Bosh sahifa/Xabarlar/Beeline mijozlari uchun “BEEP”larni kartadan kartaga komissiyasiz o‘tkazmalariga almashtirish

Beeline mijozlari uchun “BEEP”larni kartadan kartaga komissiyasiz o‘tkazmalariga almashtirish

Xabarlar
30 Sentyabr
1 min.
Main Event Image

Biz sizga yangi imkoniyatni taqdim etishdan mamnunmiz – “BEEP”larni kartadan kartaga komissiyasiz o‘tkazmalariga almashtirish.
Endi to‘plangan “BEEP”laringizni kartadan kartaga foizsiz o‘tkazmalarga almashtirishingiz mumkin. Siz uchta paketdan birini tanlashingiz mumkin:

1)  300 BEEP = 1 000 000 so‘m limit 0 % o‘tkazmalar
2)  1 000 BEEP = 3 000 000 so‘m limit 0 % o‘tkazmalar
3)  1 500 BEEP = 5 000 000 so‘m limit 0 % o‘tkazmalar

Izoh:
- Beepul foydalanuvchisi 0 % o‘tkazmalar limitini faqat Beeline uyali aloqa operatori raqamiga ulashi mumkin;
- 0 % o‘tkazmalar limiti 30 kunga taqdim etiladi va ushbu muddat tugaganidan so‘ng limit tugaydi;
- Limitlar 30 kun o‘tgunga qadar qayta faollashtirilsa, limitlar qo‘shiladi va amal qilish muddati oxirgi paket faollashtirilgan kundan boshlab 30 kunga uzaytiriladi;
- Limitlar bir kunda bir necha marta faollashtirilganda, limitlar qo‘shiladi, lekin amal qilish muddati o‘zgarmaydi;
- Limitlarni kalendar oyida 10 marta faollashtirish mumkin;
- Limitlarni faqat “Beepul”da ro‘yxatdan o‘tgan o‘z Beeline raqamiga almashtirish mumkin;
- Bank kartasidan bank kartasiga foizsiz o‘tkazmalar amalga oshirilganda BEEP taqdim etilmaydi.