Yagona boşqaruv yondaşuvi: Beeline Uzbekistan’ning «Ritmdagi menejer» dasturi EMBRAS 2026 oltin mukofotini qölga kiritdi

Xabarlar
4 Noyabr
4 min.
Main Event Image

Öz qölimiz bilan yaratgan loyiha rahbarlarga bir tilda gaplaşişga yordam berdi, jamoalar esa özgarişlarni yuqori baholadi: boşqaruv sifati indeksi 7 foiz punktga oşdi

Beeline Uzbekistanning «Ritmdagi menejer» rahbarlarni rivojlantiriş dasturi EMBRAS 2026 mukofotining «Isteʼdodlarni rivojlantiriş: yetakçilik salohiyati» nominatsiyasida oltin mukofotga sazovor böldi. 2025-yilda dasturdan boş ofis va hududlardagi 172 nafar rahbar ötdi. Dasturni kompaniyaning öqitiş va rivojlantiriş jamoasi noldan işlab çiqdi.

2024–2025-yillarda kompaniya tez özgardi: digital yönalişlar kengaydi, jamoalarning iş yuklamasi ortdi. 2024-yilgi jalb etilganlik sörovi rahbarlar uçun ijroni va jamoalarni boşqariş böyiça rivojlaniş yönalişlarini körsatib berdi. Yillar davomida har bir rahbarda vazifa qöyiş, fikr-mulohaza bildiriş va kadrlar böyiça qarorlar qabul qilişning öz yondaşuvi şakllangan edi, kompaniyaga esa yagona boşqaruv tili kerak edi.

«„Ritmdagi menejer“ — Beeline Uzbekistanning rahbarlarni rivojlantiriş böyiça 2025-yilda işga tuşirilgan flagman dasturi. Dasturning maqsadi — ijro va jamoalarni boşqarişning samarali amaliyotlarini örgatiş orqali kompaniyada muntazam menejment sifatini oşiriş, şu bilan xodimlarning yuqori sadoqatini hamda biznesning asosiy yönalişlaridagi körsatkiçlar ösişini taʼminlaş», — dedi öqitiş va isteʼdodlarni rivojlantiriş bölimi boşliği Yevgeniy Ermakov.

Dastur boşlanişidan oldin rahbarlarning jamoalari sörovdan ötdi, uning natijalari asosida muntazam menejment sifati indeksi (RMQI) hisoblab çiqildi: 2025-yil aprelida u 65 foizni taşkil etdi. Rahbarlarning özi may oyida keys-testdan ötdi, uning natijalariga köra har biri öz öquv trekini oldi.

«Biz kontentni ataylab qisqa va amaliy qildik: unda darhol işga tatbiq etiş mumkin bölgan algoritmlar imkon qadar köp» — Yuliya Bukayeva, korporativ trener.

Dastur muntazam menejmentning yettita asosiy amaliyotini qamrab oladi: rejalaştiriş, vakolatlarni taqsimlaş va nazorat, fikr-mulohaza bildiriş, yiğilişlar ötkaziş, kadrlar böyiça qarorlar, samaradorlik va salohiyatni baholaş hamda xodimlarni rivojlantiriş.
Dastur may oyidan dekabrgaça davom etdi: masofaviy taʼlim tizimida yettita modul, davomiyligi 50 daqiqagaça bölgan video darslar bilan. Butun kontent kompaniya içida işlab çiqildi. Har bir moduldan keyin rahbarlar topşiriqni öquv keysida emas, real iş vazifasida bajardi.

Boşqaruv suhbatlarini maşq qiliş uçun jamoa «Ritmdagi menejer» AI-trenajyorini yaratdi. U “chat” formatida dastur materiallari böyiça savollarga javob beradi hamda rejalaştiriş, vakolatlarni taqsimlaş, nazorat qiliş va fikr-mulohaza bildiriş kabi odatiy vaziyatlarda maşq qilişga yordam beradi. Masalan, rahbar: «Vazifani qanday qilib töğri topşiriş kerak?» deb yozadi. Trenajyor qaysi vazifani kimga topşiriş kerakligini, xodimning tajribasi va motivatsiyasi qay darajada ekanini aniqlaştiradi va özi şu xodim rolini öynaydi. Rahbar kursdagi algoritm böyiça suhbat ötkazadi: vazifaning mohiyati, uning muhimligi, xodimning tayyorligi, körsatmalar, nazorat. Maşğulotlar oralığida kerak bölgança maşq qiliş mumkin.

