Hurmatli mijozlar!
Xabarlar6 Mart
1 min.
Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish, modernizatsiya qilish va yangilash ishlarini olib bormoqda.
Shuni ma'lum qilamizki, 2023-yil 10-mart kuni, soat 00:00 dan 06:00 gacha aloqa sifatining yomonlashishi kutilmoqda, Samarqand shahri va Samarqand viloyati, Jizzax shahri va Jizzax viloyati "Unitel" mijozlarida 1 soatgacha mobil internet xizmatida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.