Sun'iy intellekt va raqamlashtirish: Beeline Uzbekistan Xorijiy investorlar kengashi

Xabarlar
15 Oktyabr
2 min.
Main Event Image

Ma'lumotlar bilan ishlash standartlari va elektron tijoratda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ishchi guruhining 2026–2027 yillardagi asosiy ustuvor yo‘nalishlaridir.

Beeline Uzbekistan ofisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi (XIK) huzuridagi Raqamli transformatsiya va sun'iy intellekt bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati shaklida o‘tgan uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi departament rahbarlarini, shuningdek, boshqa tegishli idoralar va biznes vakillarini sun'iy intellektni tartibga solish, ma'lumotlar aylanmasi va elektron tijorat sohasidagi 17 ta muhim tashabbusni o‘z ichiga olgan strategik yo‘l xaritasini muhokama qilish uchun birlashtirdi.

XIK tomonidan ishchi guruhining hamraisi Beeline Uzbekistan bosh direktori Yevgeniy Nastradin, yig‘ilish moderatori esa XIK kotbiyati rahbari Aziz Gafurov bo‘ldi.

Uchrashuvning markaziy mavzusi XIK to‘rtinchi yalpi majlisining qarorlariga asoslangan strategik yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘ldi. Hujjat O‘zbekistonda ilg‘or texnologiyalarni xavfsiz joriy etish uchun poydevor qo‘yuvchi 17 ta asosiy tashabbusni o‘z ichiga oladi. Ularning orasida sun'iy intellekt bo‘yicha maxsus qonun loyihasini tayyorlash, innovatsiyalarni bozorga chiqarishdan oldin sinovdan o‘tkazish uchun regulyativ qumdonlar (sandbox) yaratish, dasturchilar uchun etika standartlarini hamda shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlashning aniq qoidalarini joriy etish bor.

Tashabbuslar blokining alohida qismi elektron tijoratni rivojlantirishga — xususan, marketpleyslar mas'uliyatini oshirish va onlayn xaridorlar huquqlarini himoya qilishga, shuningdek, sun'iy intellekt sohasida mutaxassislarni tayyorlash va davlat sektorida amaliy raqamli loyihalarni amalga oshirishga bag‘ishlangan.

"Biz jamoa imkoniyatlarini kengaytiruvchi — tezkor ma'lumotlar tahlilidan tortib mijozlar tajribasini tubdan o‘zgartirishgacha bo‘lgan sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etib kelmoqdamiz. Shu bilan birga, barqaror sun'iy intellekt yechimlarini yaratish yetuk tartibga solish muhitini, ma'lumotlar bilan ishlashda shaffoflikni va mas'uliyatning aniq taqsimlanishini talab qiladi. Kuniga katta hajmdagi axborotlar bilan ishlovchi kompaniya sifatida amaliy tajribamiz bilan o‘rtoqlashishni va tarmoq standartlarini shakllantirishda faol qatnashishni fundamental jihatdan muhim deb hisoblaymiz", — dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Yevgeniy Nastradin.

Beeline Uzbekistan nafaqat zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga, balki xavfsiz raqamli muhitni shakllantirishga ham ko‘maklashishga intiladi. Kompaniya O‘zbekistonning tarmoq standartlarini takomillashtirishda faol qatnashgan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, ma'lumotlarni himoya qilish va kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor qaratadi.