Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
Status Gold +
«STATUS» – bu imtiyozga ega bo’lgan abonentlardagi, barcha kichik noqulayliklar ham hisobga olinadigan mamlakatdagi eksklyuziv servis.
«STATUS» – kompleks yechimlar, individual yondashuv va tezlik, yuksak taklif va qo’shimcha xizmatlardan eksklyuziv tarif rejalarida foydalanish.
«STATUS» abonentlari ichida Sizni ko’rishdan mamnunmiz!
Biz sizga quyidagi imtiyozlarni taqdim etishdan xursandmiz:
– Ushbu tariflardagi abonentlar uchun maxsus ajratilgan – 0777 raqami 24 soat davomida xizmat ko’rsatiladi.
* Status+ mijozlari uchun operator bilan bog’lanish shartlari respublika bo’yicha karantin rejimi bo’lmagan holatda amal qiladi. Karantin choralari ko’rilganda, xizmat ko’rsatayotgan xodimlar va qo’ng’iroqlarning soniga qarab operator bilan bog’lanish vaqti o’zgarishi mumkin.
–Roumingda maxsus imkoniyatlar – VEON³ hududida roumingda kirish qo’ng’iroqlariga 50% chegirma!
-Maxsus xizmat – Rossiya, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg’iziston davlatlariga xalqaro qo’ng’iroqlarga 50% chegirma.
–Biriktirilgan va bepul xizmatlar – «Raqamni antianiqlash», Xabardor bo’l/Bog’lanish mumkin».
–Maxsus menejer va kompaniya ochiq ofislarida maxsus xizmat ko’rsatish joyi.
«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali, tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va MB to’plamlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 0 so’m.
Ulanish uchun hisobda minimal miqdori – 115 250 so’m.
«Perezagruzka» xizmati ulanganda «Status Gold +» tarif rejasi bo’yicha 115 000 so’m abonent to’lov yechiladi va daqiqa, SMS va MB paketlarining miqdori to’liq hajmda taqdim etiladi.
Xizmat yoqilganidan so’ng, avvalgi ya’ni oxirgi taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketlarning qoldig’i barchasi kuyadi.
Keyingi oylik abonent to’lov yechilishi va trafik taqdim etish vaqti 1 oylik oraliq bilan ya’ni oxirgi yechilgan abonent to’lov sanasi asosida amalga oshiriladi.
Xizmatga ulanish kodi: *5#
Barcha kirish qo’ng’iroqlari, daq. 0 so’m
Tarmoq ichida chiqish qo’ng’iroqlari, daq. 100 so’m
Boshqa yo’nalishga chiqish qo’ng’iroqlari, daq. 125 so’m
O’zbekiston bo’yicha SMS 80 so’m
Internet, 1 MB 630 so’m
Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) 1140 so’m
Boshqa MDH mamlakatlariga 1640 so’m
Yevropaga 3410 so’m
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 4420 so’m
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 5180 so’m
Amerika va Afrikaga 3910 so’m
Avstraliyaga 5680 so’m
Bitta SMS xabar yo`llash 500 so’m
Xalqaro qo‘ng‘iroqlar narxlari 50% chegirma bilan berilgan.
1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m
1Musiqa uchun trafik quyidagi manbalarga mo’ljallangan: «Koko Uzbekistan», «SADO» ilovalariga va www.topmusic.uz veb-saytiga.
2Video uchun trafik quyidagi manbalarga mo’ljallangan: www.allplay.uz, www.itv.uz, www.mediabay.uz, www.mnogo.uz, www.player.uz
Musiqa va video uchun mo’ljallangan paket faqatgina internet-trafikni o’z ichiga oladi. Manbalarga obuna bo’lgan taqdirda, obuna narxini abonent tomonidan mustaqil ravishda to’lanadi.
3VEON zonasi quyidagi davlatlarni o’z ichiga oladi: Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Armaniston, Gruziya, Ukraina, Italiya, Jazoir, Bangladesh, Pokiston. Roumingda kiruvchi qo’ng’iroqlar uchun 50% chegirma faqat «VEON» tarmog’ida ro’yxatdan o’tganda amal qiladi.
*«Status Gold+» va «Status Platinum+» tarif rejalari uchun daqiqalarning texnologik chegarasi oyiga 45 000ni tashkil etadi. IMO uchun mo’ljallangan trafikning texnologik chegarasi oyiga 45 000 MB. Konferens-aloqa vaqtida guruhli qo’ng’iroqlar muloqoti bo’yicha emas, balki 1ta abonentga cheksiz muloqot belgilanadi.
Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik, tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida ma’lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi.
– Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet paketdagi megabaytlar sarflanadi.
– Tarif reja doirasida taqdim etilgan daqiqa, SMS va MB paketlar, faqat abonent raqamining faol holatida amal qiladi.
– Tarifning abonent to’lovi yechilishi va bonuslar taqdim etilishi har oy soat 00:00 dan 06:00 gacha o`tqaziladi. Ulangan paketdan foydalanishni boshlash uchun, *103#/*105#/*106# kodlarni terish orqali xizmat Sizga taqdim etilganligini aniqlashingizni so’raymiz. Trafik taqdim etilguniga qadar, qo’ng’iroqlar, sms va Internet tarifning standart qiymati bo’yicha tariflanadi.
– Agar oylik abonent to’lovi yechilishi uchun balansda yetarlicha mablag’ bo’lmasa, bir marta salbiy balans hisobiga abonent to`lovi yechiladi va oylik daqiqa, SMS, MB taqdim etiladi.
