
2025-yil 29-yanvardan boshlab Beeline tarmog‘iga 14 yoshdan boshlab ulanish mumkinligini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Aloqa xizmatlari shartnomasini rasmiylashtirish faqat ota-ona yoki vasiyning ishtirokida, bolaning ID-kartasi, ota-ona yoki vasiyning pasporti/ID-kartasi hamda qarindoshlikni tasdiqlash uchun bolaning tug'ilganlik haqida guvohnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.