Raqamni onlayn va oflayn qayta rasmiylashtirish
Endi raqamni onlayn va kompaniya ofislarida qayta rasmiylashtirish mumkin.
Xizmat parametrlari
Xizmat narxi va raqamni qayta rasmiylashtirish shartlari Kompaniyaning narxlar ro‘yxati (prays-list) hamda tartib-taomillariga muvofiq belgilanadi.
Muddati: 1 kundan 5 ish kunigacha
Kimlar foydalanishi mumkin: jismoniy shaxslar
Xizmatdan foydalanish tartibi:
1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (MyGOV) avtorizatsiyadan o‘ting yoki ro‘yxatdan o‘ting va raqamni qayta rasmiylashtirish uchun ariza yuboring.
2. Raqamni qabul qiluvchining ma’lumotlarini kiriting — tizim avtomatik ravishda unga so‘rov yuboradi.
3. Raqamni qabul qiluvchi tegishli bildirishnoma oladi.
4. Raqamni qabul qiluvchi so‘rovni tasdiqlaydi yoki rad etadi.
5. Natija bo‘yicha sizga bildirishnoma keladi. Agar so‘rov tasdiqlangan bo‘lsa, ariza yuborish jarayonini yakunlang.
6. Ariza mobil aloqa operatori tomonidan ko‘rib chiqiladi.
7. Ariza operatorga kelib tushganidan so‘ng, operator sizga xizmat narxi haqida xabar beradi.
Raqamni qayta rasmiylashtirish uchun raqamning amaldagi egasi (raqam hozirda kimning nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa) va yangi egasi (raqam kimning nomiga rasmiylashtirilishi kerak bo‘lsa) shaxsini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlardan birining asl nusxasini taqdim etishi kerak:
• Pasport yoki ID-karta;
• Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi.
Savdo ofisi xodimi orqali raqamni qayta rasmiylashtirish tartibi:
• Raqamni boshqa shaxs nomiga qayta rasmiylashtirmoqchi ekanligingizni bildiring;
• Hujjatlarni savdo ofisi xodimiga taqdim eting va arizani to‘ldiring;
• Savdo ofisi xodimi hujjatlarni tekshiradi va raqamni qayta rasmiylashtiradi;
• Raqamni qayta rasmiylashtirish xizmati uchun 25 000 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshiring.
Muhim! Chiroyli raqamni qayta rasmiylashtirish
«Abonent to‘lovi evaziga Oltin raqam» va «Bo‘lib to‘lash sharti bilan Oltin raqam» xizmatlari ulangan raqamlarni qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
«Bo‘lib to‘lash sharti bilan Oltin raqam» xizmatini o‘chirish uchun amaldagi egasi chiroyli raqamni narxlar ro‘yxatiga muvofiq to‘liq sotib olishi kerak. Shundan so‘ng raqamni yangi egasi nomiga qayta rasmiylashtirishda yangi egasi raqamning narxlar ro‘yxatidagi qiymatiga muvofiq to‘liq qiymatini yoki belgilangan chegirma asosida to‘lovni amalga oshirishi lozim.
«Abonent to‘lovi evaziga Oltin raqam» xizmatini o‘chirish uchun chiroyli raqam qiymatini to‘lash talab etilmaydi.
Raqamni qayta rasmiylashtirishda chiroyli raqam uchun to‘lov
Chiroyli raqamning qiymati avvalgi egasi raqamni qanday shartlarda olganidan qat’i nazar (to‘liq narxda, chegirma asosida, aksiya doirasida yoki bepul), yangi egasi tomonidan narxlar ro‘yxatiga muvofiq to‘lanadi.
Chiroyli raqamni uning qiymati uchun to‘lov undirilmagan holda qayta rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
• myGov portalidagi «Mening oilam» bo‘limida ko‘rsatilgan ma’lumotlar orqali qarindoshlik darajasi tasdiqlangan shaxslar o‘rtasida;
• Raqamdan 3 yildan ortiq vaqt davomida foydalanilgan bo‘lsa.
Agar raqamdan 3 yildan kam vaqt davomida foydalanilgan bo‘lsa, chiroyli raqamni qayta rasmiylashtirishda uning nominal qiymatiga qarab chegirma qo‘llaniladi:
Chiroyli raqamni uning qiymati uchun to‘lov undirilmagan holda qayta rasmiylashtirish hamda chegirma taqdim etish shartlari raqamning ikkala egasida (amaldagi va yangi egasida) qayta rasmiylashtirish vaqtida uchtadan ortiq bo‘lmagan chiroyli raqam mavjud bo‘lgan taqdirda amal qiladi.
Agar egalaridan birida uchtadan ortiq chiroyli raqam mavjud bo‘lsa, chiroyli raqamni qayta rasmiylashtirish uchun yangi egasi raqamning to‘liq qiymatini narxlar ro‘yxatiga muvofiq to‘laydi.
Agar raqamning amaldagi yoki yangi egasi 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs bo‘lsa, raqamni qayta rasmiylashtirish uchun quyidagilar talab etiladi:
• Voyaga yetmagan shaxsning ID-kartasi yoki pasporti;
• Ota-onasining yoki qonuniy vakilining (vasiyning) yozma roziligi;
• Ota-onasining yoki qonuniy vakilining pasporti yoxud ID-kartasi;
• Qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki myGov portalidagi «Mening oilam» bo‘limida mavjud ma’lumotlar).
Muhim! Raqamni qayta rasmiylashtirish jarayonida ota-ona yoki qonuniy vasiy ishtirok etishi shart.
Agar voyaga yetmagan shaxsning manfaatlarini vasiy ifoda etsa, qo‘shimcha ravishda vasiyni tayinlash to‘g‘risidagi qaror taqdim etilishi kerak.
Abonent raqami foydalanuvchisi haqidagi ma’lumotlarni yangilashda raqamni qayta rasmiylashtirish
Rasmiylashtirish qanday kechadi va nimalarni bilish muhim?