Hurmatli mijozlar!
Xabarlar
Sizga shuni ma’lum qilamizki, 2025-yil 18-yanvardan boshlab tarif rejalari bo‘yicha limitdan yuqori trafikni tariflash shartlari o‘zgaradi.
Limitlar tugagandan keyin chiquvchi daqiqalar, SMS va MB qiymati quyidagicha bo’ladi:
∙ O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar - 300 so‘m/daq.
∙ O‘zbekiston bo‘yicha SMS - 300 so‘m/SMS.
∙ Internet - 225 so‘m/MB.
“OSON 1” va “OSON 10” tariflarida ushbu shartlar faqat oylik abonent to‘lovi yechilmaganida amal qiladi.
Qo‘shimcha ravishda shuni ma’lum qilamizki, 2025-yil 18-yanvardan boshlab quyidagi raqamlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar narxi o‘zgaradi:
Xizmat nomi | Servis raqam | Qo‘ng‘iroq 1 daqiqasi QQS bilan |
Ob-havo axboroti | 1001 | 315 |
Aniq vaqt | 1004 | 315 |
Ma'lumot markaz "Call-centr" TShTT | 1009 | 1 400 |
Ertak | (71) 200-01-00 | 525 |
Tabrik | (71) 200-01-01 | 3 540 |
Pazandachilik retseptlari | (71) 200-05-05 | 525 |
Shuni ma'lum qilamizki, tarif reja bo'yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo'ladi va mablag' asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
