Ilovada oching Beeline Uzbekistan Ochish

«MEGA DRIVE» aksiyasi!

Har kuni 15 000 000 SO‘M!
Bosh sovrin – 2 TA BYD SONG PLUS ELEKTROMOBILI!

Qanday ishtirok etish mumkin
Hisobingizni har kuni 30 000 so‘m va undan ko’proq mablag‘ga to‘ldiring va har kuni 15 000 000 so‘mlik o‘yinda ishtirok eting.
Agar siz hali bizga qo‘shilmagan bo‘lsangiz, unda “Beeline”ga ulaning va aksiyada ishtirok eting.

Kafolatlangan sovrin
Aksiya ishtirokchilarini Beeline Uzbekistan ilovasida kafolatlangan 15 GB gacha bo‘lgan sovrin kutadi.
Surat bo‘laklarini kalendar hafta oxirigacha yig‘ing va GB sovrinlarni qo‘lga kiriting.

Ilovani yuklab olish uchun ushbu havolaga o’ting. Agar siz Beeline Uzbekistan ilovasining amaldagi foydalanuvchisi bo‘lsangiz, sizda ilovaning oxirgi versiyasi ekanligiga ishonch hosil qiling.

G‘oliblar aniqlanishi
G‘oliblar 2023-yil 10-maydan boshlab har chorshanba soat 15:00 da Beeline TV ilovasida va Facebook, Instagram hamda Youtube ijtimoiy tarmoqlaridagi Beeline Uzbekistan sahifasida jonli efirda aniqlanadi.

2 ta BYD SONG PLUS ELEKTROMOBILLARI g‘oliblari 2023-yil 15-iyul kuni aksiyaning to‘liq davri ichida ishtirok etgan barcha ishtirokchilar orasidan aniqlanadi.

Shoshiling! Aksiya 2023-yilning 2-may sanasidan 30-iyunigacha amal qiladi.

Aksiya ishtirokchilarini Beeline Uzbekistan ilovasida kafolatlangan 1 GB yoki 15 GB sovrin kutmoqda.

Internet-trafikni qolga kiritish uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak:
• Ilovaning oxirgi versiyasiyasini yuklash.
• Hisobni kuniga 30 000 so‘m va undan ko‘proq mablag‘ga to‘ldirish yoki “Beeline”ga ulanish.
• 6ta surat bo‘laklarini kalendar hafta oxirigacha topish.

Har hafta Beeline Uzbekistan ilovasida xizmatlar/tariflar va boshqa xizmat sahifalarida 6ta surat bo‘laklari joylashtiriladi.
Barcha surat bo‘laklarini o‘z vaqtida yig‘gan aksiya ishtirokchilariga tasodifiy bitta kafolatlangan 1 GB yoki 15 GB internet-paket sovrini taqdim etiladi.
Agar aksiya shartlari har hafta bajarilsa, bunda har hafta surat bo‘laklarini yig‘ish va kafolatlangan sovrin internet-paketini yoqtirish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Kafolatlangan sovrin internet-paketining GBlari amal qilish muddati faollashtirilgan kundan boshlab – 7 kun.

Asosiy sovrinlar
900 000 000 so‘m – 15 000 000 so‘mdan 60 ta pul mukofotlari.
BYD SONG PLUS elektromobili – 2 ta bosh sovrin.

Rag‘batlantiruvchi sovrinlar
Abonent raqamining oxirgi 4 ta soni, asosiy sovrinlarni yutgan Go‘lib raqamining oxirgi to‘rtta soni bilan mos kelgan ishtirokchilarga 30 kunga 1 TB (1 024 GB) internet-paketi taqdim etiladi.

Kafolatlangan sovrinlar
7 kunga «1 GB Internet-paketi»
7 kunga «15 GB Internet-paketi»

E’tibor bering!
• Kafolatlangan sovrin abonent joriy haftada aksiya ishtirokchisi bo‘lganda va kalendar hafta oxirigacha Beeline Uzbekistan ilovasida surat bo‘laklarini barchasini yig‘ganida taqdim etiladi.
• Har hafta Beeline Uzbekistan ilovasida 6ta surat bo‘laklari joylashtiriladi.
• 1 kalendar hafta ichida barcha surat bo‘laklarini o’z o‘z vaqtida yig‘gan aksiya ishtirokchilariga tasodifiy 1 kafolatlangan sovrin internet-paket sovrinii taqdim etiladi.
• Agar aksiya shartlari har hafta bajarilsa, bunda har hafta surat bo‘laklarini yig‘ish va kafolatlangan sovrin internet-paketini yoqtirish imkoniyati mavjud bo’ladibo‘ladi.
• Kafolatlangan sovrin internet-paketining GBlari amal qilish muddati faollashtirilgan kundan boshlab – 7 kun.

