Aloqa, internet va Microsoft yechimlari – hammasi Beeline Business’da
Xabarlar
Korporativ IT-infratuzilmani rivojlantirishga qancha ko‘p pudratchi jalb qilinsa, loyihalarni boshqarish va mas’uliyatni taqsimlash shunchalik qiyinlashib boradi. Natijada biznes o‘z vaqtini rivojlanishga emas, balki turli ta’minotchilar faoliyatini muvofiqlashtirishga sarflaydi.
Beeline Business aloqa xizmatlari, Azure bulutli servislari, Microsoft korporativ dasturiy taʻminoti va texnik xizmat koʻrsatishni yagona xizmatda birlashtirib, kompaniyalarga bitta texnologik hamkor bilan ishlash imkonini beradi.

Bugungi kunda kompaniyalar uchun nafaqat zamonaviy raqamli yechimlardan foydalanish, balki ularni xavfsiz boshqarish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Soʻnggi bir yil ichida dasturiy taʻminotning litsenziyalanganligini taʻminlash biznes risklarini boshqarishning ajralmas qismiga aylandi: javobgarlik kuchaydi, qaroqchilik dasturiy taʻminoti esa korporativ infratuzilmaga zararli dasturlar kirib borishining asosiy kanallaridan biriga aylanmoqda. Shu bilan birga, koʻplab kompaniyalar litsenziyalangan dasturiy taʻminotga oʻtishni litsenziya narxi tufayli emas, balki bunday loyihani amalga oshirish uchun ichki resurs va tajriba yetishmasligi sababli kechiktirmoqda.
"Kalit topshirish" tamoyili asosida litsenziyalangan dasturiy taʻminotga oʻtish
2025-yil iyun oyida Beeline Business Microsoft’ning sertifikatlangan hamkori maqomiga ega bo‘ldi. Jamoa Modern Work (Microsoft 365) va Azure yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikatsiyadan o‘tdi. Bu mutaxassislar mijozga barcha bosqichlarda: ehtiyojlarni aniqlash, joriy etish, sozlash va ekspluatatsiya qilishda hamrohlik qilishini anglatadi.
Oʻtish jarayoni toʻrt bosqichdan iborat:
1. Ehtiyojlarni aniqlash. Mutaxassislar mavjud IT-infratuzilmani, boʻlimlarning ehtiyojlarini va foydalanuvchilar sonini baholab, ortiqcha xarajatlarsiz optimal litsenziya konfiguratsiyasini aniqlaydi.
2. Litsenziyalarni tanlash. Yechimlar barcha xodimlar uchun bir xil toʻplam emas, balki har bir boʻlimning aniq ehtiyojlariga moslashtiriladi.
3. Migratsiya. Elektron pochta, fayllar va hisob yozuvlari kompaniya ishini toʻxtatmasdan bosqichma-bosqich koʻchiriladi.
4. Sozlash. Koʻp faktorli autentifikatsiya, kirish huquqlarini boshqarish, zaxira nusxalash, elektron pochtani filtrlash va boshqa xavfsizlik funksiyalari faollashtiriladi.
Nima uchun kompaniyalar Beeline Business'ni tanlaydi
Asosiy afzallik – yagona texnologik hamkorning mavjudligi. Beeline Business aloqa xizmatlari, Azure bulutli servislari, Microsoft korporativ dasturiy taʻminoti va texnik xizmat koʻrsatishni bir joyda birlashtiradi – bir nechta pudratchi bilan ishlash oʻrniga bitta yetkazib beruvchi, bitta aloqa nuqtasi va bitta javobgarlik zonasi.
Mahalliy qoʻllab-quvvatlash ham muhim ahamiyatga ega. Kompaniyalar global qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish oʻrniga, Beeline Business'ning Oʻzbekistondagi mutaxassislari bilan bevosita ishlaydi – ular kompaniya infratuzilmasining oʻziga xos jihatlarini yaxshi tushunadi va loyihaning barcha bosqichlarida qoʻllab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari, Microsoft yechimlari SaaS (Software as a Service) modeli asosida taqdim etiladi. Kompaniyalar oʻz infratuzilmasiga katta miqdorda bir martalik investitsiya kiritmasdan, obuna asosida xizmatdan foydalanadi, litsenziyalar sonini esa xodimlar soni oʻzgarishiga qarab tezda oshirish yoki kamaytirish mumkin.
"Kompaniyalar litsenziyalangan dasturiy taʻminotga oʻtishni koʻpincha litsenziya narxi emas, balki loyiha jiddiy ichki resurslarni talab qiladi, degan xavotir tufayli kechiktiradi. Bizning vazifamiz – bu yukni ulardan olib tashlash. Biz toʻgʻri konfiguratsiyani tanlashda yordam beramiz, maʻlumotlarni koʻchiramiz, xizmatlarni sozlaymiz va ishga tushirilgandan keyin ham aloqada boʻlamiz. Biz uchun bu bir martalik litsenziya sotuvi emas, balki uzoq muddatli texnologik hamkorlik", – dedi Beeline Uzbekistan korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha boshqaruvchi direktor Maksim Yefremov.
Litsenziyalangan dasturiy taʻminotga oʻtish nafaqat qonunchilik talablariga muvofiqlikni taʻminlaydi, balki kompaniyaning raqamli infratuzilmasi barqarorligini ham oshiradi. Beeline Business yordamida bu jarayonni bosqichma-bosqich, ish jarayonlarini toʻxtatmasdan va mahalliy mutaxassislar qoʻllab-quvvatlovida amalga oshirish mumkin.
Microsoft'ning biznes uchun yechimlari haqida batafsil – Beeline Business veb-saytida.
Litsenziyalarning optimal konfiguratsiyasini tanlash va litsenziyalangan dasturiy taʻminotga oʻtish boʻyicha maslahat olish uchun cloudsolutions@beeline.uz manziliga murojaat qiling.