
3 hafta ichida Beeline Uzbekistan mamlakat bo‘ylab VoLTE (LTE orqali ovoz) va ViLTE (Video orqali LTE) texnologiyalarini ishga tushirdi.
Beeline Uzbekistan kompaniyasining VoLTE texnologiyasini ishga tushirish loyihasi 19-oktabr kuni Navoiy shahri va Navoiy viloyatida boshlandi, so‘ngra kundan-kunga boshqa hududlar bo‘ylab ham kengayib bordi. Natijada, 9-noyabr kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab Beeline Uzbekistan LTE tarmog‘ida yangi ovozli aloqa standarti taqdim etildi.
VoLTE texnologiyasi bir lahzada ulanish, yuqori sifatli ovoz uzatilishi va past fon shovqini tufayli billurdek tiniq ovoz kabi muhim afzalliklarga ega.
Bundan tashqari, ovozli qo‘ng'iroq paytida foydalanuvchi 4G/LTE tarmog'ida qoladi (mobil qurilma endi 3G va 4G tarmoqlari o‘rtasida almashish uchun vaqt sarflamaydi) hamda internet xizmatlaridan foydalanishda davom etishi mumkin. VoLTE orqali qo‘ng'iroq qilishda internet-to‘plamdan gigabaytlar sarflanmaydi va qo‘ng'iroqlar narxi tarif rejasi bo‘yicha qo‘ng'iroqlar narxidan farq qilmaydi.
An'anaviy messenjerlardan farqli o‘laroq, ViLTE xizmati yuqori ulanish tezligi, ma'lumotlarni uzatishda ishonchliligi, yaxshilangan HD video sifati bilan ajralib turadi va bularning barchasidan qo‘shimcha ilovalarni o‘rnatmasdan foydalanish mumkin.
“Biz mijozlarimizga yuqori sifatli aloqa xizmatlarini ko‘rsatishga e’tibor qaratganmiz va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan doimiy ishlar ilg‘or texnologiyalarni, jumladan, yuqori tezlikdagi ulanish va tiniq ovozni ta’minlovchi VoLTE’ni joriy etish imkonini beradi”, — Beeline Uzbekistan texnik direktori Mahmudjon Nodirov loyiha joriy etilishini sharhladi.
Texnologiyalardan foydalanishning o‘sishi nafaqat poytaxtda, balki respublikamizning boshqa hududlarida ham kuzatilmoqda. VoLTE/ViLTE texnologiyasini qo‘shimcha ulash shart emas, u smartfon sozlamalarida faollashtirilsa, kifoya.
Smartfon VoLTE qo‘llab-quvvatlashini tekshirish va faollashtirish usullarini haqida batafsil ma'lumotlarni digital-operator saytidan olishingiz mumkin.