Efir sanasi   Davr uchun ishtirokchilar   
10.05.2023   02.05. – 07.05.2023
17.05.2023   08.05. – 14.05.2023
24.05.2023   15.05. – 21.05.2023
31.05.2023   22.05. – 28.05.2023
07.06.2023   29.05. – 04.06.2023
14.06.2023   05.06. – 11.06.2023
21.06.2023   12.06. – 18.06.2023
28.06.2023   19.06. – 25.06.2023
15.07.2023   26.06. – 30.06.2023

 

Quyidagi talablarga javob beradigan Beeline abonentlari aksiyada ishtirok etishlari mumkin:
• 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs.
• Abonentning Shartnomasi Aksiyani o‘tkazish vaqtida yaroqli bo‘lganda.

Aksiya davrida “Unitel” MChJ bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan shaxslar, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari, Kompaniyaning ishonchli vakilining xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari, ishonchli vakilning o‘zi va ularning yaqin qarindoshlari Aksiyada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
“Welcome”, “Tuner”, “Terminal” va “Electronics” tariflaridan foydalanayotgan Abonentlar aksiyada ishtirok etmaydilar.

Abonent aksiya shartlari bajarilgan raqam bilan aksiya ishtirokchisi hisoblanadi. Agar abonent raqamni boshqa raqamga almashtirsa, aksiyada yangi raqam bilan ishtirok etish uchun hisobni 30 000 so‘m va undan ko’proq mablag‘ga to‘ldirishi kerak bo‘ladi.

Moddiy sovrinni taqdim etishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati

Sovrin faqat jonli efir o‘tkazilish vaqtida, Aksiya G‘olibiga aylangan, Abonent raqami ro‘yxatga olingan jismoniy shaxsga taqdim etiladi.

Pul mukofotini olish uchun:
• pasport/ ID-karta;
• G‘olib nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartasining bank tomonidan to‘liq rekvizitlar keltirilgan ma’lumotnoma (plastik karta raqami, MFO, STIR, tranzit hisob va filial nomi yoki bank bo‘limi);
• soliq qo‘mitasi bazasida PINFL raqami topilmagan holatlar uchun tuman migratsiya bo‘limidan PINFL ro‘yxatga olinganligi va fuqarolik rasmiylashtirilganligi (pasport stoli) to‘g‘risida guvohnoma;
• Agar go‘lib chet davlat fuqarosi bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasidan rezidentlik sertifikati.

Agar G‘olib biron sababga ko‘ra taqdirlash va pul mukofotini topshirishda shaxsan qatnasha olmasa, u boshqa jismoniy shaxsga (vakiliga) taqdirlash va mukofotni topshirish jarayonida ishtirok etishi uchun tegishli ishonchnoma hujjatlarini rasmiylashtirishi mumkin.
Bunda vakil quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
• vakilning pasporti/ ID-kartasi;
• G‘olibning pasporti/ ID-kartasidan nusxa;
• sovrinni olish va sovrinni olish bilan bog‘liq hujjatlarni imzolash uchun notarial ishonchnoma;
• G‘olib nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartasining bank tomonidan to‘liq rekvizitlar keltirilgan ma’lumotnoma (plastik karta raqami, MFO, STIR, tranzit hisob va filial nomi yoki bank bo‘limi);
• talablarga binoan yuqorida ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar.

Bosh sovrin BYD SONG PLUS Elektromobilini olish uchun:
• pasport/ ID-karta;
• soliq qo‘mitasi bazasida PINFL raqami bo‘lmagan holat uchun tuman migratsiya bo‘limidan PINFL ro‘yxatga olinganligi va fuqarolik rasmiylashtirilganligi (pasport stoli) to‘g‘risida guvohnoma;
• Agar go‘lib chet davlat fuqarosi bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasidan rezidentlik sertifikati.

Agar G‘olib biron sababga ko‘ra taqdirlash va BYD SONG PLUS Elektromobilini topshirishda shaxsan qatnasha olmasa, u boshqa jismoniy shaxsga (vakiliga) taqdirlash va sovrinni topshirish jarayonida ishtirok etishi uchun tegishli ishonchnoma hujjatlarini rasmiylashtirishi mumkin.
Bunda vakil quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
• vakilning pasporti/ ID-kartasi;
• G‘olibning pasporti/ ID-kartasidan nusxa;
• sovrinni olish va sovrinni olish bilan bog‘liq hujjatlarni imzolash uchun notarial ishonchnoma;
• talablarga binoan yuqorida ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar.

