

Setanta Sports kuchining holati haqida ma'lumot olish va boshqarish uchun *888# USSD kodidan foydalanishingiz mumkin.

Xizmatni yoqish yo'riqnomasi

Setanta Sports ilovasini havola orqali yuklab oling:

BiP messenjeri

BiP XAVFSIZ: xabarlaringiz va qo‘ng‘iroqlaringiz himoyalangan.

BiP QIZIQ: BiP Status yordamida siz 24 soatdan keyin yo‘qolib ketadigan fotosurat va videolaringizni yaqinlaringiz bilan baham ko‘rishingiz mumkin, shuningdek Status tufayli kontaktlaringizning iliq xotiralarini tomosha qilishingiz mumkin.
BiP QULAY: BiP tufayli siz bir zumda 106-ta tilga tarjima qilishingiz mumkin. Shunchaki ona tilingizda xabarlar yozing va ular do‘stingizning telefonida avtomatik ravishda tarjima qilinadi.

** “MULTI KUCH” turkumidagi tariflar BiP messenjerida muloqotdan cheksiz foydalanish imkonini beradi, o‘yinlar va "Kashf et" bo‘limlari bundan mustasno. O‘yinlar va "Kashf et" bo'limlaridagi trafik tarif shartlariga muvofiq sarflanadi.

“BiP” ilovasini yuklab olish uchun – *66#.

BiP ilovasini o’rnatish 

Agarda daqiqa, SMS yoki GB tugasa

«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.

«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2000 so’m.

Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatning narxi – 2000 so’m bo’lishi kerak.

«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so’m va tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.

«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi.

Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi : *5#

Qoldiqni qanday tekshirish mumkin?

Daqiqalar qoldig’i uchun *106#
SMSlar qoldig’i uchun *105#
MB *103#, *108#, *109#
Oylik abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#

Boshqa tariflarga o'tish

Tarif rejaga o'tish va ulanish yopilgan. 
Ushbu tarifdan boshqa tariflarga o'tish.

Mahalliy aloqa

Kiruvchi qo’ng’iroqlar  0 so’m/daq.    
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar  300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS  300 so’m/SMS   
Internet  225 so’m/MB

Xalqaro aloqa va sputnik aloqa

Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 3 500 so’m/daq.
Rossiyaga 3 500 so’m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 3 500 so’m/daq.
Yevropaga 9 000 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 9 000 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 9 000 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 9 000 so’m/daq.
Avstraliyaga 9 000 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo’llash 1 000 so’m

Sputnik aloqa

1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.

Qo'shimcha ma'lumot

* Tarif reja bo'yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo'ladi va mablag' asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi. 
O'zbekiston bo'ylab chiqish qo'ng'iroqlarining texnologik cheklovi abonent to'lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo'ng'iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O'zbekiston bo'ylab qo'ng'iroqlar uchun to'lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo'ng'iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo'ng'iroqlarini hisobga olmaydi.

*** Tarif Beepul mobil ilovasi orqali bank kartasidan bank kartasiga (Humo/Uzcard) foizsiz pul o'tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
Agar limit tugagan bo'lsa, pul mablag'larini kartadan kartaga o'tkazish umumiy shartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Limit tarif reja boʻyicha keyingi abonent toʻlovi uchun muvaffaqiyatli to'lov yechilgunga qadar amal qiladi. Tarif reja bo'yicha abonent to'lovi yechilayotganida, agar taqdim etilgan limitning qoldig'i mavjud bo'lsa, kuyadi va yangi limit to'liq taqdim etiladi. Limitlar bir-biriga qo'shilmaydi.Tarif rejani o'zgartirganda, qoldiq limit bilan foydalanish imkoni bo'lmaydi. 
"Perezagruzka" xizmatini faollashtirishda limit to'liq taqdim etiladi.

