Hurmatli mijozlar!

Xabarlar
6 Mart
1 min.
Main Event Image
Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish, modernizatsiya qilish va yangilash ishlarini olib bormoqda. Shuni ma'lum qilamizki, 2023-yil 10-mart kuni, soat 00:00 dan 06:00 gacha aloqa sifatining yomonlashishi kutilmoqda, Samarqand shahri va Samarqand viloyati, Jizzax shahri va Jizzax viloyati  "Unitel" mijozlarida 1 soatgacha mobil internet xizmatida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.