Beeline Uzbekistan Ookla tomonidan mobil qurilmadan video tomosha qilish bo‘yicha eng yaxshi operator deb tan olindi
16 Sentyabr
Xabarlar
Mobil va keng polosali tarmoqlarni tahlil qilish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan "Ookla" kompaniyasi 2025-yilning birinchi yarmi bo‘yicha hisobotini e’lon qildi. O‘zbekistonda "Eng Sifatli Mobil Video" mukofoti mamlakatda VEON xalqaro xoldingi tarkibiga kiruvchi Beeline Uzbekistan’ga nasib etdi.
Ookla hisobotlari Speedtest ilovasi orqali doimiy va mobil foydalanuvchilar tomonidan har kuni o‘tkaziladigan millionlab testlarga asoslanadi. Kompaniya, shuningdek, tarmoq sifati, signal kuchi, video uzatish, o‘yinlar va veb sahifalarni ochishda real sharoitlarda tarmoq ishlashini aks ettiruvchi milliardlab fon o‘lchovlarini qayta ishlaydi. Ushbu keng qamrovli tahlil har bir bozorda aloqa sifatining obyektiv suratini shakllantiradi hamda milliy operatorlar reytinglari va nufuzli Speedtest Awards mukofoti uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida yilning birinchi yarmida Beeline Uzbekistan foydalanuvchilarning mobil qurilmalarida videoni ijro etish sifati va tezligi bo‘yicha yetakchilikni namoyish etdi. Hisobotga muvofiq, Beeline Uzbekistan mamlakatdagi mobil operatorlar orasida eng yuqori video striming ko‘rsatkichiga erishib, 69,56 ball to‘pladi.
"Eng Sifatli Mobil Video" nominatsiyasi - "Ookla" reytingidagi asosiy yo‘nalishlardan biri. Videokontent telekommunikatsiya kompaniyalari mijozlari hayotida muhim o‘rin tutadi va uning mashhurligi tobora ortib bormoqda. Beeline Uzbekistan tarmog‘ida video xizmatlarning umumiy trafikdagi ulushi 70,6 foizga yetdi. Videokontentga ortib borayotgan qiziqishga javoban operator filmlar, seriallar va telekanallarni taqdim etuvchi KINOM hamda yirik xalqaro musobaqalarni namoyish etadigan Setanta Sports xizmatlari orqali ko‘ngilochar ekotizimni rivojlantirmoqda.
— Biz video xizmatlar segmentini rivojlantirishni davom ettiramiz. "Eng Sifatli Mobil Video" nominatsiyasidagi g‘alabamiz munosabati bilan narxni oshirmagan holda YouTube uchun qo‘shimcha trafikga ega yangilangan internet-paketlarni joriy etmoqdamiz. Sifatli videokontent har bir foydalanuvchi uchun yanada hamyonbop bo‘ladi, - dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin.
— Beeline Uzbekistan’ni 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistondagi eng sifatli mobil video uchun Ookla® Speedtest AwardTM mukofotini olgani bilan tabriklaymiz. Beeline Uzbekistan ilk bor ushbu mukofotni 2022-yilning birinchi yarmida qo‘lga kiritgan edi. Takroriy e’tirof Beeline Uzbekistan’ning o‘z mijozlariga yuqori sifatli video tajribasini taqdim etishga sodiqligini aks ettiradi, - dedi Ziff Devisning bir qismi bo‘lgan "Ookla" prezidenti va bosh direktori Stiven Bay.
***
Ookla haqida
Aloqa tahlili bo‘yicha global yetakchi hisoblangan Ookla o‘zining ishonchli brendlari - Speedtest®, Downdetector®, Ekahau® va RootMetrics® tajribasini birlashtirib, tarmoq va aloqa bo‘yicha tengsiz ma‘lumotlarni taqdim etadi. Ko‘p manbali ma‘lumotlarni sohadagi yetakchi tajriba bilan uyg‘unlashtirib, biz tarmoq ishlash ko‘rsatkichlarini strategik va amaliy tushunchalarga aylantiramiz.