Hujjatlar g‘olib e’lon qilingan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etilishi kerak.
Pul mukofotlari barcha zarur hujjatlar G‘oliblar tomonidan o‘z vaqtida topshirilgan va Kompaniya tomonidan tekshirilgan kundan boshlab 30 (bank) kuni ichida G‘oliblarning shaxsiy bank hisob raqamiga o‘tkaziladi. Kompaniya sovrinlarni muddatidan oldin taqdim etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Bosh sovrin – BYD SONG PLUS Elektromobili G‘olibi avtomobilni o‘z nomiga rasmiylashtirish sanasini 2023-yil 23-iyulidan kechiktirmagan holda yozma ravishda ko‘rsatishi va Elektromobilni 2023-yil 6-avgustigacha olib ketishi zarur.
G‘olibga “BYD SONG PLUS” Elektromobilini topshirish G‘olib barcha zarur hujjatlarni imzolaganidan keyin Toshkent shahri hududida amalga oshiriladi.
G‘olib Toshkent shahrida yashamagan holatda, Kompaniya G‘olibning Toshkent shahriga kelib-ketishi, mehmonxonada yashashi va ovqatlanishi bilan bog‘liq har qanday xarajatlarni, shuningdek, sayohat bilan bog‘liq boshqa barcha xarajatlarni to‘lash majburiyatini olmaydi.
G‘oliblar biron-bir sababga ko‘ra sovrinlarga da’vo qilmasa yoki olishdan bosh tortsa, Kompaniya Aksiya sovrinlari g‘oliblarining umumiy sonini va Sovrin jamg‘armasini mos ravishda kamaytirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunda G‘olibni takroran aniqlash amalga oshirilmaydi.

Quyidagi hollarda Kompaniya G‘olibga sovrinni taqdim etishdan bosh tortish huquqiga ega:
• g‘olib sovrin haqida e’lon qilingan vaqtdan e’tiboran 10 ish kuni ichida Kompaniyaga murojaat qilmaganda;
• g‘olib sovrin e’lon qilingan vaqtdan e’tiboran 10 ish kuni ichida kerakli hujjatlarni taqdim etmasa yoki taqdim etilgan hujjatlar Aksiya talablariga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga javob bermasa;
• g‘olib sovrinlarni olishda imzo qo‘yishdan va/yoki boshqa yuridik ahamiyatga ega harakatlarni, shu jumladan zarur hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortsa;
• g‘olibni sovrinni yutganligi haqida xabardor qilish imkoniyati bo‘lmaganda – g‘olibning Abonent raqami bloklangan va/yoki tarmoq qamrovidan tashqarida yoki Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra g‘olib qo‘ng‘iroqqa javob bermaganda va/yoki aloqaga chiqmaganda;
• G‘olib tomonidan Aksiyada ishtirok etish qoidalari buzilganligi aniqlanganda;
• g‘olib ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan barcha talab va shartlarga rioya qilmagan taqdirda.

Kompaniya quyidagilarga javobgar emas:
• ishtirokchilar Kompaniyaning veb-saytda joylashtirilgan g‘oliblar ro‘yxati bilan tanishishning imkoni yo‘qligi;
• ishtirokchilarning aybi yoki ishtirokchi va/yoki Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra Sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlarning olinmaganligi/kechiktirilganligi.;
• ishtirokchilar ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan talablarni bajarmasligi (bajarishni kechiktirishi);
• Aksiya g‘oliblari tomonidan Sovrinlarni talab qilmagan yoki ularni rad etgan taqdirda;
• uchinchi shaxslarning aybi va/yoki fors-major holatlari tufayli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara olmaslik;

Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etish bilan birgalikda:
• ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishganligi va ularga roziligini tasdiqlaydi;
• jonli efir vaqtida toʻliq F.I.Sh., abonent raqamini ommaga eʼlon qilishga roziligini tasdiqlaydi.;
• foto va video suratga olishda ishtirok etishga hamda Gʻolibning suratini ijtimoiy tarmoqlarda davomiy eʼlon qilish va tarqatishga roziligini tasdiqlaydi.;
• Kompaniya tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va saqlashga roziligini tasdiqlaydi.
• Aksiya bilan bog‘liq barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishi kerak. Nizo yuzaga kelgan kundan boshlab 60 kalendar kun ichida tinch yo‘l bilan kelishuvga erishishning imkoni bo‘lmasa, nizo Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudida ko‘rib chiqilishi kerak.