– Abonent raqamining nofaol holatida tarif bo’yicha abonent to’lovi olinmaydi va daqiqalar, SMS, MB taqdim etilmaydi. Shu asnoda, Abonent tomonidan hisob to’ldirilganda va bloklangan holatdan chiqilganda soat 00:00 dan soat 06:00 gacha abonent to’lovi tarif bo’yicha olinadi va daqiqalar, SMS, MB taqdim etiladi.
– Tarif bo’yicha oylik abonent to’lovi o’z vaqtida to’langan taqdirda, asosiy internet-trafik qoldig’i bekor bo’lmaydi va keyingi oyga o’tadi. Shu bilan birga, keyingi oyga o’tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi 24 000 MB ni tashkil qilishi mumkin. Agar abonent to’lovining navbatdagi yechilishi Abonent raqami hisobida mablag’ yetarli bo’lmaganligi sababli sodir bo’lmasa, trafik qoldig’i kuyib ketadi.
– Tarif bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va boshqa MB paketlari 1 oy tugaganda kuyadi va keyingi oyga o’tmaydi.
– Abonent to`lovining yechilishi va kiritilgan trafik paketlarining belgilanishi oyda qancha kun qolganidan qat’iy nazar to`liq hajmda amalga oshiriladi.
– Yoqilgan trafik va keyingi abonent to’lovining yechilish muddati oyning 1 sanasiga bog’lanmagan holda bir oyni tashkil etadi.
– Telefon raqamining ma’muriy bloklanishi holatida abonent to`lovi yechilmaydi. Blokdan chiqarilgandan so`ng oylik abonent to`lovi yechiladi va oylik trafik taqdim etiladi. Bu holda oldingi paket bo`yicha kiritilgan daqiqa, SMS va MB qoldig`i kuyib ketadi. Keyingi abonent to`lovi yechilishi sanasi blokdan chiqish kunidan boshlab 1 oyga suriladi.
– Facebook, Instagram, Odnoklassniki, TAS-IX va IMO uchun mo`ljallangan megabaytlar ma`lum IP manzillar to`plami (ushbu xizmatlarning ilovalarini o’ziga oladi) doirasida sarflanadi. Ijtimoiy tarmoq egalari tomonidan IP manzillar o`zgartirilgan holda, hamda Facebook, Instagram, Odnoklassniki, TAS-IX va IMO(bunga smartfon operatsion tizimi tomonidan ilovalar ishlatilganda sarf qilingan trafik kiradi) kirmagan trafik sarflanganda u asosiy internet paketi hisobiga yoki tarif rejangizga binoan sarflanadi.
– Facebook, Instagram, Odnoklassniki, TAS-IX va IMO uchun megabaytlar proksi serverlari orqali ishlaydigan ilovalar (shu qatorda VPN ham) ishlatilganda sarflanmaydi.
– Хalqaro aloqa qiymati hisob-kitobi xalqaro aloqa qiymati va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq qiymatini umumlashtirish yo’li bilan aniqlanadi.
– Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).
– «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham tarmoq abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0777 raqamiga ma’lumot xizmatiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
– Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish va b.) «elektron» hisobni ijobiy ko’rsatkichgacha to’ldirish kifoya.
– Agar ketma-ket 90 kun ichida Abonent «elektron» hisobidagi mablag’ nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
– Ushbu tarifga o’tilgan kunning ertasidan boshlab operatorlar bilan bog’lanish uchun 0777 maxsus raqamiga qo’ng’iroq qilish imkoniyati ochiladi.
– Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan so’ng hisob to’g’ri tariflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak.
– Internet paket xarid qilganingizda, yoki tarif rejani o`zgartirganingizda noto`g`ri tarifikatsiyaning oldini olish uchun faol sessiyani yakunlang va yangisini boshlang.
– Aloqa telekommunikatsiya kanallarini eng optimal usulda ishlatish, shuningdek, Abonentning manfaatlarini ularning qurilmalaridan beruxsat foydalanishidan himoyalash maqsadida, Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini 60 daqiqa etib belgilaydi.
– Ushbu tarifda «Erkin muloqot», «Mega hafta», «Do it» va «Sirli qo’ng’iroq» xizmatlari amal qilmaydi.
– «Status» tariflari ichida faqatgina darajasi yuqoriroq bo’lgan tarifga o’tish mumkin («Status Gold +» tarifidan «Status Gold» va «Status Platinum» tarifiga o’tish mumkin).
– «Status +» tariflaridan istalgan boshqa («Status» bo’lmagan) tariflarga o’tish mumkin, buning uchun abonentlarga xizmat ko`rsatish bo`limiga yoki ochiq ofislarga murojaat qilishingiz kerak. Bu holatda Sizga «Status Gold +» tarifi bilan taqdim etilgan «oltin» raqam blok holatiga tushiriladi.
– Agar «Status» seriyasidagi tariflarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, u holda boshqa tarifga o’tish Kompaniyaning ochiq ofislarida ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda «oltin» raqamni narxi to’lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi. «Status» tariflar to‘plamidagi tariflardan «oltin» raqamni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o‘tish, oylik abonent to‘lovi 12 marta va undan ko‘p yechib olingan taqdirda, shu jumladan «Perezagruzka» xizmatiga ulanganda yoki raqam ma’muriy blok holatidan chiqarilganda ham amalga oshirilishi mumkin.
– Tarif reja o’zgartirilganda tarif ichida taqdim etilgan trafik (daqiqalar/SMS/Mb) kuyadi. Internet va sms paketlar bo’yicha olingan trafik saqlanib qoladi.
– Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.