Bosh sahifa/Xabarlar/Beeline Uzbekistan 2025-yilda Qashqadaryo viloyatida tarmoq rivojlanishi yakunlarini sarhisob qildi

Beeline Uzbekistan 2025-yilda Qashqadaryo viloyatida tarmoq rivojlanishi yakunlarini sarhisob qildi

Xabarlar
13 Fevral
2 min.
Main Event Image

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Beeline Uzbekistan Qashqadaryo viloyatida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish natijalarini e’lon qildi. Yil davomida amalga oshirilgan loyihalar mobil tarmoq qamrovini kengaytirish, aloqa barqarorligini oshirish hamda mobil internet sifatini yaxshilash imkonini berdi. Natijada, ilgari borish qiyin bo‘lgan aholi punktlari ham sifatli aloqa bilan ta’minlandi.

Yil davomida viloyatda 35 ta yangi aloqa obyekti qurilib, foydalanishga topshirildi, shuningdek 50 ta baza stansiyasi modernizatsiya qilindi. Bu esa tarmoqning yanada barqaror ishlashini, ma’lumot uzatish tezligining oshishini hamda shahar va qishloq hududlarida aloqa ishonchliligining kuchayishini ta’minladi.

Muborak tumanining Niyozxon va Koson tumanining Bo’ston qishlog’ida ilk bor barqaror mobil aloqa bilan ta’minlandi. Avval ushbu hududlarda mobil aloqa imkoniyati cheklangan edi. Ushbu hududlar aholisi uchun bu raqamli imkoniyatlardan keng foydalanish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi — kundalik muloqotdan tortib onlayn xizmatlar va davlat raqamli platformalaridan foydalanishgacha.

«Hududlarda tarmoqni rivojlantirishda biz birinchi navbatda aholining real ehtiyojlarini e’tiborga olamiz. 2025-yilda qamrovni kengaytirish va tarmoq barqarorligini eng zarur hududlarda oshirishga e’tibor qaratdik. Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilgan loyihalar xizmatlar rivoji va aloqa sifatini yanada oshirish uchun mustahkam zamin yaratdi»,dedi Beeline Uzbekistan Texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha direktori Gediz Sezgin.

Infratuzilmani rivojlantirish bilan bir qatorda, kompaniya abonentlar uchun xizmatlar qulayligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratdi. 2025-yilda Beeline Uzbekistan G‘uzor, Chiroqchi va Yakkabog‘ shaharlarida uchta yangi ofisini ishga tushirdi. Ushbu ofislarda mijozlar ulanish, maslahat olish va raqamli mahsulotlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘liq xizmatlar majmuasidan foydalanishlari mumkin. Mobil savdo nuqtalari va promouterlar borish qiyin bo‘lgan hududlarda va yangi baza stansiyalari yaqinida aloqa xizmatlaridan foydalanishni ta’minladilar.

Tarmoq va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga kompleks yondashuv sezilarli natija berdi: mintaqada abonentlar murojaatlari soni 5 baravar kamaydi, bu aloqa sifati va amalga oshirilgan yechimlar samaradorligi oshganidan dalolat beradi.