Status Gold 2021

Tarif tafsilotlari
Oylik abonent to’lovi
130 000 so'm/oy
O'zbekiston bo'ylab cheksiz qo'ng'iroqlar *
GB paketi
50 GB/oy
O'zbekiston bo'yicha SMS paketi
10 000 SMS/oy
Roumingda VEON hududida kirish/chiqish qo’ng’iroqlari uchun daqiqalar paketi**
50 daq/oy
Roumingda VEON hududida foydalanish uchun kiritilgan MB paketi**
250 MB/oy
Roumingda VEON hududida kiruvchi qo’ng’iroqlarga chegirma
50 %
Bepul «Oltin» raqam
421 000
Bepul yoqtirilgan xizmatlar - «Xabardor bo’l», «AntiAON»
Operator bilan bog'lanish 0777
Tarif
Status Gold 2021
Tarif rejaga o'tish va yangi ulanish yopilgan
Tarif shartlari

«Status» – bu individual yondashuv va xizmat ko’rsatish, imtiyozlar, hamda muloqot uchun kerakli bo’lgan barcha qo’shimcha xizmatlar kiritilgan maxsus tariflardir

Biz sizga quyidagi imtiyozlarni taqdim etishdan xursandmiz:

– Ushbu tariflardagi abonentlar uchun maxsus ajratilgan – 0777 raqami 24 soat davomida xizmat ko’rsatiladi.
* Status mijozlari uchun operator bilan bog’lanish shartlari respublika bo’yicha karantin rejimi bo’lmagan holatda amal qiladi. Karantin choralari ko’rilganda, xizmat ko’rsatayotgan xodimlar va qo’ng’iroqlarning soniga qarab operator bilan bog’lanish vaqti o’zgarishi mumkin.

– Xalqaro qo’ng’iroqlarga maxsus imkoniyatlar – Rossiya, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg’iziston davlatlariga 50% chegirma.

– Roumingda VEON hududida muloqot uchun maxsus imkoniyatlar.

– Avvaldan yoqilgan «»Xabardor bo’l/Bog’lanish mumkin»» va bepul «»Yashirin raqam»» xizmatlari.

– Maxsus ro’yxatdan «»Oltin»» raqam tanlash.

– Kompaniya ochiq ofislarida maxsus xizmat ko’rsatish joyi va maxsus menejer.

«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali, tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va MB to’plamlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.

«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 0 so’m.

Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori bo’lishi kerak.

«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan tarif reja bo’yicha abonent to’lovi yechiladi va tarifga kiritilgan daqiqa, SMS va MB paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.

«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, avval taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketlarning qoldig’i kuyadi.

Yangi taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi: *5#  ​​​​​​​

Daqiqa *106#

Tarif bo’yicha va boshqa internet-paketlar bo’yicha MB *103#

Roumingda MB *112#

SMS *105#

Abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#

Barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar (daqiqalar paketini sarf etmaydi) – 0 so’m/daq.

O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlari – 100 so’m/daq.

O’zbekiston bo’yicha SMS – 100 so’m

Internet, 1 MB 100 so’m

Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) – 1140 so’m/daq.
Boshqa MDH mamlakatlariga – 1640 so’m/daq.
Yevropaga – 3410 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga – 4420 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga  – 5180 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga  – 3910 so’m/daq.
Avstraliyaga – 5680 so’m/daq.
Bitta SMS xabar yo`llash – 500 so’m

Xalqaro qo‘ng‘iroqlar narxlari 50% chegirma bilan berilgan.

Sputnik aloqa

1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT
(kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya
(kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium
(kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD,
Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M
(kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.

SMS qabul qilish va yuborish batafsil…

Ma’lumot qabul qilish va yuborish batafsil

Xabardor bo’l/Bog’lanish mumkin batafsil

Raqamni aniqlash batafsil

Qo’ng’iroqni kutish batafsil

Qo’ng’iroqni boshqa raqamga yo’naltirish batafsil

Raqamni antianiqlash batafsil…

 

*O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlarining texnologik cheklovi abonent to’lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo’ng’iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O’zbekiston bo’ylab qo’ng’iroqlar uchun to’lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo’ng’iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo’ng’iroqlarini hisobga olmaydi.

**VEON rouming hududiga quyidagi davlatlar kiradi: Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Armaniston, Gruziya, Ukraina, Italiya, Bangladesh, Jazoir va Pokiston.

Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.

•  Oylik abonent to’lovining yechilishi va tarif bo’yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to’lovi yechilishi va tarif bo’yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig’ida (oyning birinchi sanasiga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼi nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
•  Hisobda qarz bo’lsa yoki abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, oylik abonent to’lovi yechilmaydi, trafik taqdim etilmaydi va abonent hisobi qarzga kirmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanganda mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejangizda belgilangan narxlarda yechiladi. Hisob yetarli miqdordagi summaga to’ldirilganidan so’ng oylik abonent to’lovi darhol yechilib, tarif bo’yicha SMS, MB va daqiqalar taqdim etiladi. Abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
•  Tarif bo’yicha oylik abonent to’lovi o’z vaqtida to’langan taqdirda, barcha yo’nalishlarga berilgan internet-trafik qoldig’i bekor bo’lmaydi va keyingi oyga o’tadi. Shu bilan birga, keyingi oyga o’tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi «Status Silver» tarifida- 60 GBgacha, «Status Gold» tarifida – 100 GBgacha, «Status Platinum» tarifida – 300 GBgacha bo’lishi mumkin. Agar abonent to’lovining navbatdagi yechilishi paytida hisobda yetarli mablag’ bo’lmasa va shu sababli abonent to’lovi yechilmasa, trafik qoldig’i kuyib ketadi.
•  Tarif bo’yicha taqdim etiladigan boshqa paketlar 1 oy tugaganda kuyadi va keyingi oyga o’tmaydi.
•  Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun to’lov yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to’lovi yechiladi va tarif bo’yicha paketlar taqdim etiladi. Blok holatiga tushirilishidan avval mavjud bo’lgan trafik kuyadi. Keyingi abonent to’lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. •  Agar abonent hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud bo’lsa, ammo abonent to’lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi, qoldiq paketlarning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi.
•  Taqdim etilgan daqiqa, SMS va MB paketlaridan faqatgina raqam faol holatda bo’lganida foydalanish mumkin.
•  Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.
•  Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo’yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig’i va boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
•  Bepul muloqot paketi tugagandan so’ng yoki taqdim etilmagan holatda uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, *103#/*105#/*106#/*112# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch hosil qiling.
•  Ushbu tarifda «Erkin muloqot», «Mega hafta», «Do it», «Hamma tarmoqda» va «Sirli qo’ng’iroq» xizmatlari amal qilmaydi.
• Agar «Status» seriyasidagi tariflarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, u holda boshqa tarifga o’tish Kompaniyaning ochiq ofislarida ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda «oltin» raqamni narxi to’lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi. «Status» tariflar to‘plamidagi tariflardan «oltin» raqamni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o‘tish, oylik abonent to‘lovi 12 marta va undan ko‘p yechib olingan taqdirda, shu jumladan «Perezagruzka» xizmatiga ulanganda yoki raqam ma’muriy blok holatidan chiqarilganda ham amalga oshirilishi mumkin.
• Abonent to’lovi yuqori bo’lgan tariflarga o’tilganda sarflanmay qolgan asosiy internet trafik qoldig’i saqlanib qolinadi va yangi tarif bo’yicha taqdim etiladigan asosiy internet trafikka qo’shiladi. Shuningdek amal qilish muddati so’nggi taqdim etilgan trafik muddatiga o’zgaradi. Tarif bo’yicha taqdim etilgan boshqa trafik (asosiy bo’lmagan GBlar, daqiqalar va SMSlar) qoldig’i kuyadi.
•  Qo’shimcha xarid qilingan paketlar (MB, SMS) bo’yicha trafik tarif reja o’zgartirilganida saqlanib qoladi.
•  O’zbekistonning chegara hududlarida (Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston, Qirg’iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag’ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo’limida «Beeline Uz» tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz.
•  Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo’shgan holda amalga oshiriladi. Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
•  Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).
•  «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham Beeline abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
•  Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to’ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag’ nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
•  Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan so’ng hisob to’g’ri tariflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak.
•  Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
•  «Status Gold» tarif rejasida mobil qurilmaning IMEI-kodini ro’yxatdan o’tkazish uchun abonent raqami faol holatida bo’lishi lozim.