Kiberxavfsizlik boʻyicha oʻzbekistonlik yosh mutaxassislar grantlar bilan qoʻllab-quvvatlanadi
4 Sentyabr
XabarlarBeeline Uzbekistan (NASDAQ birjasida ro'yxatga olingan VEON Group tarkibiga kiradi) Oʻzbekistonning iqtidorli yosh IT-mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlaydi. Raqamli operator tomonidan taqdim etiladigan grantlar dastur ishtirokchilariga Astrum IT-akademiyasida oʻqish va axborot va kiberxavfsizlik sohasida oʻz malakalarini oshirishga yordam beradi.
O‘zbekistondagi eng yirik xorijiy investor va soliq to‘lovchilardan biri Beeline Uzbekistan Astrum IT-Academy hamkori sifatida professional oʻquv dasturini qoʻllab-quvvatlyadi. Dasturda ishtirok etish uchun saralash tanlovidan oʻtganlarga operator tomonidan umumiy qiymati 1 milliard 200 million soʻmlik 50 ta grant ajratiladi.
Astrum IT-Academy kursi yangi boshlagan va axborot resurslarini himoya qilish boʻyicha tajribali mutaxassislar uchun mos boʻlgan modullardan iborat. Ular xakerlarning qanday ishlashini oʻrganadilar va kompyuter tizimlariga tashqi hujumlarga samarali qarshilik koʻrsatish koʻnikmalariga ega boʻladilar, shuningdek, PYTHON tilida dasturlashni oʻrganadilar. Nazariya oʻqish vaqtining taxminan 10% ni egallaydi, qolgan 90% esa — amaliyotdir. Kursni tugatgandan soʻng, talabalar SCSA kiberxavfsizlik ilmiy birlashmasi sertifikatiga ega bo'lishadi.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar: 18 yoshdan 30 yoshgacha, ingliz va rus tillarini bilish. Arizalar qabuli 4-sentabrda boshlanib, 22-sentabrda yakunlanadi. Eng yaxshi 50 nafar talabani tanlash maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi, uning tarkibiga Astrum IT-Academy vakillari, digital-operatorning HR va Cyber Security guruhlari aʼzolari kiradi. Trening 9-oktabrdan 24-noyabrgacha davom etadi. Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga Beeline Uzbekistanʼda stajirovka oʻtash va ishga joylashish imkoniyati taklif etiladi.
“Oʻzbekiston iqtisodiyotining barcha jabhalarini qamrab olgan raqamli transformatsiya kompaniyalar va davlat muassasalarining raqamli aktivlarini samarali himoya qilishga qodir kadrlarni tayyorlash zarurligini taʼkidlaydi. Biz tomondan taqdim etilayotgan grantlar IT sohasida ishlayotgan eng faol va muvaffaqiyatga intiluvchan yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Ishonchim komilki, bu ularga yuqori professional muvaffaqiyatlarga erishishda yordam beradi”, — deya sharhlaydi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrzej Malinowski.
Yangi dastur oʻqituvchilari safiga ushbu sohada katta tajribaga ega boʻlgan trenerlar kirgan:
- Sergey Simonov — pentester va kiberxavfsizlik ilmiy assotsiatsiyasi oʻqituvchisi, Omedia kompaniyasida DevOps muhandisi;
- Archil Shengelia — Cisco va CompTIA sertifikatlangan instruktori, Kavkaz universiteti negizida yaratilgan VMware, Microsoft va Fortinet rasmiy tarmoq akademiyalari menejeri;
- Maksim Yavich — Kavkaz universiteti professori, kiberxavfsizlik boʻlimi boshligʻi, Kiberxavfsizlik ilmiy uyushmasi (SCSA) prezidenti;
- Venera Ayubjanova – Oʻzbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik markazi mutaxassisi.
“Bugungi kunda Akademiyada Data Science, Full Stack va Software Engineering kabi IT yoʻnalishlari boʻyicha yiliga 1000 dan ortiq kichik mutaxassislar tayyorlanmoqda. Ishonchimiz komilki, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini raqamlashtirish har kuni toʻplangan va foydalaniladigan maʼlumotlar xavfsizligiga mos kelishi kerak. Shu bois Astrum treningga nafaqat xorijiy mutaxassislarni, balki ushbu sohadagi yetakchi kompaniyalarni ham jalb etishga qaror qildi. Biz Beeline Uzbekistanʼni mamlakatimiz uchun shunday muhim loyihada kutib olganimizdan chin dildan xursandmiz!” — Botir Arifjonov, Astrum IT-Academy asoschisi.
Kurs yakunida talabalar axborot xavfsizligini hisobga olgan holda, kompyuter tarmoqlarini qurish, kibermakondagi tahdidlar va xakerlar, jumladan kiberrazvedka va maʼlumotlarni shifrlash haqida chuqur tushunchaga ega boʻladilar. Ular tizimlar va tashkilotlarning veb ilovalarida zaifliklarni qidirish va tahlil qilishni oʻrganadilar, shuningdek, kompyuter tizimlari va ilovalarini buzish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻladilar. Bundan tashqari, talabalar axloqiy xakerlik va kibermakondagi qonuniy faoliyat haqida bilib olishadi. Shuningdek, ular ASTRUM HUB kiber-mashgʻulot poligonining musobaqalari va konferensiyalarida hamda xalqaro maydonlarda BLUE va RED jamoalari tarkibida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Qoʻshimcha maʼlumot olish va grantga ariza berish uchun quyidagi havola orqali oʻting: //astrum.uz/cyber_security.