**** Tarif doirasida riitm va KINOM ilovalaridan cheksiz foydalanish imkoniyati kiritilgan (barcha TV-kanallar (“Setanta Sports”dan tashqari), Xorijiy filmlar, “Amediateka” va “Milliy”). riitm va KINOM ilovalaridan cheksiz foydalanishni abonent to‘lovi muvaffaqiyatli to‘langandan so‘ng amalga oshirish mumkin. Ilovalarni yuklab olish: riitm – *404#, KINOM – *444#.

• Sun’iy intellekt xizmatlariga quyidagi resurslar kiradi: ChatGPT, OpenAI, Claude, Perplexity, LiveKit, DouBao, KiMi, TongYi, YuanBao, DeepSeek. Cheksiz trafikdan foydalanish faqat abonent to‘lovi muvaffaqiyatli to‘langandan so‘ng amalga oshiriladi.

• Cheksiz tungi internet soat 01:00 dan 08:00 gacha bo'lgan vaqtda amal qiladi.

• Smartfonlarda standart sozlamalar qo'llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet trafik sarflanadi: tizim yangilanishlari, ilovalarni yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma'lumotlarini sinxronlash, shuningdek, tahliliy hisoblagichlar uchun. Asosiy internet-trafik mavjud bo'lmaganda, internet xizmati ishlamaydi va ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar hamda YouTube, PUBG MOBILE, riitm, KINOM va Setanta Sports uchun trafikdan foydalanish imkoniyati abonentda asosiy internet trafik yoki hisobida mablag' paydo bo'lgunga qadar to'xtatiladi.
• Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, YouTube va PUBG MOBILE uchun taqdim etilgan GB ushbu xizmatlarning rasmiy ilovalaridan foydalanganda va ma'lum bir IP-manzillar to'plami doirasida sarflanadi. Xizmatlarning egalari tomonidan IP manzillar o'zgartirilganda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, PUBG MOBILE va “YouTube”ga aloqador bo'lmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq asosiy internet-paket yoki asosiy hisobdan amalga oshiriladi (ushbu kategoriyaga smartfonning ilovalardan foydalanayotgan vaqtdagi operatsion tizim uchun trafik sarflanishi ham kiradi).
• Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, PUBG MOBILE va YouTube uchun bo'lgan GB sarflanmaydi.
• Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda hamda "Ota-onalar nazorati" yoqilganda va "Shaxsiy DNS sever" sozlamasi sozlanganda Setanta Sports ximzati uchun trafik asosiy balansdan sarflanadi.
• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro'yxatdan o'tkazish uchun Abonent raqami faol holatida bo'lishi kerak.
• Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so'ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.
• Shuni ma'lum qilamizki, tarif bo'yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig'i va boshqa qo'shimcha xizmatlar qoldig'i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
• Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag'larini zaxiraga olib qo'yadi, ya'ni balansdagi pul mablag'lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to'ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
• Xizmatlar sessiya davomida jo'natilgan/qabul qilingan ma'lumotlar hajmi bo'yicha tariflanadi.  Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
• Agar abonentda internet-paket mavjud bo'lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo'lmasa (10 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag' mavjud bo'lsa). Zaxiralangan pul mablag'lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog'liq bo'ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to'langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag'lari ishlatish uchun ochiladi.
• «MULTI KUCH» tariflarida «PLUS 7», «PLUS 14» paketlari va «Daqiqa va megabaytlarni o'zaro almashtiring» xizmati bo'yicha “MB”larni daqiqalarga almashtirish hamda «Muloqot ulashing!» xizmatlari amal qilmaydi.
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya'ni pullik tranzaksiyalar – qo'ng'iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to'ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag' nol yoki noldan past bo'lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
• O'zbekistonning chegara hududlarida Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag' yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmog'ni qo'l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo'ladi.
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo'ng'iroq narxini qo'shgan holda amalga oshiriladi. Qo'ng'iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi. 
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.

Boshqa tariflar

eSIMni onlayn xarid qiling

Yangi raqam tanlash
Beeline
Balansingizni onlayn to'ldiring
Balansni to'ldiring

+998

so'm
Beeline
To‘lov usullari
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin