Kunlik rouming paket 1 GB + 10 daqiqa
- Kiritilgan trafik1 GB + 10 daqiqa
- Ulanish narxi35 000 so'm
- Paketning amal qilish muddati – Toshkent vaqti bilan paket ulangan paytdan boshlab keyingi kunning oxirigacha.
- Paketning amal qilish hududi – Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Ukraina.
Ulanish kodi: *5*700#
Paketni ulash uchun hisobda kamida 36 000 so‘m mablag‘ bo‘lishi kerak.
Qoldiqni tekshirish uchun USSD kod
Internet trafik – *112#, ma’lumot Kilobaytlarda ko‘rsatiladi;
Daqiqa *106#.
— Rouming-paket Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Ukraina davlatlarida amal qiladi.
— Xarid vaqtida paketning to‘lovi hisobdan darhol to‘liq hajm uchun yechiladi.
— Paket muvaffaqiyatli ulanganida bu haqida SMS xabarnoma keladi.
—1 GB + 10 daqiqa rouming-paketining amal qilish muddati paket ulangan vaqtdan boshlab 1 kunni tashkil etadi (keyingi kunning oxirigacha), paketning amal qilish muddati tugashi bilan foydalanilmagan qoldiq miqdori kuyadi.
— Paketning ulanishlar soni cheklanmagan. Bunda trafiklar bir-biriga qo‘shilib, ularning muddati oxirgi ulangan paket bo‘yicha belgilanadi.
— Daqiqalar O‘zbekistonga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar, mezbon mamlakat bo‘ylab mahalliy qo‘ng‘iroqlar va barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar uchun sarflanishi mumkin. Uchinchi davlatga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar rouming tariflarining standart narxlariga asosan narxlanadi.
— Paketda 20 megabayt qolganida bu haqida ogohlantiruvchi SMS xabarnoma keladi;
— Paketdan hisobning istalgan ijobiy holatida foydalanish mumkin, ya’ni hisob noldan yuqori bo‘lganda;
— Kiritilgan trafik tugaganida yoki paketning amal qilish muddati o‘tganida megabayt va daqiqalar rouming tariflarining standart narxlariga asosan narxlanadi;
— Rouming-paket oldindan to‘lov tizimining barcha tariflari uchun amal qiladi
— Narx QQS bilan ko‘rsatilgan.