Bosh sahifa/Bildirishnomalar/Hurmatli mijozlar!

Hurmatli mijozlar!

Bildirishnomalar
6 Aprel
1 min.
Main Event Image

Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish, modernizatsiya qilish va yangilash ishlarini olib bormoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 7-aprel kuni soat 02:00 dan 06:00 gacha aloqa sifati yomonlashishi kutilmoqda. Ushbu vaqt oralig‘ida Qashqadaryo viloyatidagi "Unitel" mijozlarida ovozli aloqa va internet xizmatlarida 30 daqiqagacha uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.