«AI-trenajyor men uçun tez-tez murojaat qiladigan iş vositasiga aylandi: xodim bilan murakkab suhbatni oldindan öylab oliş, kursdagi algoritm bilan soliştirib köriş, tajribali xodim uçun ham, endi iş boşlagan xodim uçun ham vazifani rejalaştiriş. Bu bir neça daqiqa oladi va uçraşuvga puxta tayyorgarlik bilan borişga yordam beradi» — Akmal Fayziyev, PR bölimi rahbari, dastur iştirokçisi.

Modullar oralığida iştirokçilar refleksiya sessiyalarida uçraşdi: yozda yuzma-yuz, keyin onlayn. Rahbarlar öz jamoalarida nimalar işlaganini tahlil qildi va öz usullari bilan örtoqlaşdi.

«Boşqa bölinmalardagi hamkasblar bilan odatda iş vazifalari yuzasidan muloqot qilamiz. Sessiyalarda birinçi marta har birimiz öz jamoamizni qanday boşqarişimizni batafsil muhokama qildik va savollarimiz köp jihatdan öxşaş ekani maʼlum böldi. Endi vakolatlarni taqsimlaş yoki fikr-mulohaza bildiriş haqida gaplaşganda bir-birimizni yarim sözdan tuşunamiz» — Akmal Fayziyev.

Dastur natijasi yakuniy testlar bilan emas, balki rahbarlar işini jamoalari qanday körişi bilan baholandi. 2026-yil yanvarida xodimlar yana sörovdan ötdi va muntazam menejment sifati indeksi 65 foizdan 72 foizgaça oşdi. Bu yetti foiz punkt ortida jamoalar kundalik işda sezgan özgarişlar turibdi: vazifalar qanday qöyilişi, yiğilişlar qanday ötişi va rahbarlar fikr-mulohazani qanday bildirişi.

«Biz uçun nafaqat rahbarlar öqişdan ötgani, balki örgangan narsalarini qöllayotgani ham muhim edi. Indeksning oşişi yangi amaliyotlar jamoalarning kundalik işining bir qismiga aylanganini körsatadi» — Yevgeniy Ermakov.

Dastur yakunlangaç, kompaniya rahbarlarida umumiy amaliyotlar va umumiy til şakllandi: vakolatlarni taqsimlaş, fikr-mulohaza bildiriş yoki salohiyatni baholaş endi hamma uçun bir xil maʼnoni anglatadi. «Ritmdagi menejer» welcome-taʼlimning bir qismiga aylandi va Beeline Uzbekistanda iş boşlagan har bir yangi rahbar hamkasblari kabi aynan şu yettita amaliyotdan boşlaydi.

«Isteʼdodlarni rivojlantiriş: yetakçilik salohiyati» nominatsiyasidagi EMBRAS 2026 oltin mukofoti bu işga berilgan yuqori taşqi baho böldi. «Tuşundi, sinab kördi, muhokama qildi, qöllay boşladi» yölini esa endi kompaniyaning har bir yangi rahbari bosib ötadi.

«EMBRAS 2026 mukofoti — rahbarlar bilan olib borayotgan tizimli işimizning eʼtirofi. Dasturda biz jonli öqitişni sunʼiy intellekt bilan uyğunlaştirdik: rahbarlar murakkab suhbatlarga AI-trenajyor yordamida tayyorlanadi, tajribalari bilan esa sessiyalarda hamkasblari bilan örtoqlaşadi. Jamoa har kuni qanday işlaşi menejerga boğliq, demak, mijozlarga qançalik tez va sifatli xizmat körsatişimiz ham şunga boğliq. Dastur rahbarlarni ijroni ham, jamoani ham samarali boşqarişga örgatadi — rahbarlar nafaqat kuçli biznes natijalariga erişişi, balki xodimlarning yuqori jalb etilganligini ham saqlab qolişi uçun» — Sofiya Gaynutdinova, xodimlar bilan işlaş va taşkiliy rivojlaniş böyiça direktor.

EMBRAS mukofoti — iş beruvçi brendi sohasidagi nufuzli xalqaro mukofot bölib, iş beruvçi brendi va HR-industriyani rivojlantiriş yönalişidagi eng muvaffaqiyatli HR-loyihalar, dasturlar va taşabbuslar uçun kompaniyalarni taqdirlaydi.