QR-kod orqali to‘lov uchun raqamingizga 5% cashback – aksiyasi uzaytirildi!
Xabarlar
2026-yil 6-yanvargacha “Beepul” va “hambi” mobil ilovalarida ro‘yxatdan o‘tgan barcha Beeline (oldindan to‘lov tizimi) mijozlari uchun maxsus aksiya uzaytirildi. Ushbu aksiya doirasida QR-kod orqali to‘lov amalga oshirilganda, Beeline raqamining asosiy balansiga 5% miqdorida cashback qaytariladi.
Izohlar:
- Oylik (kalendar oyi) cashback maksimal miqdori 50 000 so‘m;
- Cashback sifatida mijozning asosiy balansiga tushgan mablag‘ Operator xizmatlari uchun sarflanishi mumkin, cashback sifatida to‘plangan mablag‘ xizmatlar uchun ikkinchi navbatda amalga oshiriladi (birinchi navbatda abonent tomonidan asosiy balansga kiritilgan mablag‘ yechib olinadi);
- Cashback “Beepul” va “hambi” ilovalarida Beeline (oldindan to‘lov tizimidagi) raqamini ro‘yxatdan o‘tkazgan to‘lov tashabbuskoriga taqdim etiladi.
